Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/73
Sana07.04.2022
Hajmi1,11 Mb.
#534635
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   73
Bog'liq
7 qadam 1 qism

hayotda omad 
yoki omadsizlik degan narsa yo’q
ekan. Ularni odamlar o’ylab topgan – agar hayot biz 
aytgan reja bo’yicha borsa, buni omad, agar shu rejadan og’ib ketsa – buni omadsizlik 
deb ataymiz. Xo’sh, o’sha rejalarni kim tuzadi? Albatta, bizning aqlimiz. Aql hayotiy 
vaziyatlarni o’z intilishlariga mos kelish-kelmasligiga qarab, omad-omadsizlikka 
ajratadi. 
Ammo aqlning bu ishi juda kulgili. Chunki u omadsizlik deb atagan narsa natijada 
bizga katta foyda keltirishi va aksincha, u omad deb baholagan voqea juda salbiy 
oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bunga hayotda juda ko’p misollar mavjud – o’zingiz 
ham bunday vaziyatga duch kelgansiz. 
Ishingizning natijasi qanday bo’lishi 
sizning ahdingizga
bog’liq. Agar ish boshidan 
o’zingizga to’liq ishonib, o’z imkoniyatlaringizni shubha tarozisida o’lchamasangiz – 
hammasi siz aytgandek bo’ladi. Bordi-yu, ishga qo’l urmay turib, uning natijasidan 
qo’rqsangiz – bundan sizning ahdingiz bulg’anadi va ish chappasiga ketishi katta 
ehtimolga aylanib qoladi. 
Undan keyin, xato qilmaslik uchun – hech narsa qilmaslik kerak. Xato qilish esa – 
insonga xos. Shaxsiy muhimlik tuyg’uyingiz “sening xato qilishga haqqing yo’q” 
deganiga quloq solmang. Axir, xatolarning ham o’z foydasi bor – ular o’zlarini o’zlari 
to’g’rilash xususiyatiga ega. Buni quyidagi misolda izohlab beraman. 
Ko’pchilik til o’rganuvchilar xato qilishdan qo’rqib gapirmaydilar. Bundan 
ularning og’zaki nutq qobiliyatlari sust rivojlanadi. So’zni xato talaffuz qilib qo’yib, 
ko’pchilik ichida izza bo’lish kimga ham yoqardi. Ammo agar siz gapirmasangiz, aynan 
shu so’zni noto’g’ri talaffuz etishingizni bilmaysiz. Og’zaki gapirish sizga aynan o’z 
talaffuz xatolaringizni ochib beradigan jarayon. 
Bir so’z bilan aytganda, xatoni tuzatish uchun, avval shu xatoni qilish kerak – 
xatodan qo’rqish esa bunda sizni juda cheklab qo’yadi. 
Yana bir gap. Biror ishni boshlashdan avval esingizda bo’lsin – ishning natijasi 
muhim emas. Siz uchun ishni bajarish jarayoni ko’proq ahamiyatga ega. Chunki bu 
jarayon sizning shaxsiy o’sishingizga xizmat qiladi. Siz bir cho’qqini zabt etishga 
kirishdingizmi – bunda hech narsadan qo’rqmang. Bu tadbirni amalga oshirishda o’z 
qo’rquvingizga so’z bermay, ko’zlagan maqsadingizga erishsangiz – siz kuchli shaxsiyat 
zinasida bir pog’ona yuqori ko’tarilasiz. Keyingi gal bu kabi ish siz uchun muammo 
bo’lmaydi va siz undan ortiq hadiksiramaysiz. 
Tanqiddan qo’rqishning har qanday ko’rinishi shaxsiy muhimlik tuyg’usi asosida 
yuzaga keladi. Biz o’z muhimligimizga zarar yetishidan qo’rqamiz, aslida. Ammo 
odamning o’z-o’ziga hurmati tashqi ta’sirlarga bog’liq bo’lmasligi lozim. Unutmang! 
Juda ko’p odamlar shaxsiy muhimlik tuyg’usiga tobe yashaydilar. Shuning uchun ular 
tanqiddan qo’rqishga o’ta moyil. Siz kuchli shaxs egasi bo’lishga intilyapsiz – xo’sh, 



Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish