Kirish - Mavzuning dolzarbligi. Jamiyat kamolotini ta`minlovchi ijtimoiy uyg`unlik aks etgan har qanday davlatning buyuk kelajagini shu davlat mexanizmiga xizmat qiluvchi faol yoshlar faoliyatisiz tasavvur qilish qiyin. Chunki davrlar taraqqiyoti, shaxs taraqqiyoti bilan belgilanadi, shaxs taraqqiyoti esa ijtimoiy manfaatlarga xizmat qilish bilan ahamiyatlidir.
- Ijtimoiy manfaatlarga xizmat qiluvchi shaxsni shakllantirish, eng avvalo, shaxs istiqbolini ilmiy va metodik jihatdan to`g`ri belgilay oluvchi ilg`or ta`lim usullarini tadbiq eta olish bilan bevosita bog`liqdir.
- Bu vazifalar maktab, oila, mahalla, butun jamoatchilikka katta mas’uliyat yuklaydi. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasining barcha bo‘g‘inlari – maktabgacha ta’lim, maktab, o‘rta maxsus va oliy ta’lim tizimini takomillashtirish, yangi muassasalar bunyod etish va mavjudlarini qayta ta’mirlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yoshlar kamolotida o‘z samarasini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |