1961 yilda K. Yashin librettosi asosida yaratgan «Hamza» operasi A. Navoiy nomidagi Opera va balet teatrida muvaffaqiyatli ravishda sahnalashtirildi. Bolalar uchun yozgan «Yoriltosh» operasi 1969 yilda Samarqand, 1970 yilda Toshkent opera teatrlarida sahnalashtirildi.1973 yilda Sh. Sa’dulla va 3. Fatxullinlarning «Vatan ishqi» musiqali dramasi asosida yangi opera asarini yozdi va shu yili bu asar Samarqand opera teatrida sahna yuzini ko’rdi. - 1961 yilda K. Yashin librettosi asosida yaratgan «Hamza» operasi A. Navoiy nomidagi Opera va balet teatrida muvaffaqiyatli ravishda sahnalashtirildi. Bolalar uchun yozgan «Yoriltosh» operasi 1969 yilda Samarqand, 1970 yilda Toshkent opera teatrlarida sahnalashtirildi.1973 yilda Sh. Sa’dulla va 3. Fatxullinlarning «Vatan ishqi» musiqali dramasi asosida yangi opera asarini yozdi va shu yili bu asar Samarqand opera teatrida sahna yuzini ko’rdi.
S. Boboyev faqat sahnaviy musiqa asarlari yaratish bilan chegaralanib qolmay, qator simfonik, vokal-simfonik, lirik romanslar va qo’shiqlar, xorlar yozdi, xalq qo’shiqlarini qayta ishladi. Musiqa tilining originalligi va yangiligi, yorqin emotsionalligi hamda qisqaligi jihatidan uning «Yor ketdi», «Qalb», «Meros» kabi romanslari alohida ajralib turadi. Bastakor qayta ishlagan «Tanovar-1», «Bog’ sayliga» o’xshash qator xalq qo’shiqlari tinglovchilarda katta qiziqish uyg’otib kelmoqda. - S. Boboyev faqat sahnaviy musiqa asarlari yaratish bilan chegaralanib qolmay, qator simfonik, vokal-simfonik, lirik romanslar va qo’shiqlar, xorlar yozdi, xalq qo’shiqlarini qayta ishladi. Musiqa tilining originalligi va yangiligi, yorqin emotsionalligi hamda qisqaligi jihatidan uning «Yor ketdi», «Qalb», «Meros» kabi romanslari alohida ajralib turadi. Bastakor qayta ishlagan «Tanovar-1», «Bog’ sayliga» o’xshash qator xalq qo’shiqlari tinglovchilarda katta qiziqish uyg’otib kelmoqda.
- Ijodiy biografiyasida jamoat arboblik faoliyati katta o’rin tutgan S. Boboyev 1948—1955 yillarda O’zbekiston kompozitorlar uyushmasi raisi, 1960—1965 yillarda O’zbekiston kompozitorlar uyushmasi boshqaruvi a’zosi, 1966—1969 yillarda Samarqand Opera va balet teatri direktori, keyinchalik O’zbek Davlat filarmoniyasining badiiy rahbari vazifalarida ishladi
Do'stlaringiz bilan baham: |