Asrimizning 70-yillaridan boshlab, ayniqsa soʻnggi yillarda Buxoroning yoshini aniqlash va yubileyini oʻtkazish maqsadida qator tadqiqotlar olib borildi.
Bu tadqiqotlardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, Zarafshonning quyi oqimlarida shaharsozlikning paydo boʻlishi, qabilalarning butun voha boʻylab yoyilishi bilan bogʻliq edi.
Buxoroda aholining yoyilishi
Hozirgi Buxoro viloyati hududlarida mil.avv.lV-lll ming yilliklardayoq anchagina yuqori tosh madaniyatiga ega boʻlgan neolit davri ovchilar va baliqchilar qabilalari yoyilgan edi.
Buxorodagi qazishmalar natijasi
Buxoro vohasining keng miqyosda oʻzlashtirilishi esa mil.avv.l ming yillikda boshlanadi. Buxoro arki qal'asida olib borilgan qazishmalar natijasida topilgan ikkita mustahkam devorning biri mil.avv.V-lV, ikkinchisi esa mil.avv.lV-lll asrlarga oid ekanligi aniqlangan.
Buxorodagi dastlabki shaharlar
Mil.avv.Vl-lV asrlar Buxoro vohasining eng muhim ajralib turadigan tomoni-Buxoro, Varaxsha, Ramish, Xoʻja Boʻston kabi koʻhna shaharlarning paydo boʻlishidir. Bu koʻhna shaharlar dastlab ikki-uchta markazlashgan va mustahkamlangan massivlardan iborat boʻlgan.
Bu jarayonda massivlardan biri tabiiy yoki sunʼiy tepalikda joylashib qoʻrgʻon vazifasini bajargan.
Mil.avv.lV asrga kelib yuqorida koʻrsatilgan barcha ob'yektlar ikki qismli tuzilish, ya'ni bevosita shahar va shahar qal'asidan iborat boʻlgan.
Buxoroda dehqonchilik
madaniyati
Buxoro shahri va Buxoro vohasida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish-qadimgi Soʻgʻdiyona eneolit va bronza davridan boshlab bobo dehqonlar makoni boʻlganligini koʻrsatadi. Ular avvalambor Zarafshonning yuqori oqimidan Sarazm madaniyati bilan quyi Zarafshondan topilgan Zamonbobo madaniyatlaridir.
Yuqoridagi madaniyat sohiblari Buxoro vohasida ilk shaharsozlik madaniyatining shakllanishida katta ahamiyatga ega boʻldi hamda ilk temir davriga kelib mana shu qadimiy madaniyatlar asosida Buxoro vohasida, oʻzida shaharsozlik belgilarini mujassamlashtirgan manzilgohlar paydo boʻldi va rivojlandi.
Xususan Buxoro vohasida topib oʻrganilgan koʻpgina maňzilgohlar mustahkam devorlar bilan oʻralgan boʻlib, ularda ixtisoslashgan uy hunarmandchiligi va oʻtroq dehqonchilik xoʻjaligi mavjud edi.
Xulosa
Xulosa oʻrnida shuni aytish kerakki, mil.avv.V-lV asrlarga kelib, hozirgi Buxoro atroflari va oʻrnida shaharsozlik madaniyati yuksak darajada rivojlanganligini koʻrishimiz mumkin.
E'tibor
uchun
tashakkur
!!!