Sizni kuylayman



Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/103
Sana04.09.2021
Hajmi1,46 Mb.
#164582
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   103
Bog'liq
iqbol mirzo sizni kuylayman

BILGIM  KELAR
Bag'rida  qo'ng'iroqlar ko'milib  ketgan  sahro, 
Necha jayronlar ag'nab,  cho'milib  ketgan  sahro, 
Etiklarning  qo'njidan to'kilib  ketgan  sahro,
Sahro,  mening  alamim  kimniki,  bilgim  kelar.
Shovullab turgan  daryo,  dovullar urgan  daryo, 
Sohillar buzgan  daryo,  orollar qurgan  daryo, 
Azaldan  abadgacha  qondek yugurgan  daryo, 
Daryo,  mening  alamim  kimniki,  bilgim  kelar.
Cheksizdan  cheksizgacha  cho'zilib  ketgan  samo, 
Yulduzlarni  kaftida tangadek otgan  samo, 
Ko'ksiga  quyosh  botgan,  oyni  uyg'otgan  samo, 
Samo,  mening  alamim  kimniki,  bilgim  kelar.
Ey  bilib turgan  dunyo,  ey  kulib turgan  dunyo, 
Shamollardan  qamishdek bukilib turgan  dunyo, 
Ko'nglida  yuki  borga  yukinib turgan  dunyo, 
Dunyo,  mening  alamim  kimniki,  bilgim  kelar.
Begonaga  gina  yo'q,  gina  qilmasman  aslo,
Sen  yor topding  munosib,  mening  yorimdir xudo. 
Seni  eslagim  kelmas,  qiynalgim  kelmas,  ammo, 
Ammo,  mening  alamim  kimniki,  bilgim  kelar.
1994
KO'RDIM
Vohada  gullagan  bog'  ko'rdim, 
Bog'  ichra  gulsiz  bir shox  ko'rdim. 
Yurakka  qaradim  -  dog'  ko'rdim, 
Sochingda  bir tola  oq  ko'rdim.
Og'ridi  ko'nglimning  eng  tubi, 
Unutib  edimmi  mahbubam?
Bu,  balki,  bitmagan  maktubim, 
Sochingda  bir tola  oq  ko'rdim.


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo
Oshiqib o'tdim  men,  dil  shoshdi, 
Meni  kapalaklar aldashdi. 
O'zimdan  ketdimu  adashdim, 
Sochingda  bir tola  oq  ko'rdim.
Bir umr intilib  nurga  men, 
Birtolim  nurtopdim  zo'rg'a  men. 
Bu  mening  aybimmas,  to'g'rimi?.. 
Bu  mening  aybimmas,  to'g'rimi?..
Sochingda  bir tola  oq  ko'rdim...
1994
BARMOQLARING
Barmoqlaring  biram  nozik, 
Labing,  ey  bokiram,  nozik. 
Yurakda  bor yaram  nozik - 
Bu  ham  inoyatdir manga.
Olov  ko'rdim  andalibni,
Sani  gul  deb aldanibdi.
«Ayt,  yoqmasin  bul  g'aribni...»  - 
Sandin  shikoyatdir manga.
Bahrasizman  bo'ylaringdan, 
Xabarsizman  o'ylaringdan. 
Ketolmasman  ko'ylaringdan  - 
Bu  yo'l  hidoyatdir manga.
Sitamlaring  agar ozdir.
Kerak -  bog'la,  kerak -  ostir! 
Jabru jafolaring  rostdir,
Vasling  rivoyatdir manga.
Umidim  bor,  diling  topsam,
Bir qaro  kun  qo'ling  o'psam, 
O'pib so'ngra  o'lim  topsam, 
Ushbu  kifoyatdir manga!
1994


Sizni  kuylayman  (she'rlar to'plami).  Iqbol  Mirzo

Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish