Nutqni tinglab tushunishni o’rgatishni 2 ta katta bosqichga bo’lish mumkin. - 1-bosqich. Tayyorlov bosqichi. O’qituvchi tinglab tushunish mavzusini tanlaydi va uni asosida nutqni, matnni tayyorlaydi. Tinglab tushunish uchun tayyorlangan nutqdagi, matndagi notanish tovushlar, so’zlar, grammatik materiallar o’rgatiladi. Tovushlar va sintagmalarni, gaplarni qabul qilish, taniy olish, farqlash, tushuna olish malaka ko’nikmalari shakllantiriladi, rivojlantiriladi. Tinglab tushunish mavzusi, nutq matni uchun zarur bo’lgan mexanizmlar o’rgatilib, asosiy bosqichga tayyorlanadi.
- 2-bosqich. Asosiy bosqich. Mavzu asosida tuzilgan mazmunli, davomli notanish monologik, diologik nutqni tinglab tushunish, talqin qilish, malaka ko’nikmalari shakllantiriladi, rivojlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |