Slyudalar oilasi Kimyoviy xususiyatlariga qarab slyudalarni uch guruhga bo'lish mumkin: 1. Kaliy-natriyli: muskovit - KAI(OH),[AISI,O,]; paragonit - NaAl(OH),[AISI,O,]; 2. Magnezial-temirli: flogopit - KMg(OH,F),[AISI,O]: biotit - K(Mg,Fe),(OH,F),[AISI,O,]; lepidomelan - KFe(OH),[AISI,O,]; lepidolit - KLI, Al(OH,F),[AISI,O,]; sinvaldit-KLI, (Al,Fe), (OH,F),[AISI,O,0]. 3. Litiyli:Slyudalarning kristallanish singoniyasi monoklin, simmetriya ko'rinishi prizmatik - LPC. Slyudalar qavat-qavat plastinkasimon va tabletkasimon agregatlar hosil qiladi. Kristallari juda kam uchraydi. Ular tabletkasimon, qisqa prizmatik va dipiramidal qiyofaga ega (16-jadval). Slyudalarning rangi kimyoviy tarkibiga bog'liq. Kaliyli temirsiz slyudalar och rangli, temirlilari qoramtir yoki qora. Och tusli slyudalar ikki o'qli, qoramtirlari ko'pincha bir o'qli bo'ladi. Yaltiroqligi shishasimon, - ulanish tekisligi yuzalarida sadafdek tovlanadi. Ulanish tekisligi (001) bo'yicha o'ta mukammal. Slyudalarning qattiqligi, solishtirma og'irligi va optik xususiyatlari 17-jadvalda keltirilgan. Barcha slyudalar optik man- fiy. Optik o'qlari orasida burchak 0°dan (biotit) 50° gacha (muskovit). Slyudalar tarkibidagi temirning oshishi ularning sindirish ko'rsatkichini oshirib, optik o'qlari orasidagi burchakni kamaytiradi. Slyudalar juda yuqori elektr qarshiligiga va elektr izolyatsion xususiyatiga ega (ay- niqsa flogopit va muskovit). Rentgenogrammadagi asosiy chiziqlari: 10,03; 2,568; 1,498 (muskovit uchun); 4,41; 3,14; 1,492 (paragonit uchun); 3,36; 2,170; 2,006 (flogopit uchun); 10,00; 2,63; 1,541 (biotit uchun); 10,1; 3,36; 2,65 (lepidomelan uchun); 3,36; 2,58; 2,012 (le- pidolit uchun); 10,0; 3,34; 2,62 (sinvaldit uchun). Slyudalar ichida eng katta ahamiyatga ega bo'lganlari muskovit va flogopitdir. Bu mineral- lar osonlikcha yupqa qavatlarga ajralib, yuqori darajada mexanik va termik chidamlilikka ega. Ular elektr va radiotexnikada qo'llaniladigan muhim elektroizolyatsion material hisoblanadi.
Mineralning nomi Moskvaning qadimgi nomidan kelib chiqqan. Uning yirik bo'laklari qadimgi paytlarda «Moskva oynasi» nomi bi- lan Yevropa davlatlariga jo'natilar edi. Muskovitning kimyoviy tarkibi 18-jadvalda ko'rsatilgan. - Muskovit tarkibidagi alyuminiy temir yoki xrom bilan qisman o'rin almashishi mumkin. Ba'zan aralashma sifatida Mg va Mn bo'ladi. Muskovitning quyidagi xillari ma'lum: 1) fengit- muskovitda kremnezemning odatdagidan ko'p bo'lgan xili; 2) fuksit-tarkibida xrom bo'lgan och yashil xili; 3) ferrimuskovit-muskovitning tarkibida 13% gacha temir oksidi bo'lgan xili; 4) seritsit-mayda kristallangan slyuda; gidrotermal yo'l bilan dala shpatlarining parchalanishidan hosil bo'ladi; seritsitli slanet- slarning tarkibiy qismi; 5) jil bertit- tarkibi jihatidan sericitga yaqin, lekin yirik kristallangan och-yashil xili; normal muskovitga nisbatan bu min- eral yumshoqrok va egiluvchan; 6) roskoelit-vanadiyga boy muskovit; 7) shilkinit-radial-nursimon, ignasimon va tolasimon agregat holidagi muskovit. Muskovitning yupqa qavatlari (41-rasm) rangsiz, ko'pincha sarg'ish, kulrang va yashil ranglarda bo'ladi. Muskovitning rangi xro- mofor elementlar miqdoriga bog'liq bo'lib, ular ichida ko'proq temir, xrom va marganets bo'ladi.
Muskovitni aniqlashda diagnos- tik belgi bo'lib och tusi, sadafsimon yaltiroqligi, ulanish tekisligining o'ta mukammalligi va yupqa qavatlarga oson bo'linishi xizmat qiladi. Kislotalarda erimaydi. Dahandam alangasida yupqa qavatlari qiyinchilik bilan suyuqlanib, shaffof bo'lmagan oq emalga aylanadi. Muskovit intruziv jinslarda, granitli pegmatitlarda (42-rasm), gidrotermal tomirlarda va metamorfik kristallangan slanetslar- da uchraydi. Pegmatit va metamorfik jinslar bilan bog'liq bo'lgan muskovit ko'proq ahamiyatga ega. Granit pegmatitlardagi muskovit, kaliyli dala shpatlari hisobiga metasomatik yo'l bilan quyidagi reaktsiya asosida hosil bo'ladi: - Muskovitni aniqlashda diagnos- tik belgi bo'lib och tusi, sadafsimon yaltiroqligi, ulanish tekisligining o'ta mukammalligi va yupqa qavatlarga oson bo'linishi xizmat qiladi. Kislotalarda erimaydi. Dahandam alangasida yupqa qavatlari qiyinchilik bilan suyuqlanib, shaffof bo'lmagan oq emalga aylanadi. Muskovit intruziv jinslarda, granitli pegmatitlarda (42-rasm), gidrotermal tomirlarda va metamorfik kristallangan slanetslar- da uchraydi. Pegmatit va metamorfik jinslar bilan bog'liq bo'lgan muskovit ko'proq ahamiyatga ega. Granit pegmatitlardagi muskovit, kaliyli dala shpatlari hisobiga metasomatik yo'l bilan quyidagi reaktsiya asosida hosil bo'ladi:
3K[AISI,O,]+H,O= KAI(OH) [AISI,O,]+6SIO₂+ K₂O. - 3K[AISI,O,]+H,O= KAI(OH) [AISI,O,]+6SIO₂+ K₂O.
- Gidrotermal konlarda ko'pincha yondosh jinslardagi plagioklaz- lar hisobiga seritsit to'plamlari hosil bo'ladi. Bu jarayon seritsitlan- ish deb ataladi. Metamorfik jarayonlarda muskovit yuqori haroratda cho'kindi jinslar hisobiga hosil bo'ladi. Muskovitning yirik konlari peg- matitlarda Hindistonda (Bengal va Madras rayonlari), Amerikada (Shi- moliy Karolina, Merilend), Kana- dada, Xitoyda ma'lum. Mustaqil hamdo'stlik Davlatlaridan Sharqiy Sibirda, O'rta Uralda, Kola yarim orolida va Ukrainada ma'lum. Mus- kovit va seritsit O'zbekistonda eng ko'p uchraydigan minerallar qatori- ga kiradi va mukammal o'rganilgan. Yerning yuza qismida muskovit ancha mustahkam, lekin tseolit, gidro- slyuda va kaolinitga o'tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |