Shaxsiy kuch
Biz necha kundan beri kuchli shaxsiyat egasi bo’lish sirlari haqida
suhbatlashyapmiz. Xo’sh, shaxsiyatimiz kuchi nimada? Shaxsiyat kuchli bo’lishi uchun
unga qanday qudrat kerak?
Esingizda bo’lsa, sizga hayotiy quvvat haqida aytgandim. U bizga berilgan ilohiy
energiya deb ta’riflangandi. Biz uni turli xil maqsadlarda sarflaymiz.
Ana shu hayotiy quvvatni mehrga aylangan ko’rinishi – shaxsiy kuch. Mehrga
aylantirilgan hayotiy quvvat shaxsiyatingiz atrofida o’ziga xos maydon hosil qiladi.
Hayotiy quvvat darajangiz qancha yuqori bo’lsa va siz uni qanchalik mehrga aylantira
olsangiz – shaxsiy kuchingiz shuncha katta demak.
70
Shaxsiy kuch tushunchasi ko’pchiligimiz uchun yangi – uni darhol anglab olish bir
oz qiyin. Ammo u bilan barchamiz tanishmiz, aslida.
Shunday odamlarni uchratasizki, ular sizda sababsiz hurmat, havas kabi ijobiy
hislarni uyg’otadi. Ular bilan gaplashish ham shart emas – shunchaki, ularning yonida
o’zingizni xotirjam his qilasiz. Ular bilan suhbatlashish, ularga hamrohlik qilishga
o’zingiz sezmagan holda intilasiz. Bu – shaxsiy kuchi ko’p odamlar.
Odamlar ba’zida kimningdir oldida o’zlarini yo’qotib qo’yadilar – buni “sir bosdi”
deb ham aytishadi. Odamning o’y-fikrlari va tuyg’ulariga ta’sir qilayotgan ana shu “sir”
– shaxsiy kuch.
Shaxsiy kuchingiz tufayli odamlar siz aytgan gapga oson ko’nadigan, sizning
fikringizni tez tushunadigan, sizdan kamdan-kam xafa bo’ladigan, sizning
hamrohligingizga talpinadigan bo’ladilar. To’g’ri, bu gaplarim qanaqadir safsatadek
tuyulishi mumkin. Ammo o’zingiz atrofingizdagi odamlarni kuzating – kim o’z shaxsiy
kuchi bilan odamlarni o’ziga tortyapti-yu, kim ularga ergashyapti – tezda ajratib olasiz.
Odamlarga to’la xonani tasavvur qiling. Aytaylik, restorandasiz. Zaldagi hamma
yonidagi hamrohi bilan suhbat-u, oldidagi taom bilan band. Eshikdan kimlardir kiryapti,
kimlardir, aksincha, chiqyapti. Zalda o’tirganlar xonaga endi kirgan hamma odamga ham
qarashavermaydi. Ammo eshikdan kuchli shaxsiyat egasi kirsa – juda ko’pchilik
beixtiyor unga bir qarab qo’yadi. Agar eshikdan kirgan yangi mehmonning shaxsiy kuchi
o’ta yuqori bo’lsa – zaldagilar hatto ovqatlanishdan ham to’xtab, unga tikilib qolishi
mumkin.
Ishonmaysizmi?
Keyingi
gal
odamlar gavjum joyda o’tirganingizda,
atrofingizdagilar xatti-harakatlarini kuzatib ko’ring – juda ko’p qiziq narsalarni bilib
olasiz.
Hammamiz kuchli shaxsiyat egalariga o’zimiz bilmagan holda intilishimizga bir
oddiy sabab bor. Avval aytganimdek, bizning organizmimiz har doim sog’ligimiz uchun
eng ma’qul qarorolarni qabul qiladi. Odamning shaxsiy kuchi boshqa odamlarning
hayotiy energiyasini oshirib berish xususiyatiga ega (bu ajablanarli hol emas – axir,
shaxsiy kuch mehrdan hosil bo’ladi, boshqa odamga mehr ko’rsatish esa uning hayotiy
quvvatini oshiradi). Atrofimizda kuchli shaxsiyat paydo bo’lishi bilan, tanamiz unga
bizning e’tiborimizni qaratmoqchi bo’ladi – chunki u ehtimolda bizning hayotiy quvvat
zahiramizni to’ldirishga qodir.
Shaxsiyati kuchli odam atrofdagilarga mehr taratadi deganim - u hammaning
ko’nglini olib yuradi degani emas. Kuchli shaxsiyat, shunchaki, atrofidagi har kim va har
narsaga mehr bilan qaraydi, atrofiga mehrga to’yingan shaxsiy kuchidan yog’du taratib
turadi. Qolganlar ana shu yog’duga o’zlari bilmagan holda talpinadilar.
Agar odamning shaxsiy kuchi yetarlicha yuqori bo’lsa, uning boshqa odamlar va
dunyo bilan kelishmovchiliklari bo’lmaydi, u hech qachon qiyin vaziyatga tushib
qolmaydi – shunday bo’lsa ham, shaxsiy kuchi uni bu vaziyatdan shikastsiz olib chiqib
ketadi.
Bu bilan kuchli shaxsiyat o’zgalarni boshqarish qobiliyatiga ega bo’ladi demoqchi
emasman. U, shunchaki, dunyo qonunlari va odamlar ahdiga qarshi bormaslikka harakat
qilib yashaydi – shunga monand hamma hech narsa uning ahdlariga ham qarshilik
Do'stlaringiz bilan baham: |