Kimyoviy reaksiyaning tezligi reaksiyaga kirishuvchi moddalar (yoki ulardan biri) konsentrasiyalarining vaqt birligi ichida o‘zgarishi bilan o‘lchanadi.
Masala
Kimyoviy reaksiyaga kirishayotgan moddaning dastlabki konsentratsiyasi 1 mol/lga teng. Reaksiya 10 sekund davom etgandan so‘ng ushbu moddaning konsentratsiyasi 0,4mol/lga teng ekanligi aniqlandi. Sodir bo‘lgan kimyoviy reaksiya tezligini aniqlang.
Kimyoviy reaksiya tezligi reaksiyada ishtirok etayotgan moddalar konsentratsiyalariga bog‘liq.
Kislorodning kimyoviy xossalarini o‘rganish davomida oltingugurtni havoda sekin yonishi, sof kislorodda esa ravshan alanga berib juda tez yonadi.
Buni qanday izohlaysiz?
Oltingugurt toza kislorodda yonganda uning sirtiga kelib urilayotgan kislorod molekulalarining soni havodagiga nisbatan juda ko‘p bo‘ladi. Chunki havoda kislorod hajm jihatdan 21% ni tashkil qiladi.
Haroratning ta’siri
Harorat molekulalarning to‘qnashuvi sonini oshiradi. Vant-Goff qoidasi reaktsiyalarning eksperimental tadqiqotlari asosida tuzilgan.
Har 10 gradus harorat oshirilganda, 0 ° C dan 100°C gacha bo‘lgan haroratda, kimyoviy reaksiya tezligi 2-4 martaga ortadi.
Vant-Goff
v = v0·∆τ/10
Topshiriq
Reaksiya tezligining harorat koeffitsiyenti 2 bo‘lganda, muhitning harorati 40°Cga ko‘tarilsa, ushbu reaksiyaning tezligi necha marta ortadi?
Katalizatorlar-kimyoviy reaksiya tezligini o‘zgartiruvchi moddalar, ammo o‘zlari reaksiya jarayonida ishtirok etmaydi. Katalizatorning mavjudligi kimyoviy jarayon.
Katalizator bilan boradigan reaksiya katalitik bo‘ladi.
Ingibitorlar esa moddalarning kimyoviy reaksiyaga kirishish imkoniyatini susaytiradigan moddalardir.
Bosim
D.I.Mendeleyev
(1834 - 1907)
E.B.Klayperon
(1799 - 1864 )
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar:
Darslikning 141 - 144 - sahifalaridagi “Kimyoviy reaksiyalarning tezligi” mavzusini o‘qing va mavzu asosida 3 ta qiziqarli ma’lumot tayyorlang.