Sizni kuylayman



Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/103
Sana04.09.2021
Hajmi1,46 Mb.
#164582
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   103
Bog'liq
iqbol mirzo sizni kuylayman

2006
YURT QO'SHIG'I
Bobomning  bayti  bor yaproqlaringda,


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Momomning  tafti  bor chorbog'laringda. 
Onamni eslatar rayhoning,  yurtim, 
Dadamning  hidi  bor tuproqlaringda.
So'lim  Xonoboddan  Kiyiksoygacha 
Qutlug'  ostonadan  suyuk oygacha 
Chiroqlar yulduzdek  porlar har kecha, 
Mudom  o't gurlasin  o'choqlaringda!
Tog'laring  bag'rida  limmo-lim  tilsim, 
Ming  yilkim  mo'ysafid  SHohimardon jim. 
Sangardak qo'shig'in  sharhlay olar kim? 
Tillo qumlar o'ynar buloqlaringda!
Mavlono  Lutfiylar ulfatdir menga,
She'r lutfi  eng  totli  suhbatdir menga 
Ulug'lar ismi  ham  quvvatdir menga, 
Tug'yonim  -  o'ynoqi toychoqlaringda.
Bir kuychi  o'g'lingman,bayotim  o'zing, 
Tilimning  ostida  novvotim  o'zing, 
Bag'rim, jonim  o'zing,  hayotim  o'zing, 
Dil  torim  qalampirmunchoqlaringda.
Qizg'aldoqzoringda  ko'milib yotdim, 
Billur shabnamlarda  cho'milib yotdim, 
Dunyoni  unutdim,  o'zni  yo'qotdim,
Men  ham  vatan  bo'ldim  quchoqlaringda!
2006
SHOIR
Lo'ttivoz jo'ralar,  satang  xonimlar, 
Tashakkur!  Hayotning  fahmiga  etdim! 
Dalamni sog'inib yuragim  yig'lar,
Men  sizdan  zerikdim.  Qishloqqa  ketdim!
Shoirlik  urf emas  hozir,  bilaman,
Ne qilay,  ko'ngilni qo'ymaydi  havas. 
Bugun  savdogarning  davri  gullagan:
Pesi  bo'lsa  hamki "Mers"i  bo'lsa  bas!
Ivigan  ipakdek chuvalar mezon,
Dimog'  o'rilgan  o't  hidini tuyar.
Dovon  o'ngirida jaydari  dehqon


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Oldimga  to'rlagan  qovunni  qo'yar.
Guvala  o'choqda  habashday qumg'on 
Tomog'ini yirib  qilar g'arg'ara.
Hijolat aralash  kamsuqum  mezbon 
Belbog'in  to'shaydi:  noni  qop-qora.
Adabiy gaplarni tushunmaydi  u, 
Faqatgina,  rahmat,  ota,  deyoldim. 
Dilimda  uyg'ondi tug'ishgan  tuyg'u: 
Olifta  she'rlarim  uchun  uyaldim.
Qishloqda  qo'shqo'llab  ko'rishar bari, 
Begona  hurmat bor nigohlarida. 
Toraygan  bo'tanasuv ariqlari,
Ajriqlar hurpaygan  qirg'oqlarida.
Uzoqqa  ketgandim  o'zimni  izlab, 
Behuda  ish  ekan,  angladim,  bildim.
Bir payt nazarimga  kirmagan  qizlar, 
Iqbolim  axtarib sizlarga  keldim.
Siz  menga  ishoning,  siz  meni  seving, 
O'ylagani qo'rqqan  o'y -  siringizman. 
Erka  bolasiman  shu  og'ir elning,
Men  sizlarning  oshiq  shoiringizman!
Bitta  qo'shig'ini  kuylar bedana, 
Qovoqdan jonsarak  izlaydi  qo'noq.
Men  sizni  kuylayman  yana  va  yana, 
Mayliga,  desinlar:  maddoh  va  no'noq.
Ko'sakqurtdek semiz,  tanbal,  yaltiroq 
Shunday toifa  bor -  bo'lganman  ulfat. 
Yeganda  o'z g'amin  eydilar ko'proq, 
Men  ichu  etim  eb,  chekkanman  kulfat.
Mayli,  omon  bo'lsin  yomon  bo'lsa  ham, 
Shular bor, zerikib qolmaysan  sira. 
Faqat basharasin  eslaganing  dam 
Ko'ngil  g'ash tortadi,  dil  bo'lar xira.
Siz zahmat farzandi,  mehnat asiri, 
Ukangiz,  akangiz,  do'stingizman  men. 
Kattamning  ketmonda  bitgan  asari, 
Sizning  aytolmagan  so'zingizman  men.
Bugun  qoshingizda  dardim  dasturxon, 
Yuragim  qovundek so'yaman  hozir.


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Ming  hijolat chekib,  g'o'ra  va  nordon 
She'rimni  non  kabi  qo'yaman  hozir.
Ijozat,  bo'z tuproq  kechayin  men  ham, 
Bo'yinbog'im  otib  kelganman  atay.
Sopol  kosada  choy  ichayin  men  ham, 
Kitobimni yoqib qumg'on  qaynatay.
O'zing  baho  bergil,  yaratguvchi  el!
Sening  farmoning  haq,  sening  amring  haq. 
Ovozsiz,  qog'ozsiz dardlashaylik,  kel,
Men  sening  shoiring, jabrdiyda  xalq!
2006

Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish