Ariza.
Ariza.
Ariza insonlar hayotida eng ko‘p foydalaniladigan hujjat hisoblanadi. Ariza bir kishi tomonidan tashkilot, korxona yoki muassasa rahbari nomiga yoziladi.
Arizaning tarkibiy qismida quyidagilar bo‘ladi: ariza yo‘llangan tashkilot, korxona, muassasa va uning rahbarining nomi; arizachining turar joyi yoki ish joyi, vazifasi, ismi va otasining ismi; shundan so‘ng Ariza degan yozuv, arizaning mazmuni, agar lozim bo‘lsa, arizaga ilova qilinishi mumkin bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati, arizachining imzosi, ismi-familiyasi, ariza yozilgan vaqt.
Ariza muayyan muassasa yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat sanaladi. Ish yuritishda faol qo’llanadigan rasmiy hujjat ham arizadir
TILXAT.
TILXAT.
Bir kishining boshqa bir kishidan yoki ishxonadan pul-buyum va biron rasmiy qog‘ozni olganlikni tasdiqlaydigan hujjat. Uning yozilishi quyidagicha: Tilxat degan so‘z, tilxatni beruvchining lavozimi, ismi-familiyasi, pul-buyum yoki boshqa biron narsaning aniq nomi va qanchaligi, agar u texnik vosita bo‘lsa, uning holati kabilar ko‘rsatilib, olganligi e’tirof etilgan matn, so‘ngida esa sana va imzo qo‘yiladi.
Tilxatga tuzatishlar kiritilmaydi. Agar guvohlar bo‘lsa, ular ham ko‘rsatiladi. Tilxat davlat notariusi, fuqarolar yig‘inlari tomonidan tasdiqlanishi ham mumkin.
SHARTNOMA.
SHARTNOMA.
Shartnoma bir kishi bilan ikkinchi kishi, bir tashkilot bilan ikkinchi tashkilot yoki odamlar bilan tashkilotlar o‘rtasidagi muayyan bir vazifani amalga oshirish maqsadida tuzilgan huquqiy hujjat. Ular mehnat bitimi deb ham ataladi.
Tomonlar o‘rtasida bajariladigan vazifalarning xilma-xilligidan kelib chiqib, shartnomalarning turi ham ko‘p bo‘ladi. Masalan, yetkazib berish, ijara, moddiy javobgarlik, hadya etish hamda mehnat bitimi shartnomaning ana shu turlari sanaladi. Ammo ularning birortasi ham amaldagi qonunlar, hukumat qarorlariga zid bo‘lishi mumkin emas. Shuning uchun ham shartnomalar imzolanishidan avval uning mazmunidan kelib chiqib, tegishli mutaxassislar va huquqshunosning roziligi olinadi.
Shartnoma degan yozuv, uning tuzilgan sanasi va joyi, tuzayotgan tomonlarning aniq nomi va ularning vakolatlari asosiy matn, tomonlarning huquqiy adreslari, imzolari va muharrirlaridan iborat tarkibiy qismlardan tashkil topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |