Rasmiylashtirish. Rels zanjiri sxemasi tasnifi bilan. Tushuntirish xatida asosiy e’tiborni rels zanjirlari tipini tanlashga qaratilgan bo‘lishi kerak.
5.Stansiyaning ikki ipli rejasi Izoh. Stansiyaning ikki ipli rejasi – bu tashqi izolyatsiyalovchi tutashmalar bo‘shab chiqishi holatida xavfli ishdan chiqishga yo‘l qo‘ymaslik uchun ta’minot manbalari qanday ulanishi ko‘rsatiladigan ikki ipli ko‘rinishda tasvirlanadigan stansiya planidir.
Fazasezgirli yo‘l qabul qilgichli RZ va TRZ qo‘llanilganda stansiyaning ikki ipli rejasini qurishga yondashuv birmuncha farq qiladi. Quyida shu variantlarning har bittasini alohida ko‘rib chiqamiz.
Fazasezgirli yo‘l qabul qilgichli tarmoqlanmagan RZlarining ta’minot va rele uchlari shunday joylashtiriladiki, bir yo‘lli uchastkadagi stansiyalarlarda LAS kodlarini jo‘natish (kodlash) RZning ta’minot uchidan, ikki yo‘lli uchastkadagi stansiyalarda qabul qilish marshrutlarida – rele uchidan, jo‘natish marshrutlarida – ta’minot uchidan amalga oshirilsin.
Stansiyaning ikki ipli rejasiga izolyatsiyalovchi tutashmalarni bir ipli rejadan ko‘chirib o‘tilgandan keyin qo‘shni rels zanjirlaridagi ta’minotning oniy qarama-qarshi qutblarining almashinuviga amal qilinayotganligiga ishonch hosil qilish kerak.
Izolyatsiyalovchi tutashmalarni joylashtirishni to‘g‘riligini tekshirish har bir yopiq konturda tutashmalarning juft qiymatini ta’minlash usuli bo‘yicha amalga oshiriladi [1,3]. Bunda strelka ulagichdan tok oqishi tekshiriladi ularning butunligini nazorat qilish uchun.
Tarmoqlarda signal toki oqmaydigan izolyatsiyalangan uchastkalarni egallanishini qayd qilishning ishonchliligini oshirish uchun RZ ikkitalik stikli ulagich bilan jihozlanadi. Shuningdek ular bilan poyezdlar to‘g‘ridan to‘g‘ri (to‘xtamasdan) o‘tib ketishi nazarda tutilgan strelkali va strelkasiz seksiyalar (RZning barcha tarmoqlarini o‘z ichiga olgan holda), qabul qilish – jo‘natish yo‘llari ham jihozlanadi. Biroq bittalik strelkalarda nazorat qilinmaydigan ulagichlardan foydalanish mumkin emas. Bir ipli rels zanjirlarida tortqi tokini o‘tkazib yuborishni ta’minlashda strelka krestovinasi ustidan po‘lat, ba’zi hollarda mis tortqili strelkali ulagichlar o‘rnatiladi.
Agar qo‘shni yo‘llarning o‘qlari orasidagi masofa 5,9 m dan kichik bo‘lmasa, kesishgan qiyalikni izolyatsiyalashda ikki ipli rels zanjirlarini qo‘llash kerak. Kodlash zarur bo‘lganda, rels bo‘ylab shleyf qo‘yib chiqish talab qilinadigan kichik yo‘l oralig‘ida faqatgina bir ipli rels zanjirlari qo‘llaniladi. Barcha hollarda lokomotiv signalizatsiyali yo‘llarda joylashgan strelkalarda tutashmalarni tarmoqda o‘rnatish tavsiya qilinadi. Peregon bilan bir qatordagi stansiya yo‘llari relslarga LAS kodlarini jo‘natuvchi qurilmalar bilan jihozlanadi. Stansiyalarda poyezdlarning to‘xtamasdan o‘tib ketishi nazarda tutilgan qabul-qilish jo‘natish yo‘llari, yo‘lovchi poyezdlarni qabul qilish, uzatish va jo‘natish, AB bilan jihozlangan ikki yo‘lli uchastkaning noto‘g‘ri peregon yo‘liga poyezd jo‘natish, shuningdek asosiy yo‘llarning davomi hisoblangan strelkali va strelkasiz seksiyalar kodlanadi. Kodlarni uzatish harakatlanayotgan poyezdga qarshi amalga oshirilishi kerak.
Tarmoqlangan rels zanjirlarida ta’minot va rele uchlarini joylashtirish shunday amalga oishirladiki, eng ko‘p miqdordagi strelkali ulagichlardan tok oqishi va parallel tarmoqlarning uzunligini kamaytirish ta’minlanishi kerak. Shunday bo‘lsa ham bitta yo‘l relesini yuk poyezdlarini jo‘natish parki yo‘llarida, saralash-jo‘natish yo‘llarida joylashgan tarmoqlangan rels zanjirlarida, hamda saqlovchi va tutib turuvchi tupiklarda fazasezgirli qabul qilgichli RZ qo‘llanilganda uzunligi 60m dan ortiq bo‘lmagan tarmoqlar va TRZ qo‘llanilganda 40 m dan kam tarmoqlar, gabaritsiz izolyatsiyalovchi tutashmalar bilan chegaralangan tarmoqlardan tashkil topgan rels zanjirlarida qo‘llashni nazarda tutishga ruxsat etiladi.
Agar tarmoqlangan rels zanjiri poyezdlarni qabul qilish va jo‘natish marshrutiga kirsa, yo‘l relelari rels zanjirlarining barcha tarmoqlarida albatta bo‘lishi kerak. Ikki ipli tarmoqlangan rels zanjirlarida yo‘l relelarining umumiy miqdori uchtadan, bir iplisida esa ikkitadan oshmasligi kerak.
Elektr tortqida qaytuvchi tortqi tokini izolyatsiya tutashmasidan o‘tib ketishini ta’minlash kerak. Buning uchun doimiy tokli elektr tortqida DT-0,6-500M tipli, o‘zgaruvchan tokli elektr tortqida DT-1 tipli drossel-transformatorlar ishlatiladi. Bir ipli rels zanjirlarida qaytuvchi tortqi toki tortqi ulagichlari orqali o‘tkazib yuboriladi. Izolyatsiyalanmagan elektrlashtirilgan yo‘llar yoki tupiklarning bir ipli rels zanjiri chegarasida tortqisi bo‘lmagan ipda bitta tutashma o‘rnatiladi.
Stansiyalarda asosiy va barcha kodlanadigan yo‘llar, asosiy yo‘llarning davomi hisoblangan strelkali va strelkasiz seksiyalar, bittadan ortiq yo‘l qabul qilgichlariga ega strelkali seksiyalar ikki ipli qilib loyihalashtirilishi kerak. Bunda poyezdlarni bir yoqdan ikkinchi yoqqa 50 km/s dan ortiq tezlik bilan o‘tishi amalga oshiriladigan asosiy va yon yo‘llarda va ularga tutashgan strelkali seksiyalarda joylashgan DTlar ta’minot uchidagi kabi RZning rele uchida ham, yon yo‘llarda esa agar tortqili tok kanalizatsiyasi sharoitlari bo‘yicha ikkinchi DT o‘rnatish talab etilmasa faqat ta’minot uchida o‘rnatiladi.
Bundan tashqari, stansiyalarda qabul qilish-jo‘natish yo‘llarining soni oltitagacha bo‘lsa, barcha izolyatsiyalangan seksiyalar ikki ipliga ajratiladi. Qolgan hollarda bir ipli RZ qo‘llashga ruxsat etiladi.
Ta’minot va rele uchlari apparaturalari ikki ipli RZ ga DT ning signal cho‘lg‘ami orqali yoqiladi. RZ da DT lar soni RZ tipi va tortqi tokini kanalizatsiyalashning maxsus loyihalangan sxemasi orqali aniqlanadi. DTlari istalgan miqdorda bo‘lishi mumkin bo‘lgan TRZdan farqli ravishda fazasezgirli yo‘l qabul qilgichli RZda uchtadan ortiq bo‘lmasligi kerak, bunday uchdrosselli deb nomlangan RZ lari faqat ikkita yo‘l relesiga ega bo‘lishi mumkin va rostlashni murakkabligi tufayli istisno tariqasida loyihalanadi.
Stansiya bo‘g‘izi va qabul qilish-jo‘natish yo‘llari oralig‘ida RZ dan yopiq konturlar vujudga kelishi mumkin. RZ ishlashining nazorat rejimini bajarilish shartlari bo‘yicha signal tokining aylanib o‘tish zanjirlarini mustasno qilish uchun drosselaro va yo‘llararo ulagichlar bo‘ylab va boshqa RZ dan bunday yopiq kontur fazasezgirli yo‘l qabul qilgichli RZ uchun va 50Gs chastotali 6 RZ dan kam, 25 Gs chastotali 10 RZ dan kam RZ ni o‘z ichiga olishi mumkin emas. TRZ uchun kontur uzunligi RZ maksimal uzunligining to‘rt baravaridan kichik bo‘lmasligi kerak.
Ushbu talablarni ta’minlash uchun kerakli holatlarda bir DT li ( bir drosselli RZ) RZ qo‘llaniladi. SHunga qaramasdan, har bir RZ elektr tortqida kamida ikki chiqishli qaytuvchi tortqi toklar bilan ta’minlangan, quyidagi tarzda amalga oshiriladigan bo‘lishi kerak. Bir drosselli RZ da ikki chiqishli qaytuvchi tortqi toki sifatida DTning o‘rta chiqishini ulash qabul qilinadi:
- qo‘shni RZ ning DT ning o‘rta chiqishiga;
- qo‘shni RZ ning yaqinroqdagi DT ning o‘rta chiqishiga, har xil shpal yashiklarda joylashtirilgan ikkita elektr tortqili ulagichlar bilan;
- ikki har xil DT lar o‘rta chiqishiga, har xil shpal yashiklarda joylashtirilgan ikkita alohida elektr tortqili ulagichlar bilan.
Zarur hollarda qaytuvchi tortqi tokini elektrlashtirilmagan yo‘llar bo‘ylab o‘tkazishga ruxsat etiladi, buning uchun ularga tutashmali, elektr tortqili, drosselli va strelkali ulagichlarni o‘rnatish nazarda tutilishi kerak.