Ko‘rishga oid tasavvurlar.Bizda mavjud tasavvurlarning katta qismi ko‘rish idroki bilan bog‘liq. Ko‘rish tasavvurlarining xarakterli xususiyati shukndaki, alohida hollarda ular butkul aniq (muayyan, konkret) bo‘lib, predmetlarning ko‘rinadigan barcha sifatlari: rangi, shakli, hajmini beradi. Biroq ko‘p hollarda ko‘rishga oid tasavvurlarda qaysidir bitta tomon ustuvorlik qiladi, boshqalari esa yoki noaniq bo‘ladi, umuman mavjud bo‘lmaydi. Masalan, ko‘pincha ko‘rishga oid tasavurlar hajmdan mahrum va hajmli predmet emas, balki rasm, surat ko‘rinishida qayta aratiladi. Ustiga ustak, bu kartinalar ayrim hollarda rnagli, boshqalarida rangsiz bo‘lishi mumkin.
Ko‘rishga oid tasavvurlar tasviriy san’at bilan shug‘ullanishda markaziy o‘rin tutadi. Nafaqat xayolan, balki naturadan chizish ham rivojlangan ko‘rish tasavvurlarisiz qiyin kechadi. Ko‘rish tasavvurlari pedagogik jarayonda ham muhim o‘rin tutadi. Xatto adabiyotni o‘rganish ham materialni muvaffaqiyatli o‘zlashtirish uchun asosan ko‘rish tasavvurlariga tayanadigan tasavvurni /”ishga solish”ni talab qiladi.32
Eshitishga oid tasavvurlar sohasida nutqiy va musiqiy tasavvurlar eng muhim sanaladi. O‘z navbatida, nutqiy tasavurlar fonetik va tembr-intonatsion tasavvurlar kabi bir necha kichik tiplarga bo‘linishi mumkin. Fonetik tasavvurlar haqida biror so‘zni ovoz bilan bog‘lamasdan tasavvur qilinganda gapirish mumkin, bunday tasavvurlar chet tillarni o‘rganishda katta ahamiyat kasb etadi.
Tasavvurlarning yana bir tipi – harakatga oid tasavvurlar.Ularyuzaga kelish xarakteriga ko‘ra ko‘rish va eshitishga oid tasavvurlardan farq qiladi, zero hech qachon avvalgi hislarning shunchaki qayta yaratilishi bo‘lmay, hamma vaqt dolzarb sezgilar bilan bog‘liq bo‘ladi.
Tasavvurlar asosiy turlarining barchasi u yoki bu darajada bir-biri bilan bog‘liq bo‘lib, ularni sinf, toifa va tiplarga ajratish juda shartlidir. Ko‘rish, eshitish yoki harakatga oid tasuvvurlar birinchi planga chiqqanida tasavvurlarning u yoki bu tegishli tipi haqida gap boradi.
«Makonga oidtasavvurlar» termini ob’ektlarning makonli shakli va joylashishi aniq tasavvur qilinganida, ammo ob’ektlarning o‘zi unchalik aniq tasavvur qilinmaganda qo‘llanadi. Odatda, bu tasavvurlar shu darajada sxematik va rangsizki, bir qarashda “ko‘rishga oid tasavvur” terminini ularga nisbatan qo‘llab bo‘lmaydigandek. Biroq ular obrazlar – makon obrazlari sifatida qolaveradi, zero voqelikning bir tomoni – buyumlarning makonda joylashuvini ular to‘liq ko‘rgazmalilik bilan beradi.
Makonga oid tasavvurlar asosan ko‘rish-harakatga oid bo‘ladi, bunda bir holatda ko‘rish, boshqa bir holatda esa harakat komponenti birinchi plangan chiqadi.
Hamma tasavvurlar umumlashganlik darajasiga ko‘ra farqlanadi. Ularni yakkalik va umumiy tasavvurlarga ajratish qabul qilingan. Ta’kidlash kerakki, tasavvurlarning idrok obrazlaridan asosiy farqlaridan biri shundaki, idrok obrazlari hamma vaqt yakkalik bo‘ladi, ya’ni muayyan predmet haqidagi axborotni aks ettiradi, tasavvurlar esa juda ko‘p hollarda umumlashma xarakterda bo‘ladi.
Yakka tasavvurlar – bitta predmetni kuzatishga asoslangan tasavvurlar. Umumiy tasavvurlar esa qator o‘xshash predmetlarning xossalarini umumlashma aks ettiradi.
Shuningdek, tasavvurlar irodaviy sa’y-harakatlarni namoyon qilish darajasiga ko‘ra farqlanadi. Bunda ixtiyoriy va ixtiyorsiz (beixtiyor) tasavvurlar farqlanadi. Ixtiyorsiz tasavvurlar – spontan yuzaga keladigan tasavvurlar. Ixtiyoriy tasavvurlar esa insonda qo‘yilgan maqsad yo‘lida qilingan irodaviy sa’y-harakat natijasida yuzaga keladigan tasavvurlardir.
umumlashgan obrazidir.
Yakka tasavvurlar Tasavvur voqelikning shunchaki bevosita obrazi bo’lmay, balki voqelikdagi narsa va hodisalarning hamda umumlashgan tasavvurlar bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |