KELAJAKNI O'YLAB
Akademiyamizda talabalarning deontologik tarbiyasini takomillashtirish borasida quyidgagi takliflarni amalga oshirish maqsadga muvofiq deb o'ylayman:
Akademiyamizda talabalarni deontologik ruhda tarbiyalash dasturini va ishlarini muvofiqlashtiruvchi o'quv-metodik markaz tashkil qilish kerak (buni bizning kafedra qoshida ochish mumkin).
Akademiyamizda akademik litsey o'quvchilarining tibbiyotga e'tiqodini test-sinov nazorati asosida o'tkazish dasturini ishlab chiqish kerak.
Akademiyaga kirgan 1 -kurs talabalari va ularning ota-onalari bilan o'quv yili arafasida o'tkaziladigan an'anaviy «Talabalikka bag'ishlov» va tantanali talabalik vadasini institutimiz muzeyi oldida, ya'ni Ibn Sino va boshqa buyuk allomalar xiyobonida uyushtirish va muzey bilan tanishish, kafedra rahbarlari bilan suhbat tashkil etish maqsadga muvofiq.
Har bir kafedraning ishchi dasturida tibbiyot deontologiyasi masalalari amaliyoti o'z o'rnini topgan bo'lishi kerak.
Yilda o'tkaziladigan tibbiyot xodimlari bayramini talabalar bilan nishonlashni rejalashtirish lozim.
Talabalarimizni muzeylarga, san'at koshonalariga, teatrlarga olib borish va shu asnoda estetik tarbiya masalalari shunchaki ko'r-ko'rona bo'lmasligini ta'minlash zarur.
Har bir talaba o'qish davrida mustaqil ravishda «Tibbiyot deontologiyasi tabobatning qoni va joni» («Deontologiya dusha i mudrost vrachevaniya») mavzuida referat yozishi va unga qo'yilgan baho bitiruvchining umumiy reytingiga qo'shilishi kerak.
Talabalarning yilda o'tkaziladigan an'anaviy ilmiy konferensiyasida alohida mustaqil «Tabobat deontologiyasi seksiyasi» tashkil qilish va turli klinik kafedralarda tibbiyot tarixi va deontologiyasi bo'yicha tayyorlangan ilmiy ma'ruzalar shu seksiyada muhokama qilinishi maqsadga muvofiq.
Akademiyamizning «Tibbiyotnoma» gazetasi sahifalarida doimiy «deontologiya maktabi» rukni ostida tegishli maqolalar berib borish darkor.
10.Bitiruvchilarimizning «0'zbekiston shifokori qasamyodi»ni
jo'r ovozlikda emas balki yakka tartibda, Ibn Sino haykali qoshida
qabul qilishi kerak. Bu marosim ham instituimiz muzeyi oldida
o'tkazilsa, ayni muddao bo'lardi.
«DAVRON ELINING JISMIDA HAM JON BO’LG’IL...»
AZIZ DO'STL ARIM! Siz butun hayotingizni olijanob shifokorlik kasbiga bag'ishlashga ahd qildingiz. Siz tanlagan bu yo'l sharafli va e'tiborli, lekin qiyin va mashaqqatlidir. Sizning kelajak hayotingiz-tibbiyot bilan bog'langan insonparvarlik va baxt-saodatning buyuk namunalarini o'zida mujassamlashtirgan fidokorona va xolis mehnatdan iborat. Ya'ni bu sog'liqni xastalik ustidan qozongan g'alaba quvonchi, bu - qaytarilgan quyosh nuri va qutqarilgan hayotning minnatdorchiligidir. Lekin bu - xavotirli kunlar, bezovta tunlar, bu dil hayajoni va ikkilanish qayg'usi hamdir. Siz inson salomatligi va hayoti uchun hamma ishni qila oldingizmi, o'zingizni mas'uliyatli faoliyatingizda hamma vaqt qo'rqmas va beminnat mard kishi bo'lib qola olasizmi? Sizning o'z oldingizga qo'ygan maqsad sari harakatingizni hech narsa to'xtatmasligi kerak, chunki hayot yo'lingizni ongli ravishda tanlagansizki, bu yoldan yurishga hamma ham qodir emas...
Yosh hamkasblarim! Sizning hayotingizda amaliy vrachlik ta'limotini o'zlashtirishdek uzoq va qiyin jarayonni boshlash payti keldi. Siz klinikaga, bemor kishining murakkab va dramatik olamiga kirib kelayapsiz. Uni o'zlashtirishdagi yangi sahifani siz uchun klinika ochib beradi, siz uning ostonasini hayotingizda balki ilk bor bosib o'tmoqdasiz. Siz shu onni, ya'ni birinchi bor bemor bilan uchrashish orzusini ikki yildan buyon kutdingiz. Ushbu kun va daqiqani eslab qoling. Eng aziz va qutlug' xotiralar bilan bir qatorda shifokor bo'lib yetishishdagi mana shu bosqich boshlangan daqiqalarni ham yodingizda tuting! Bemor bilan birinchi uchrashuv shifokorlik kasbini tanlagan talabaga naqadar hayajonli on, agar shu daqiqada yuragingiz hapqirmasa, ya'ni taxikardiya bo'Imasa, unda sizlardan yaxshi shifokor chiqishi qiyin bo'ladi.
Xasta odamning ruhiyatini tushunish, uni har tomonlama tekshirish, kasalligini aniqlash, unga to'g'ri davo muolajalarini tavsiya qilish bo'lajak shifokordan tib ilmini chuqur o'rganishni, tabobat sirlarining kalitini qo'lga kiritishni, bilimdonlikni talab qiladi. Undan tashqari, bo'lajak do'xtir o'z shifokorlik burchiga, ya'ni tibbiyot deontologiyasiga, buyuk bobolarimiz Gippokrat, Ibn Sino o'gitlariga, O'zbekiston Respublikasi shifokori qasamiga sodiq bo'lishni, bemor va uning qarindosh-urug'lariga mehr-shafqatli,insonlarga xos xislatlarni, xususan, odamiylik, saxovatlilik, fidoyilik, rostgo'ylik, poklik, mardlik, xushyorlik, xushmuomalalik, farosatlilik, jonkuyarlikni o'zida mujassamlashtirishi kerak, tamagirlik, poraxo'rlik, bag'ritoshlik, loqaydlik, g'ayirlik, hasadgo'ylik kabi illatlardan butunlay xoli bo'lish esa sizning insoniy qiyofangizni belgilab beradi. Faqat yaxshi odamgina yaxshi shifokor bo'Ia oladi, degan edi polyak shifokori Beganski. Siz o'zingizda shifokor uchun zarur barcha odamiy sifatlar: qat'iylik va mulohazalilik, puxtalik va noziklik, qattiqqo'llik va marhamatlilik, vazminlik va hamdardlik, ulug'vorlik va oddiylikni tarbiyalash va mujassamlashtirish uchun klinikada yuksak ma'naviyat fanini o'tasiz. Sizning yuragingizdagi insonga nisbatan buyuk muhabbat hissi yo'Iini hech qachon befarqlik va loqaydlik to'smasin, o'zgalar qayg'usi va azobi hamma vaqt sizda hamdardlik va qiziqish uyg'otsin.
Ulug' bobomiz Abu Ali ibn Sino shifokorning ko'zi burgutniki kabi o'tkir, qo'llari qizning qo'llari kabi nozik, yuragi shernikidek dovyurak va aqlli ilon kabi donishmand bo'lishini ta'kidlagan. Shifokorning butun hayotini mashhur shifokor va yozuvchi Anton Pavlovich Chexov qahramonlikka tenglashtirgan. Uning tashqi va ichki ko'rinishi va dunyosi chiroyli bo'lishini va aqli donishmandlarnikidek bo'lishini istagan.
Endi ikki og'iz so'z talabalarning klinikadagi odobi haqida. Klinika - bu nafaqat davolash maskani bo'lib, bir vaqtning o'zida sizga muqaddas darsxona hamdir. Bu yerda bemorni davolash, bilim olish va ilmiy-izlanish ishlari birgalikda olib boriladi. Klinika -talabaning shifokorlik san'ati va mahoratini o'rganadigan muhim bosqich, insoniylik va ma'naviyat - vrachlikning ajralmas fazilatlarini tarbiyalash maktabidir.
Klinikadagi talaba - faqat tarbiyalanuvchi bo'lib qolmasdan, balki shifokorning yosh hamkasbidir, unga ham katta kasbdoshlaridan talab qilinadigan qonun-qoidalar to'la-to'kisligicha taalluqlidir.
Talaba klinikadagi ish vaqtini bemorni o'rganish, shifokorlik usullarini bilib olish, to'plangan bilim va mahoratini mehnatsevarlik, harakatchanlik, sabot, sinchkovlik,maqsad sari intilishni namoyon etgan holda chuqurlashlirish va mukammallashtirish uchun sarf qilishi zarur.
-Bemorlarning o'ta ta'sirchan va tez buziluvchan asab sistemasini ehtiyot qilgan holda, talaba klinikadagi davo-himoya tartibiga qat'I rioya qilishi zarur, talabaning bemorlar xonasida yoki klinikaning boshqa joylaridagi do'stlari, ustozlari yoki bemorlar bilan suhbati tinch, osoyishta ravishda bo'lishi kerak.
Talaba madaniyatli bo'lishi va bu xislatni boshqalarda ham tarbiyalashi lozim; xushmuomalalik, ehtiyotkorlik, andishalilik, soddadillik va kamtarinlik - faqatgina bezak bo'lib qolmasdan, balki, eng avvalo, bo'lajak vrachning zarur fazilatlaridir. Bemorlar xonasiga kirganda yoki tanish bemor bilan klinikada uchrashib qolganda, talaba ziyraklik, ochiqko'ngil va xushmuomalalik bilan salomlashib, uni salomatligidan xabardor bo'lishi kerak.
Bemorni o'rganishda talaba uning to'shagiga o'tirmasdan bu maqsadda stul yoki taburetkadan foydalanishi lozim;
Talaba shuni esda tutishi kerakki, u klinikada uchrashadigan bemor kishi o'zini professional malakasini oshiradigan ob'ekti emas, balki, avvalo undan yordam kutuvchi shaxs, o'rtoq va do'stdir har bir bemor talabaning o'z to'shagi yonida qilayotgan xatti-harakati zarur va foydali ekaniga to'la ishonishi lozim.
Bemorlar bilan muloqotda talaba deontologiya tamoyillariga to'la rioya qilishi zarur; bemorga istalgan daqiqada yordam berishga tayyor bo'lishi, mehribonlik va hamdardlik hislari, burchga sodiqlik tuyg'ulari talabaning klinikadagi harakatlarini boshqarishi lozim.
So'zning buyuk kuchi va yuksak ahamiyatini doimo esda tutish zarur. So'z - bu inson xastaliklarining buyuk tabibi - tajribasiz, no'noq qo'llarda xavfli yaroqqa aylanib qolishi mumkin. Kasallik bilan kurashda so'zni o'zining do'sti va ittifoqchisiga aylantirish talabaning qutlug' burchidir.
-Talaba klinikada o'zining tashqi ko'rinishiga doimo e'tibor berishi kerak; tatbiq qilingan kasbiy kiyim formasi (toza oq xalat, sochlarni berkitib turadigan qalpoqcha va charmli yengil oyoq kiyim) talabaning kasbiy qiyofasini belgilaydi. Orasta bolmagan, betahorat, ozoda kiyinmagan, soch-soqoli o'sgan, tirnoqlari uzun, pardoz vositalariga haddan tashqari berilish belgilari bo'lgan va chekuvchi talabalar bemorlar va klinika xizmatchilirida o'ziga nisbatan hurmat uyg'otmaydi.
Talaba rus yozuvchisi A.P.Chexovning ushbu ajoyib so'zlarini hech qachon yoddan chiqarmasligi lozim: «Insonda hamma narsa go'zal bo'lishi kerak: ham qiyofasi, ham kiyimi, ham qalbi, ham fikri».
So'zimni O'zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning hech qayerda nashr etilmagan misralari bilan tugallamoqchiman:
Shifokordek ulug' zot-ku, yo'qdir dunyoda,
Sizdeklar bor, uning qadri tag'in ziyoda.
Do'stlaringiz bilan baham: |