OSHIQ BOLA
Oltin qasr, tosh qasr,
O'tdi yil, o'tdi asr.
Yuragimni qon qilding,
Ezilib ketdi bag'ir.
Malika, jon, malika,
Qahring yomon, malika.
Lablarimga tut og'u,
Qolay omon, malika.
Tirnoqlaring tillodan,
Barmoqlaring halvodan.
man tamshanib o'tarman
Achchig'i tez dunyodan.
Meni ozod qo'y yoki
Tironog'ingda so'y yoki.
Ko'zlarim ummoniga
Sochlaringni qo'y yoki.
Malika, jon, malika...
Mehring yomon, malika.
Lablarimga lab bergil,
Qolay omon, malika.
Tosh qasrning toshlarin
Eritmadi yoshlarim.
Ko'ngling yumshagan bo'lsa,
Ro'molchangni tashlagin...
Rizvonlarga ketaylik,
Osmonlarga ketaylik.
Osmonlarga sig'masak,
Qo'qonlarga ketaylik!
1992
TELBA XAYOL
Hilol beshik kabi chayqaldi asta,
Gulchin darbozaga suyandim xasta.
Bugun yig'lamasam, erta kulmasman,
Ruhimni hilolga belagim keldi,
Oyog'ingni quchib yig'lagim keldi.
Sarpoychan daraxtlar dardim bilmadi,
Sizni kuylayman (she'rlar to'plami). Iqbol Mirzo
Muzlagan kurtaklar bag'rim tiladi,
Ko'ngil bir gullagan fasl tiladi,
Ko'ngilni quyoshga bog'lagim keldi,
Oyog'ingni quchib yig'lagim keldi.
O'rgimchak to'rini daryoga soldim,
Tillo baliq tutib, ziyoga soldim,
O'zimning jonimni baloga soldim.
Shu shirin jonimni saqlagim keldi,
Oyog'ingni quchib yig'lagim keldi.
Devorlar oqlandi ko'zim o'ngida,
Chinorlar oqlandi ko'zim o'ngida,
Mozorlar oqlandi ko'zim o'ngida,
Bir lahza o'zimni oqlagim keldi,
Oyog'ingni quchib yig'lagim keldi.
Barmoqlaring nozik... sochim silama!
O', bu tentagona orzu, bilaman.
Men hozir bolaman, o'ksik bolaman,
Ko'z yoshday musaffo yillarim keldi,
Oyog'ingni quchib...
Oyog'ingni quchib...
Oyog'ingni quchib yig'lagim keldi.
1989
SEVGILIM
Sevgilim,
dilsizlar dillarimizni
Toshbo'ron qilsalar, vayron qilsalar,
Tikanlar qoplasa yo'llarimizni,
Sen achchiq yig'lasang,
Ular kulsalar,
Sevgilim,
sevgini sevmagan zotlar
Qaro aylasalar oq asotirni,
(Darg'azab pishqirsa quturgan otlar)
Go'rdan chiqarsalar
Qorabotirni,
Sevgilim,
men jangga kiraman, jangga,
Qarog'ingdan tiyra jola uchun ham,
Osmonni bo'yayman qirmizi rangga
Chap ko'ksingda majruh lola uchun ham!
Sizni kuylayman (she'rlar to'plami). Iqbol Mirzo
Sevgilim,
Bu so'qish og'ir bo'ladi,
Qonlarim oqadi, qonlari oqar,
Ana, yaralangan oy ham quladi,
Qon sachragan quyosh qizarib boqar...
Sevgilim,
yov qochar sichqon iniga,
Muzaffar botiring tin olar horg'in.
Qilich joylanadi qayta qiniga,
U asta cho'zilar...
Bor endi borgin!..
Sevgilim,
omondir hiylagar kampir,
U meni aldaydi, avrab-aldaydi,
Qo'lu oyog'imga soladi zanjir,
- Qorabotir, mana yoving, ol! - deydi.
Sevgilim,
alvido...
Etib kelmading,
So'nggi ilinj bilan qotdi ko'z nurim.
Muhabbat qudrati - qaldiroqqa teng,
Afsus, qaldiroqdek qisqadir umr-im-m...
Sevgilim,
lutf etmak shuncha mushkulmi?
Qo'l cho'zmoq shunchalar keldimi malol?
Axir, bu yolg'on-ku, axir, tushungin,
Axir, bu - ertak-ku, axir, bu - xayol...
1990
Do'stlaringiz bilan baham: |