Sizni kuylayman



Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/103
Sana04.09.2021
Hajmi1,46 Mb.
#164582
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   103
Bog'liq
iqbol mirzo sizni kuylayman

IZIMDAN  SUDRALIB
Izimdan  sudralib  kelaverar yo'l,
Ro'paramda  o'zin  yerga  tashlar xor.
Hamma  mendan  seni  so'raydi  nuqul,
Hamma  narsa  seni  kutar intizor.
Manglayi tirishar zinapoyaning,
Panjara  kuylaydi  misoli  chiltor.
Terlab  ketganini  ko'rsang  oynaning...
Hamma  narsa  seni  kutar intizor.
Meni  yolg'iz ko'rib,  ingraydi  eshik,
Seskanib tushadi suvrat va  devor.
Muzxona  silkinib yig'laydi  -  eshit,
Hamma  narsa  seni  kutar intizor.
O'ziga tig'  urib qo'ymasa  soat,
Chiroq  esa  - tamom,  qimir etmas dor. 
Xontaxta  sen  uchun  qilmoqda toat,
Hamma  narsa  seni  kutar intizor.
Yolg'iz  men  beparvo,  sen  menga  -  hech  kim, 
Menda  na  iztirob,  na  dard,  na  ozor.
Faqat boshqalarga  keladi  rahmim,
Hamma  narsa  seni  kutar intizor.
1997


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
SHUBHA
Men  bir o'yinchoqman  uning  dastida, 
Xohlasa  -  xas etar,  xohlasa  - tuproq.
Bu  qudrat -  bor bilan  yo'q  orasida 
Mittigina  shubha,  mitti  ishtiboh.
Axtarib qolaman  umrimdan  ma'ni, 
So'zlaganim  gunoh,  sukutim  gunoh. 
Pokiza  bolaydim,  aynitgan  meni 
Mittigina  shubha,  mitti  ishtiboh.
Bemalol  dunyoni  aldashim  mumkin, 
Ishongani  bog'  bor,  suyangani  -  tog'. 
Menga  dalda  berib turadi tun-kun 
Mittigina  shubha,  mitti  ishtiboh.
Do'stu  yor haqida  ikkilanmayman, 
Shubha  yakson  bo'lar isbot kelgan  chog'. 
Faqat uning  yuzin  bir ko'rsam,  deyman, 
Mittigina  shubha,  mitti  ishtiboh.
Shu  zarra  g'ubordan  bo'lsaydim  xoli, 
Qalbimdan  o'chsaydi  shu  arzimas dog', 
Men  yashab  ketardim  hamma  qatori... 
Mittigina  shubha,  mitti  ishtiboh...
1997
SHAVKAT RAH MON
Uchib-qo'nib,  uchib-qo'nib shom-saharlar 
Nafis san'at sahnasida  poyga  ketdi. 
Shavkat Rahmon  qayga  ketdi,  birodarlar, 
Kapalaklar uchmaydigan joyga  ketdi.
Kim  quyoshga  soldi  yerdan topib gavhar, 
Kim  ko'ngliga  shu'la  istab oyga  ketdi. 
Shavkat Rahmon  qayga  ketdi,  birodarlar, 
CHiroq  yonib  o'chmaydigan joyga  ketdi.
Chorbozorda  so'z axtarar xaridorlar,
Birov  katta  ketsa,  birov  mayda  ketdi. 
Shavkat Rahmon  qayga  ketdi,  birodarlar, 
Yolg'on  qasam  ichmaydigan joyga  ketdi.
Ayollarning  bandi  bo'ldi  qaysi  mardlar, 
Qay darveshlar chog'ir ila  mayga  ketdi.


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Shavkat Rahmon  qayga  ketdi,  birodarlar, 
Tuhmat toshi tushmaydigan joyga  ketdi.
Nag'malarni  bas qilinglar,  endi  etar, 
Qo'llaringiz  bekor dutor-nayga  ketdi. 
Shavkat Rahmon  qayga  ketdi,  birodarlar, 
Osoyishta  uxlaydigan joyga  ketdi.
1997
XAZON REZGI
Xazonrezgi  mahal  bag'rimga 
Olib  kelding  yashnoq  bahorni. 
Shivirlading  quloqlarimga:
- Ayting,  sizga  keragim  bormi?
Olislarda  o'smirlik yoshim, 
Boshginangdan  sochsam  izhorni 
Sabring toshdi, toqating toshdi:
- Ayting,  sizga  keragim  bormi?
Yolg'izginam,  nimasin  aytay, 
Seni  kutib charchadim,  hordim. 
Sen  yig'lading,  siltading  qayta:
- Ayting,  sizga  keragim  bormi?
Tomog'imga  kelmadi  bu  so'z,
Bir qaysar ruh dimog'im  yordi. 
Ostonadan  boqding  umidsiz:
- Ayting,  sizga  keragim  bormi?
Qayg'u  qoldi  ko'zingdek  mayin, 
Ko'rdim  sochdek to'zg'in  iforni. 
Shivirladim  mahzun jilmayib,
- Ayting,  sizga  keragim  bormi?
1997

Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish