6.2. Qoraqalpogiston Respublikasida fan va madaniyat
reja
1. Ma`naviy turmush
2. Ta`lim
3. Fan
4. Adabiyot va san`at
adabiyotlar
1. O’zbekiston yangi tarixi. 3-kitob. Mustaqil O’zbekiston tarixi. Toshkent,
2000.
2. Qaraqalpakstan jan’a tariyxi. Nokis, 2003
3. Aytmuratov J. Garezsizlik dauirinde Karakalpakstan madeniyatinin
rauajlaniui. Nokis, 1999.
Ma`naviy qadriyatlarni qayta tiklashda Qoraqalpog’iston Respublikasi
bayramlarini tashkil etish muxim rol` o’ynadi: 21-mart Navro’z, 1 yanvar - Yangi yil,
8-mart - Xotin-qizlar kuni, 9-aprel - Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasi
kuni, 9-may - Xotira kuni, 1-sentyabr - Mustakqil kuni, 1-oktyabr - Ustozlar kuni, 8-
dekabr - O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni, Ro’za xaiti, Kurban xaiti.
Mustakillik yillarida Nukus shaxrining 60 va 70 yilligi, Turtkul shaxrining 120
yilligi, Ajiniyoz Kosiboy o’g’li va Berdax Kargabay o’g’lining 170 yilligi, Nukus
8
pedagogik institutining 60 va 70 yilligi, Qoraqalpoq universitetining 25 yilligi,
Allayor Dustnazarovning 100 yilligi, Ernazar Alakozning 200 yilligi, I.Yusupov va
T.Kaipbergenovlarning 70 yilligi keng nishonlandi. Nukus pedagogik institutiga
Ajiniyoz shoir nomi, Qoraqalpoq universitetiga Berdax nomi berildi. Berdax va
Ajiniyoz, Ulug’bek xaykallari o’rnatildi, Berdax muzeyi, Amet va Aimxon
Shamuratovlar muzeyi tashkil etildi.
1994 yili Qoraqalpog’istonda Ma`naviy madaniyat va ma`rifat markazi tashkil
etildi. Markaz raisi - Ibroxim Yusupov, xozir Ulmambet Xujanazarov. Shuningdek
“Oltin meros”, “Amir Temur”, “Nuraniy”, “Navruz” fondlari tashkil etildi.
Qoraqalpog’iston Respublikasining fidoyi farzandlari Allaniyoz Uteniyozov,
Agitoy Adilov, Onesya Saitova, Tulepbergen Kaipbergenov, Ibroxim Yusupovlar
“O’zbekiston Kaxramoni” unvonini oldilar.
1993 yili respublika Ministrlar Kengashi qoraqalpoq tilida yangi latin
yozuviga utish xakida qaror qabulladi. Bilim nashriyotidan 1996-1997 yillarning
o’zida 65 otamada darsliklar latin yozuvi asosida chop etildi. 1993 yili Nukusda turk-
qoraqalpoq litseyi tashkil etildi. 1996 yili respublikada 743 ta umumta`lim maktabi
faoliyat ko’rsatdi. Xozir Qoraqalpog’istonda 6 gimnaziya, 13 litsey, 19 kolledj, 18
maktab-litsey, 6 bank-klass va biznes -maktablar faoliyat ko’rsatmoqda.
Respublikadagi 22 o’rta maxsus o’kuv yurtlarining kunduzgi bo’limlarida 11,8 ming
o’kuvchi ta`lim olmoqda.
1990 yili Qoraqalpoq universiteti uchta fakul`teti va ikkita bo’limi asosida
Nukus davlat pedagogik instituti kayta tashkil etildi. 1991 yili universitetning tibbiyot
fakul`teti asosida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali tashkil etildi.
Unda talabalar soni 2001-yili 1000 ga etdi. 1995 yili yanada universitetning qishloq
xujaligi va iktisodiyot fakul`tetlari asosida Toshkent agrar universiteti Nukus filiali,
Toshkent arxitektura-qurilish instituti Nukus filiallari tashkil etildi. 2005 yili
Toshkent informatsion texnologiyalar universiteti Nukus filiali tashkil etildi. Beshta
oliy o’kuv yurtlarida 9 ming nafar talaba o’qimoqda.
1991 yili O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog’iston
filiali bo’lim statusiga ega bo’ldi. Bo’lim tarkibida Tariyx, arxeologiya va etnografiya
9
instituti, Bioekologiya, Orol bo’yi ijtimoiy-iktisodiy muammolar instituti tashkil
etilib, mustakillikdan avval uchta institut bo’lsa, endi 6 ta institut tashkil etildi.
Bo’limni akademik S.Kamalovdan keyin akademiklar Ch.Abdirov, T.Eshanovlar
boshqardilar. Xozirgi vaktda bo’lim raisi bo’lib professor Nagmet Aimbetov
ishlaydi.
Shuningdek, O’zbekiston qishloq xo’jaligi ilmiy markazi Qoraqalpog’iston
bo’limi tashkil etilib, tarkibiga Shamurat Musaev nomidagi Chimboy dexqonchilik
instituti, “Sholi” uyushmasi, Oltinko’l stantsiyasi, molchilik, bog’chilik, uzumchilik
muassalari kirdi. Kishlok xujaligi va iqtisodiyot soxalari bo’yicha J.Mambetullaev va
B.Mambetnazarov kabi akademiklarimiz mavjud.
Bugungi kuni Qoraqalpog’istonda 65 fan doktori, 600 dan ortiq fan nomzodi
faoliyat ko’rsatmoqda, shu jumladan 60 foiz fan doktori va 40 foiz fan nomzodlari
mustaqillik davrida ilmiy unvonga ega bo’ldi. Ilgari O’zbekiston Fanlar akademiyasi
xakikiy a`zoligiga saylangan S.Kamalov (1979), Ch.Abdirovlar (1989) qatoriga
1994-2000 yillari J.Bazarbaev, A.Baxiev, T.Eshanov, A.Dauletov, X.Xamidov ham
qabul qilindilar. 1997 yili esa ikki nafar rassom J.Izentaev va J.Kuttimuratov
O’zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasining akademikligiga saylandi.
Tilshunos
olimlar
M.Kalenderov,
R.Esemuratova,
A.Turabaev,
K.Dauletbaevlar, faylasuf Polat Seitov O’zbekiston Respublikasi Beruni nomidagi
davlat mukofatini oldilar. Qoraqalpog’iston Respublikasi Berdax nomidagi davlat
mukofatini A.Baxiev, R.Reimov, L.Konstantinova, J.Bazarbaev, K.Dauletova,
M.Ametov,
J.Sapar-niyazov,
T.Eshanov,
M.Ajibekov,
S.Kamalov,
K.Allambergenovlar oldilar. Ginekolog Oral Ataniyazova xalqaro “Goldman”
nomidagi ekologik mukofat egasi bo’ldi.
Qoraqalpoq davlat universiteti yonida qoraqalpoq tili va adabiyoti bo’yicha
doktorlik va nomzodlik, UzFA Qoraqalpog’iston bo’limi tarix, arxeologiya va
enografiya instituti yonida tarix bo’yicha nomzodlik dissertatsiyalarni ximoya
qiluvchi ixtisoslashgan kengashlar tashkil etilib fan doklari va nomzodlari o’zimizda
ximoya qiladigan bo’ldi. Tarix fanidan xozirgacha 51 fan nomzodi ximoya qildilar.
10
Respublika olimlari mustaqillik yillarida chet el mutaxassislari bilan hamkorlikda
ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Bioekologiya instituti olimlari Germaniya olimlari
bilan birgalikda 1993 yildan beri Orolbuyi ekologiyasi muammolari bo’yicha
tadqiqotlar olib borishmoqda. 1995 yili Muynokda Germaniya yordamida
bioekologiya institutining xalqaro ekologiya stantsiyasi ochildi. Tarix, arxeologiya
va etnografiya instituti olimlari Avstraliyaning Sidney universiteti olimlari va
frantsuz arxeologlari bilan birgalikda ekspeditsiyalar tashkil etmokda.
Tarixchilarimiz Qoraqalpog’iston hududida turizmni targ’ibot qilish maqsadida
“Oltin marshrut”-ni ishlab chiqib, unga Mizdaxkon, Ellikal`a yodgorliklarini
kirgizdilar. 1997 yili sentyabrda Nukusda “Qirk-qiz” dostoni va turkiy fol`klorni
tadqiq etish muammolariga bag’ishlangan xalqaro ilmiy anjuman bo’lib o’tdi
Mustakil O’zbekiston va Qoraqalpog’iston dolzarb masalalari respublika shoir
va yozuvchilari ijodida katta o’rin egallaydi. O’zbekiston kaxramonlari, O’zbekiston
va Qoraqalpog’iston xalq shoiri Ibroxim Yusupov, O’zbekiston va Qoraqalpog’iston
xalq yozuvchisi Tulepbergan Kaipbergenovlar katoriga Tolibay Kabulov, Xalmurat
Saparov, Gulaysha Esemuratova, Kengesbay Raxmonov, Uzakbay Abduraxmanov,
Murotbay Nizonov, Kengesbay Reimov, Saginbay Ibroximov, Kengesbay Karimov,
Xalila Dauletnazarov, Jiyanbay Izbaskanov, Baktiyar Genjemuratov, Sharapatdin
Ayapov, Gulistan Matyakupova, Nabiyra Toreshova, Munayxan Jumanazarova,
Gulnara Nurlepesova, Abdimurat Atajanov, Xurliman Utemuratova, Sharigul
Payzullaeva, Saylaubay Jumagulov, Bazarbay Kazakbaev va boshqalar kelib
qo’shildi.
1993 yili yanvarda Toshkentda Qoraqalpog’iston madaniyati kunlari, noyabrda
esa Qoraqalpog’istonda Toshkent madaniyati kunlari o’tkazildi. 1993 yili Toshkent
konservatoriyasida milliy “Ajiniyoz” operasi ijro etildi. 1996 yili qoraqalpoq
xoreografiyasi tarixida birinchi marta “Oyjamol” nomli balet saxnalashtirildi.
Kompozitorlardan
N.Muhammaddinov,
K.Zaretdinov,
G.Amaniyazov,
Sh.Paxratdinov, T.Esirkepov va boshqalar mustaqillik yillari yaxshi faoliyat
ko’rsatmoqda. Muyassar Razzakova, Kegesbay Serjanov, Mirzagul Sapaeva,
Gulxatiysha Aimbetova, Roza Kutekeeva, Makset Xujaniyozov, Makset Utemuratov,
11
Gulnara Utepova, Eleonora Kutlipulatova, Anifa Artikova, Gulnara Allambergenova
va boshqa qo’shiqchilarimiz butun O’zbekiston va Markaziy Osiyoga taniqli bo’ldi.
Jumabay jirov Bazarov, Baxtiyar jirov Esemuratov, bakshilar Turganbay Kurbanov,
Ziyada Sharipova, Zulfiya Arzimbetova, Jarilkagan Eshanov, Tenel Kalliev va
boshkalar Germaniya, Frantsiya va boshqa davlatlarda qoraqalpoq dastanlari va
she`rlarini ijro etib, butun dunyoga belgili bo’ldi. Qoraqalpoq universiteti
“Xurliman” ansambli 2000 yili Toshkentda “O’zbekiston - Vatanim manim”
konkusida 1-urinni egalladi.
Mustakillik yillari Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq milliy san`at muzeyi va
Qoraqalpoq ulkashunoslik muzeyi, Berdax muzeyi milliy uzligimizni targibot
kilishda katta faoliyat ko’rsatmoqda.
2002
yili
may
oyidan
boshlab
milliy
televideniede
“Assalam
Qoraqalpog’iston” tongi ko’rsatuvi tashkil etildi. Shuningdek, “Maurit”, “Tariyx va
takdir”, “Bayterek”, “Shanarak”, Yoshlar kanali” ko’rsatuvlari tashkil etildi.
Prezidentimiz Erkin Kutibaev, Alisher Auezbaev, Baxtiyar Nurullaev, Muratbay
Baltaniyazov, F.Orazimbetov va boshqalarning sport soxasidagi mardliklarini tan
oldi.
Mustaqillikning o’tgan davri - tarix uchun bir lavzadir. Lekin shu muddatda
Qoraqalpog’istonda amalga oshirilgan ishlar salmog’i va hajmi bilan bir necha o’n
yilliklarga teng keladi. Tarixan qisqa davrda mamlakatimiz xayotida ham, odamlar
turmushida ham keskin burilish yasaldi. Tafakkurimiz tobora kengaydi. O’zligimizni
anglay boshladik.
Do'stlaringiz bilan baham: |