Ro’yxatdan o’tkazuvchi organdan kelgan ma’lumotga asosan soliq to’lovchining ma’lumotlar bazasidagi holati avtomatik ravishda "ixtiyoriy tugatish" holatidan "faoliyat ko’rsatayotgan va soliq majburiyatiga ega" holatiga o’tkaziladi va "ixtiyoriy tugatish" holatiga olingan davr uchun tijorat tashkilotiga nisbatan yer solig’i, mulk solig’i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, shuningdek, barcha turdagi soliqlar va yig’imlar bo’yicha penyalar avtomatik tarzda qayta hisob-kitob qilinadi.
Ro’yxatdan o’tkazuvchi organ davlat reestriga tijorat tashkiloti tugatilganligi to’g’risidagi yozuvlar kiritilgandan keyin uch ish kuni ichida soliq organini Tizim orqali xabardor qiladi.
To’qqiz oy mobaynida moliya-xo’jalik faoliyati bo’yicha bank hisobvaraqlariga pul mablaglari tushmagan va soliq hisobotlarini taqdim etmagan tijorat tashkiloti harakatsiz rejimda saqlanishiga uch yil to’lganda ro’yxatdan o’tkazuvchi organ tijorat tashkilotini davlat reestridan chiqarish to’g’risida qaror qabul qiladi va bu haqida davlat reestriga tegishli yozuv hamda Tizimga tegishli o’zgartirish kiritadi.
Ro’yxatdan o’tkazuvchi organ tomonidan kelgan ma’lumotga asosan soliq to’lovchining ma’lumotlar bazasidagi holati avtomatik ravishda "ixtiyoriy tugatish jarayonida" holatidan "ixtiyoriy tugatilgan" holatga va mavqei "tugatilgan"ga o’tkaziladi.
Ro’yxatdan o’tkazuvchi organ davlat reestriga tijorat tashkiloti tugatilganligi to’g’risidagi yozuvlar kiritilgandan keyin uch ish kuni ichida soliq organini Tizim orqali xabardor qiladi.
Qarzdor bankrot deb e’lon qilnnganligi to’grisidagi Iqtisodiy sudning qarori soliq organiga EDO dasturi orqali kirim qilingach, soliq organi rahbari (o’rinbosari)ning munosabat belgisi bilan Soliq qarzini undirishni tashkil qilish bo’limiga ijroga yuboriladi.
Iqtisodiy sudning qarori Soliq qarzini undirishni tashkil qilish bo’limi tomonidan ijroga olingach, bir ish kuni mobaynida bildirishnoma orqali Hisobni yuritish va byudjet daromadlarini prognozlashtirish bo’limiga taqdim etiladi.
Qarzdorni bankrot deb e’lon qilinganligi to’g’risidagi Iqtisodiy sudning qarori ro’yxatdan o’tkazuvchi organga ijroga kelib tushgandan so’ng qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uch ish kunida davlat reestridan chiqarish to’g’risida qaror qabul qiladi va bu haqida davlat reestriga tegishli yozuv kiritadi.
Ro’yxatdan o’tkazuvchi organ tomonidan davlat reestriga qarzdorni bankrotlik asosida tugatilganligi to’g’risida yozuvlar kiritilgandan keyin soliq organlari Tizim orqali xabardor qilinadi.
Ro’yxatdan o’tkazuvchi organ tomonidan kelgan ma’lumotga asosan qarzdor (soliq to’lovchi)ning ma’lumotlar bazasidagi holati avtomatik ravishda "bankrot deb e’lon qilingan" holatdan "bankrotlik asosida tugatilgan" holatga va mavqei "tugatilgan"ga o’tkaziladi.