Natijalardan ko‘rinib turibdiki, boshlang‘ich sinflarda darslarni interfaol metodlarda kichik guruh jamoasini tashkil etish o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi, bilimlarni o‘zlashtirishga mas’uliyat va qiziqishni tarbiyalaydi. O’quvchilarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalaraga o‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga, shu bilan bir qatorda o‘quvchilarni o‘quv jarayonida egallagan bilimlarini tahlil etishga o‘rgatishi bilan ahamiyatlidir, shuningdek o‘quvchilarning o‘quv- biluv faoliyatini faollashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |