Markaziy va Sharqiy Yevropada qadimdan slavyan qabilalari yashab kelganlar. Ular yashagan hududlar Boltiq dengizidan Qora dengizgacha bolgan ulkan maydonni egallagan. VII asrda slavyan xalqlari g’arbiy, janubiy va sharqiy slavyanlarga bo’linib ketganlar. Chexlar, polyaklar va slovaklar g’arbiy slavyanlarni; bolgarlar, serblar va xorvatlar janubiy slavyanlarni; ruslar, ukrainlar va beloruslar esa sharqiy slavyanlarni tashkil etganlar. Sharqiy slavyanlarda IX asrgacha davlat bo’lmagan. Bungacha ular urug’chilik tuzumida yashaganlar. Yer qishloq yoki urug’chilik jamoasining mulki bolgan. Qabila hayotiga tegishli masalalar Xalq vechesida ko`rib chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |