Pahlavon Mahmud
Til ham ong singari qadimiydir
Donolar bisotidan
Til odamga o'z manfaatlarini qondirish uchun emas, aksincha, fikr-o'yi, tuyg'ular, o'zidagi haqiqat va ilhom uchqunlarini ifodalash va o'zgalarga in'om etish uchun berilgan.
V.Korolenko
Qanchalik so'z boyligim ko'p bo'lsa, boshqalarga shu qadar foydaliman, ta'sir doiram, e'tiborim shu qadar keng.
L.Feyerbax
Har qanday xalqning urf odatlarini bilay desang, avvalo uning tilini bilishga urin.
Pifagor
Ko'p tilni bilish - bitta qulfga tushadigan bir nechta kalitga ega bo'lish degan gap.
F. Voter
Kimki o'zga tillarni bilmasa, o'z tilini ham yaxshi tushunmaydi.
I.Gyote
Til boyligi tafakkur boyligidir.
N.Karamzin
Til madaniyat bilan yuksaladi.
A.Tolstoy
Til - tafakkur quroli... Tilga pala-partish munosabat - pala-partish, noaniq, taxminiy, ehtimol bilan fikrlash demakdir. Tildagi ravshanlik ravshan fikr natijasidir, ravshan fikr, turgan gapki, ravshan ifodani talab etadi.
V.Libknext
So'zdagi noaniqlik, shubhasiz fikr noaniqligining alomati.
L. Tolstoy
Xalq tiliga yaqin bo'ling, ikki-uch so'z jonli tasvir etuvi, oddiylik, qisqalik, teranlikni izlang.
A.Qahhor
Xalq tili hamisha milliy ruh bilan chambarchas bog'langan.
V.Gumbold
Til - millatning qalbi. Til g'oya, tuyg'u, tafakkurning jonli mujassamidir.
Talaffuz - tilning joni, u tilga faqat tuyg'ugina emas, dalillik ham baxsh etadi.
J.Russo
Chet so'zlarni, ayniqsa, zaruratsiz qabul qilish tilni boyitmaydi, aksincha buzadi.
A.Sumarokov
Til vatanparvar uchun muhim. N.Karamzin
O'z tiliga munosabatiga qarab turib, har bir odamning madaniy darajasinigina emas, balki uning fuqarolik qadr-qimmatini ham aniq aytib bersa bo'ladi.
K.Paustovskiy
Til - bu xalqning tarixi. Til - bu taraqqiyot va madaniyat bosib o'tganyo'l.
A.Kuprin
So'z - hayotning buyuk quroli. V.Korolenko
So'z bilan ifodalangan har qanday fikr ta'sir kolami tugamaydigan kuchdir.
L. Tolstoy
Til - eng xatarli qurol: so'z yarasidan ko'ra tig' yarasini davolash oson.
P.Kalderon
So'z sehridan kuchliroq so'z yo'q. A.Frans
Yoqimli so'z - ajib mo"jizalar doyasi. A.Qahhor
So'z - buyuk narsa: u bilan odamlarni birlashtirish yoki bir-birlari bilan yuz ko'rmas qilib yuborish mumkiri, so'z bilan mehr qozonish, so'z bilan nafrat va adovatga yo'liqisn mumkin. Odamlarni bir-biridan ajratadigan so'zni aytishdan saltan.
L. Tolstoy
Har qanday benatija so'z bcma'ni va quruq bo'ladi.
Demosfen
So'zaytishdan awaL har daqiqada so'zortidan kcladigan oqibatni o'yla.
I.Pavlov
So'z - gul, ish - meva. Al-Xorazmiy
So'z - shamolga qarab uchadigan o'yinchoq pufak emas. U ish quroli: u ma'lum darajadagi og'irlikni ko'tarib turmog'i lozim. O'zgalar kayfiyatini qanchalik rom etishi va o'zgartirishiga qarabgina biz so'zning ahamiyatini va kuchini baholashimiz mumkin.
V.Korolenko
Til boyligi va notiqlik san'ati barcha zamonlarda yonma-yon yashab kelgan.
A.Chexov
Til - bamisoli cholg'u asbobi: ehtimol g'ijjakdan ham nozik va murakkabdir. Yana shuni aytish lozimki, til ham, g'ijjak ham yuzaki bilishga toqat qilmaydi.
Oybek
Gapiraman desang, ikki holatda - aytmoqchi bo'lganingni atroflicha o'ylab olgach yoki bir narsani aytish zaruriyati tug'ilsagina gapir: faqat shu ikki holatda sukut saqlashdan ko'ra gapirgan ma'qul, boshqa paytda esa indamagan afzal.
Do'stlaringiz bilan baham: |