Sodiqov anvarbekning global iqtisodiy rivojlanish


II-Bob. Tayloq tumanida oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlanganligining holati



Download 0,96 Mb.
bet6/13
Sana08.04.2023
Hajmi0,96 Mb.
#925888
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Oziq ovqat xavfsizligi mavsuida Kurs ishi

II-Bob. Tayloq tumanida oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlanganligining holati
va tahlili
2.1. Tayloq tumaning ijtimoiy – iqtisodiy tavsifi
O`zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar, mamlakatimiz rahbari va hukumatimiz tomonidan aniq va puxta ishlab chiqilgan milliy dasturlarning amalga oshirilishi, davlatimiz tomonidan tadbirkorlarga yaratilib berilayotgan qulay shart-sharoitlar, imkoniyatlar, tegishli imtiyozlar tufayli Tayloq tumanida ham barcha iqtisodiy ko`rsatkichlarda rivojlanish sur‘atlari kuzatilmoqda.
Tayloq tumani - Samarqand viloyatidagi tuman. 1992 yil 9 aprelda tashkil etilgan. Viloyatning janubiy sharqiy qismida. Shimoldan Jomboy va Bulungʻur, jaubdan va sharqdan Urgut, gʻarbdan Samarqand tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,28 ming km². Aholisi 183,9 ming kishi. Tumanda 8 ta qishloq fuqarolari yigʻini (Adas, Bogʻizagʻon, Jumabozor, Gʻulba, Madaniyat, Sochakibolo, Tepaqishloq, Toyloq, Qoʻrgʻoncha) bor. Markazi — Toyloq shahri. Tabiati Tuman hududi Zarafshon daryosining hozirgi davr qayirlari hamda koʻhna qayir (terrasa)laridan iborat boʻlib, asosan, tekislik. Zarafshon daryosi keltirgan oqindi (qum, shagʻaltosh, loyqalar)dan tarkib topgan. Ular ustini 5–10 m qalinlikdagi lyoss yotqiziqlari qoplagan. Tuman hududidan Markaziy magistral, Dargʻom kanallari va Zarafshon daryosi, Krrasuv soyi oqib oʻtadi. Tuprogʻi boʻz, oʻtloqboʻz, oʻtloqbotqoq va allyuvial tuproq. Foydali qazilmalari, asosan, shagʻaltosh, qum va lyosslardan iborat. Iqlimi keskin kontinental. Iyulning oʻrtacha trasi 25,9°, yanvarniki 0,2°. Vegetatsiya davri 215—230 kun oraligʻida. Yiliga 320–350 mm yogʻin tushadi. Tuman hududidagi qayirlarda toʻqayzorlar mavjud boʻlib, bu yerda yovvoyi jiyda, tol, qamish, turangʻil oʻsadi. Tuman hududidagi ekin ekilmagan yerlarda ajriq, yulgʻun, shuvoq, bugʻdoyiq, yantoq, yalpizlar uchraydi. Qushlardan mayna, chumchuq, qargʻa va boshqa bor. Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar, koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholi zichligi 1 km²ga 480 kishi. Xoʻjaligi. Tuman xoʻjaligi, asosan, qishloq xoʻjaligi. mahsulotlarini yetishtirish va ularni qayta ishlashga ixtisoslashgan. Sanoatida taʼmirlash, aloqa va aholiga maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari, meva konserva zavodlari bor. Toyloq tumanida yirik, oʻrta, kichik korxonalar hamda mikrofirmalar faoliyat koʻrsatib turibdi. Meva konservalari, non, qandolatchilik va sharob mahsulotlari, salqin ichimliklar, qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Tumandagi ixtisoslashgan mikrofirmalar tomonidan aholiga maishiy xizmat koʻrsatish (avtomobil, muzlatkich, radio, televizorlarni taʼmirlash va boshqalar) ishlari amalga oshiriladi. 2 ta qoʻshma korxona, shu jumladan, Uzbekistan AQSH "Adas—Agro Invest" (uzumni qayta ishlaydi), Oʻzbekiston—Rossiya "TonigriN" (mevani qayta ishlaydi) mahalliy xom ashyo asosida ishlamoqda. Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik. Tumanda 5620 ga yerga gʻalla, 1994 ga yerga sabzavot, 307 ga yerga kartoshka, 2697 ga yerga ozuqa ekinlari ekiladi. Koʻp yillik daraxtzorlar 4686 ga (shundan, bogʻlar 1446 ga, tokzorlar 2490 ga, tutzorlar 692 ga). Tayloq tumanining ijtimoiy-iqtisodiy ko`rsatkichlari Samarqand viloyatining O`rtacha ko`rsatkichlari bilan taqqoslangan qiyosiy ma‘lumoti 2.1.1-jadvalda keltirilgan.


Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish