Jamol Kamolda:
“Qadim Yunonistonda lirika musiqa va raqs san’atlari bilan uzviy,
chambarchas hayot kechirgan ekan, Sharqda ham shunday bir holni kuzatish
mumkin. Sharqda eng buyuk mutasavvuf shoir Mavlono Jalololiddin Rumiy ham
o‘zining so‘fiyona g‘azallarini rubob jo‘rligida, raqsga tushib aytgan. O‘zbek
xalqining sevimli klassik shoiri Boborahim Mashrab o‘z she’rlarini tanbur
ohanglari bilan orastalab kuylab yurgani el orasida ma’lum.
Lirika inson o‘z shaxsini tanigan, o‘zini shaxs sifatida anglagan, o‘zini olam
ichra yana bir olam deb bilgan va tashqi, obektiv olamga yangicha qaragan
sharoitlarda paydo bo‘ladi…Lirika parvozini hamisha jamiyat hayoti belgilaydi”
Do'stlaringiz bilan baham: |