Sobir matkarimov va isoqov doniyorbek



Download 349,62 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.03.2022
Hajmi349,62 Kb.
#509026
Bog'liq
xrpt up4x178vxxfe4jgxgmxyg7mhgocjfbt2slmhij4780a1ihmouad27r0c7blcd75vig4rrxmnvne



1
SOBIR MATKARIMOV VA ISOQOV DONIYORBEK
7-SINF
O’ZBEKISTON TARIXI
SAVOL-JAVOBLAR TO’PLAMI


2
Kirish
1. 7-sinf O’zbekiston Tarixi darsligi qaysi davrni o’z ichiga oladi?
J: IV-XV asrlarni o’z ichiga oladi
2. Qabila begi, hukmdor ma’nosini
beruvchi so’zni toping.
J: O’zbek
3. Mamlakatimizda Arab xalifaligi hukumronligi qachon o’rnatilgan?
J: VIII asrning boshlariga kelib
4. 2014-yilning 15-16-may kunlari Buyuk alloma va mutafakkirlarning ilmiy
merosiga bag’ishlangan konfrensiya qaysi shaharda bo’lib o’tgan?
J: Samarqandda
5. Markaziy Osiyo mintaqasi ilmiy-madaniy yuksalish Sharq Renessansi qaysi
davrda ro’y bergan?
J: IX-XII va XIV-XV asrlarda
1-§. IJTIMOIY-IQTISODIY O‘ZGARISHLAR
1. Ilk o’rta asrlarda mulkdor tabaqa vakillari qanday nomada atalgan.
J: dehqon
2. Ilk o’rta asrlarda ziroatchi oddiy qo’shchilar qanday nom bilan atalgan?
J: kashovarz
3. Ilk o’rta asrlarda qishloqning dehqonlarga qaram aholisi nima deb atalgan?
J: kadivar
4. Ilk o’rta asrlarda dehqon mulkini qo’riqlovchi , harbiy posbonlar nima deb
atalgan?
J: chokar
5. V asr o’rtalariga kelib sug’oriladigan yerlarning asosiy qismi qaysi tabaqa
vakillari qaramog’ida edi?
J: qishloq jamoalariga qaramog’ida edi
2-§. ILK O‘RTA ASRLARDA XORAZM, XIONIYLAR, KIDARIYLAR


3
DAVLATLARI
1. III asrda Xorazm davlatining poytaxti qaysi shahar xarobasi o’rnida bo’lgan?
J: Tuproqqal’a shahar xarobasining o‘rnida bo‘lgan
2. Xorazmda IV-X asrlarda qaysi sulola hukmronlik qilgan?
J: Afrig’iylar
3. Milodiy 305-yilda Xorazmshoh Afrig‘ o‘z qarorgohini qaysi shaharga
ko’chirgan?
J: Kat shahriga ko‘chiradi.
4. Xorazmda afrig’iy hukumdorlar qachon kumush tanga zarb ettirgan?
J: 305-yida
5. “Xorazmshohlar” unvonini dastlab qaysi sulola qabul qilgan?
J: Siyovushlar
6. Xorazm hududida bir nechta mayda hokimliklar mavjud bo‘lgan davrni
aniqlang.
J: III asrda
7. Qo‘lida burgut qo‘ndirilgan tojdor hukmdor tasviri tushirilgan tanga qaysi
shahardan topilgan?
J: Tuproqqal’adan
8. Qo‘lida lochin tutgan tojdor kishi tasviri tushirilgan tanga qaysi shahardan
topilgan?
J: Anqaqal’a yaqinidan
9. O’rta Osiyoda IV asrning 70-yillardan V asrning ikkinchi yarmigacha
hukumronlik qilgan davlatni toping.
J: Xioniylar davlati
10. Xioniylar davlati markazi qaysi hududda joylashgan
J: Zarafshon vohasida bo‘lgan
11. Ilk O’rta asrlarda O’rta Osiyoda 120 yil hukmronlik qilgan davlat nomini
aniqlang.
J: Xioniylar davlati
12. O’rta Osiyo hududiga V asrning 20-yillarida kirib kelgan xalqni anilang
J: Kidariylar(toxarlar)
13. Ilk o’rta asrlarda faoliyat ko’rsatgan Kidariylar davlatining poytaxti qaysi


4
shahar bo’lgan?
J: Balx
14. Kidariylar va sosoniylar o’rtasida jang qaysi yilda sodir bo’lgan?
J: 456-yil
15. Kidariylar shimoliy Hindistonda necha yil hokum surgan?
J: 75 yil
3-§. EFTALLAR DAVLATI. EFTALLAR DAVRIDA IJTIMOIY-IQTISODIY VA
MADANIY HAYOT
1. V asrning 20-yillaridan VI asrning 70-yillarigacha O’rta Osiyoda qaysi davlat
faoliyat ko’rsatgan?
J: Eftallar davlati
2. Eftaliylar davlatining dastlabki poytaxti Buxoro yaqinidagi qaysi shaharlar
bo’lgan?
J: Poykant va Varaxsha
3. Eftallar nomi qaysi hukumdor nomidan olingan?
J: “Eftalon”, ba’zi manbalarda “Vaxshunvar”
4. Eftallar qaysi yilda Xitoyga elchi yuborgan?
J: 456-yilda
5. Eftallar bilan bo’lgan 484-yildagi jangda vafot etgan sosoniy hukumdorni
aniqlang.
J: Pero’z
6. Eftallarda hukumdor qaysi nomda atalgan?
J: Sho (shoh)
7. Samarqand viloyatining janubiy tumanlarining asosiy suv manbayi Darg’om
kanali qachon barpo etilgan?
J: V asr
8. Baqtriya yozuvi asosida shakllangan Eftallar alifbosi nechta harfdan iborat?
J: 25 ta
9. Ilk o’rta asrlarda qaysi xalq o’t (olov) va quyoshga sig’inuvchi otashparast
bo’lishgan?
J: eftallar
10. O’rta Osiyoda shishasozlik qachon rivojlangan?


5
J: V asr
4-§. O‘RTA OSIYO XALQLARI TURK XOQONLIGI DAVRIDA
1. Turk xoqonligi davlati qachon vujudga keldigan.
J: VI asr o‘rtalarida
2. Turk xoqonligi asoschisini aniqlang
J: Bumin
3. Bumin qachon “xoqon" deb e’lon qilingan?
J: 552-yilda
4. Turklarni g’arbga tomon yurishlariga boshchilik qilgan Istamiga qanday
unvon berilgan?
J: “Yabg‘u xoqon”
5. Turklar Sirdaryo va Orol dengizi bo’ylarigacha cho’zilgan keng o’lkalarni
qachon egallagan?
J: 555-yil
6. Eron shohi Xusrav I Anushervon yillarini aniqlang.
J: 531-579
7. Eron va Turk xoqonligining 563-yilda Eftallarga qarshi boshlangan yurishi
necha kunlik shiddatli jangdan so’ng Eftallar mag’lubiyati bilan tugaydi?
J: 8 kunlik
8. Turk xoqonligida ko’chmanchi chorvador axoli qanday nom bilan atalgan?
J: Budun yoki qora budun
9. O’n o’q budun yoki elning hokimi nima deb atalgan?
J: “yabg‘u” yoki “jabg‘u”
10. Turk xoqonligida o‘n ming qo‘shin qo‘mondoni qanday nomada yuritilgan?
J: shod
11. Tuk xoqonligi davrida dehqonlar va chorvadorlardan olinadigan soliq
qanday atalgan?
J: Yasoq
12. Turk xoqonligi qachon ikkiga bo’linib ketgan?
J: VI asrning 80-yillari oxirlarida
13. Sharqiy xoqonlikning poytaxti qaysi hududda joylashgan?


6
J: O‘tukan vodiysi (Mo‘g‘uliston)da
14. G’arbiy turk xoqonligi markazini aniqlang.
J: Yettisuv
5-§. G‘ARBIY TURK XOQONLIGI
1. G‘arbiy xoqonlik nihoyatda kuchaygan davrni aniqlang.
J: VII asrning birinchi choragida
2. G‘arbiy turk xoqoni To’ng yabg’u hukumdorlik qilgan yilni aniqlang.
J: 618-630-yillarda
3. To’ng yabg’u islohotiga ko’ra mahalliy hukumdorlarga berilgan unvonni
aniqlang.
J: Yabg’u
4. G‘arbiy turk xoqonligida qaysi hudud savdogarlarining mavqei baland
bo’lgan?
J: So’g’d savdogarlarini
5. Turklar zulmiga qarshi 585-586-yillarda Buxoroda kimning boshchiligida
qo’zg’olon yuz bergan?
J: Abruy
5-§. G‘ARBIY TURK XOQONLIGI
1. G‘arbiy xoqonlik aholisining kattagina qismi nima bilan mashg‘ul edi?
J: o‘troq dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan
2. VII asrning birinchi choragida qaysi davlat nihoyatda kuchaygan?
J: G‘arbiy Turk xoqonligi
3. VII asrning birinchi choragida qaysi davlatning sharqiy chegarasi Oltoyga,
janubda esa Sind (Hind) daryosi bo‘ylariga borib yetgan?
J: G‘arbiy xoqonlik
4. 618-630-yillarda hukmdorlik qilgan G’arbiy Turk xoqonligi hukmdorini
aniqlang.


7
J: To‘ng yabg‘u
5. Xoqon To‘ng yabg‘u hukmronlik qilgan davrda mahalliy hukmdorlarga
xoqonlikning qaysi unvoni berilgan?
J: “yabg‘u”
6. Savdo sohasida ayniqsa qaysi hudud savdogarlarining mavqeyi baland edi?
J: Sug‘d
7. G‘arbiy turk xoqonligi bilan qaysi davlat o‘rtasida VII asrning birinchi yarmida
iqtisodiy aloqalar faollashdi?
J: Xitoy
8. VII asrda qaysi davlatdan Xitoyga to‘qqiz marotaba savdo elchilari
yuboriladi?
J: G’arbiy Turk xoqonligi
9. 585-586-yillarda Buxoroda kim boshchiligida qo’zg’olon bo’lib o’tgan edi?
J: Abro’y
10. Turk xoqoni Qoracho‘rin o‘g‘li Sheri Kishvar (El Arslon) boshliq qo‘shin
qaysi qo’zg’olonni bostirish uchun yuboriladi?
J: Abro’y
6-§. MAHALLIY HOKIMLIKLARNING TASHKIL TOPISHI
1. V-VII asrlarda O’rta Osiyo 15 dan ortiq hokimliklarga bo‘linib ketgan edi.
Mustaqil hokimliklar orasida eng yirigi qaysi?
J: Sug‘d ixshidlari
2. Qaysi ittifoqda Zarafshon va Qashqadaryo vodiylarida joylashgan
Samarqand, Buxoro, Kesh vohalarining o‘n bitta yirik mulklari birlashgan edi?
J: Sug‘d ixshidlari
3. 718-yilda hadya tariqasida qaysi shahardan yuborilgan dubulg‘adan nusxa
olib, Xitoy qurolsozlari qo‘shinni temir qalpoq (dubulg‘a)lar bilan ta’min
etganlar?
J: Samarqand
4. Hozirgi Janubiy O‘zbekiston va Janubiy Tojikiston, Shimoliy Afg‘onistonni
o‘z ichiga olgan bu tarixiy viloyat qaysi?
J: Toxariston


8
5. Toxariston poytaxti?
J: Balx
6. Qaysi davlat Balx, Qunduz, Termiz, Chag‘oniyon, Xutlal va boshqa 27 ta tog‘
va tog‘oldi viloyatlaridan iborat bo‘lgan?
J: Toxariston
7. Qaysi hudud hukmdorlari dastlab “malikshoh”, keyinchalik “yabg‘u” nomi
bilan atalgan?
J: Toxariston
8. Farg‘ona hukmdorlari nima deb atalgan?
J: “ixshid”
9. Koson, Axsikat (Xushkat) va Quva (Qubo) shaharlari qaysi davlatda
joylashgan?
J: Farg‘ona
10. Qo‘shni mamlakatlarga bo‘yoq, rangli shisha buyumlar va dori-darmonlar
chiqargan davlatni aniqlang.
J: Farg‘ona
11. Chochning markazi qaysi shahar edi?
J: Choch shahri
12. Eloqning markazi?
J: Tunkat
13. Qaysi davlatning hokimlari “dehqon” deb ataladi?
J: Eloq
14. VII asrning dastlabki choragida G‘arbiy turk xoqonligi hukmdorlik
qarorgohini qaysi viloyatga ko‘chiradi?
J: Choch viloyatiga
15. Karvon yo‘lining o‘lka orqali o‘tishi qaysi hududlarga ichki va tashqi
savdo-sotiqning kengayib, shaharlar aholisining ko‘payishiga imkon bergan?
J: Choch va Eloqqa
16. O‘rta asrlarda shaharlar necha qismdan iborat bo‘lgan?
J: 3
17. O‘rta asrlarda yashagan arab mualliflari (Ibn Xavqal va Ishtaxriy) qayd
etishicha, qaysi shaharning 22 ta darvozasi bo‘lgan?
J: Binkat (Toshkent)


Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi 
https://kitobxon.com/oz/asar/6351
saytida.
Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси 
https://kitobxon.com/uz/asar/6351
сайтида.
Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можно найти на сайте
https://kitobxon.com/ru/asar/6351

Download 349,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish