Siyosiy partiyalarni turkumlash



Download 20,68 Kb.
Sana27.06.2017
Hajmi20,68 Kb.
#16971

Aim.uz

Siyosiy partiyalarni turkumlash
Siyosiy partiyalarni turkumlashning ko'plab asoslari mavjud. Quyida ularning ayrimlarini ko'rib chiqamiz:

Dasturining ijtimoiy yo'nalishi va faoliyat yo'nalishiga ko'ra siyosiy partiyalar

• sotsial — demokratik;

• liberal-demokratik;

• kommunistik;

• milliy;

• irqiy;

• diniy;


• davlat - vatanparvarlik;

• xalq partiyalariga ajratiladi.

Faoliyatining g'oyaviy asoslariga ko'ra siyosiy partiyalar quyidagicha bo'linadi:

• doktrinal (o'z mafkurasini himoya qiluvchi);

• pragmatik (maqsadga muvofiqlikdan kelib chiquvchi);

• xarizmatik (muayyan siyosiy yetakchi atrofida birlashuvchi).

Dasturni amalga oshirish uslublariga ko'ra:

• inqilobiy (jamiyatni tubdan qayta isloh qilishga intiluvchi);

• islohotchi (ijtimoiy hayotni keskin tarkibiy o'zgarishlarsiz o'zgartirish tarafdori).

Siyosiy faoliyat tabiatiga ko'ra siyosiy partiyalar:

• reaksion;

• konservativ;

• radikal;

• ekstremistik;

• mo'tadil bo'lishi mumkin.

Hokimiyatda ishtirokiga ko'ra siyosiy partiyalar:

• hukmron;

•muxolif (oshkora, yashirin) larga bo'linadi.

Siyosat maydonida joylashishiga ko'ra:

• markaz partiyalari;

• o'ng partiyalar;

• so'l partiyalar mavjud.

Tashkiliy tuzilishiga ko'ra siyosiy partiyalar:

• parlament partiyalari (birlamchi tashkilotlari sifatida huduhiy qo'mitalar kiradi);

• leyboristik partiyalar (parlament partiyalarining bir ko'rinishi bo'lib, kollektiv a'zolik, shu jumladan, mehnat jamoalarining partiyaga kollektiv a'zoligiga ruxsat etadi);

• avangard partiyalar (demokratik sentralizm va a'zolarning hududiy — ishlab chiqarish asosida birlashtirish tamoyiliga asoslanadi).

Parlament partiyalari o'z navbatida parlamentdagi ta'siri nuqtai nazaridan:

• majoritar, ya'ni eng ko'p mandat oluvchi va hukumat tuzuvchi partiyalar;

• ustun partiyalar, ya'ni nisbatan ko'p mandat egalari;

• minoritar partiyalarga bo'linadi (kam mandatli). A'zolik tabiatiga ko'ra partiyalar:

• kadrlar partiyalari (kam sonligi, a'zolikning erkinligi, tashkiliy bo'shligi);

• ommaviy (ko'proq a'zolarga ega bo'lishga intiluvchi, qattiqqo'l intizomga asoslanuvi) bo'linadi.

XX asrning 60 – yillarida ko'pgina mamlakatlarda sinflar yoki hatto mafkuralararo dasturlar ishlab chiqib, to'liq elektoratga qaratilgan "saylovchilar" partiyalari shakllandi. Hozirgi kunda ko'p ommaviy partiyalar o'z dasturlarini "saylovchilar" partiyalariga moslab o'zgartirayaptilar. "Saylovchilar" partiyalarining bosh g'oyasi — turli ijtimoiy kuchlarni birlashtirishga imkon beruvchi maqsadlarni ilgari surishdan iborat.

"Milliy partiyalar" tushunchasi. Milliy partiya hududiy chegaralarda emas, butun davlat miqiyosida amal qiluvchi partiya bo'lib, u parlamentga saylovlar mobaynida (ba'zan prezidentlikka to'g'ridan — to'g'ri saylovlar mobaynida) doimiy ravishda muayyan foiz ovoz oladi (odatda 2 - 3% dan kam bo'lmagan), o'z nizomi, dasturiga ega, ro'yxatdan o'tgan, muayyan miqdorda a'zolarga ega (masalan, Meksikada 1947-yil qonuniga ko'ra shtatlarning yarmidan 65 mingdan kam bo'lmagan a'zolar soni). Milliy deb e'tirof etilgan partiyalar (odatda bu — markaziy saylov qo'mitasi tomonidan qilinadi) saylovlarda bir qator ustunlikka ega bo'ladi. Masalan, ular uchun ushbu partiya nomzodlarini quvvatlovchi imzolar yig'ish shart emas. Milliy partiyalar konsepsiyasi saylov tizimini bir muncha soddalashtirish, ortiqcha harakat va sarflardan qochish, vaqtni tejash imkonini beradi. Ba'zi mamlakatlarda partiyalarni milliy deb tan olinishi ikki bosqichga ega. Birinchi bosqichda partiya umummilliy saylovlarda belgilangan miqdorda ovoz olishi kerak. (masalan, Meksikada 1,5 %). Shunda u milliy partiya sifatida shartli ravishda ro'yxatdan o'tadi. Keyingi umummilliy saylovlarda qatnashib, shu partiya yana belgilangan ovozlar miqdorini olsa, u umummilliy, deb e'tirof etiladi.




Aim.uz


Download 20,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish