Siyosiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishi


 Qoraqalpogiston Respublikasida fan va madaniyat



Download 207,6 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana02.06.2022
Hajmi207,6 Kb.
#630936
1   2
Bog'liq
6-tema

 
6.2. Qoraqalpogiston Respublikasida fan va madaniyat
reja 
1. Ma`naviy turmush 
2. Ta`lim 
3. Fan 
4. Adabiyot va san`at 
adabiyotlar 
1. O’zbekiston yangi tarixi. 3-kitob. Mustaqil O’zbekiston tarixi. Toshkent, 
2000. 
2. Qaraqalpakstan jan’a tariyxi. Nokis, 2003 
3. Aytmuratov J. Garezsizlik dauirinde Karakalpakstan madeniyatinin 
rauajlaniui. Nokis, 1999. 
Ma`naviy qadriyatlarni qayta tiklashda Qoraqalpog’iston Respublikasi 
bayramlarini tashkil etish muxim rol` o’ynadi: 21-mart Navro’z, 1 yanvar - Yangi yil, 
8-mart - Xotin-qizlar kuni, 9-aprel - Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasi 
kuni, 9-may - Xotira kuni, 1-sentyabr - Mustakqil kuni, 1-oktyabr - Ustozlar kuni, 8-
dekabr - O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni, Ro’za xaiti, Kurban xaiti. 
Mustakillik yillarida Nukus shaxrining 60 va 70 yilligi, Turtkul shaxrining 120 
yilligi, Ajiniyoz Kosiboy o’g’li va Berdax Kargabay o’g’lining 170 yilligi, Nukus 



pedagogik institutining 60 va 70 yilligi, Qoraqalpoq universitetining 25 yilligi,
Allayor Dustnazarovning 100 yilligi, Ernazar Alakozning 200 yilligi, I.Yusupov va 
T.Kaipbergenovlarning 70 yilligi keng nishonlandi. Nukus pedagogik institutiga 
Ajiniyoz shoir nomi, Qoraqalpoq universitetiga Berdax nomi berildi. Berdax va 
Ajiniyoz, Ulug’bek xaykallari o’rnatildi, Berdax muzeyi, Amet va Aimxon 
Shamuratovlar muzeyi tashkil etildi.
1994 yili Qoraqalpog’istonda Ma`naviy madaniyat va ma`rifat markazi tashkil 
etildi. Markaz raisi - Ibroxim Yusupov, xozir Ulmambet Xujanazarov. Shuningdek 
“Oltin meros”, “Amir Temur”, “Nuraniy”, “Navruz” fondlari tashkil etildi. 
Qoraqalpog’iston Respublikasining fidoyi farzandlari Allaniyoz Uteniyozov, 
Agitoy Adilov, Onesya Saitova, Tulepbergen Kaipbergenov, Ibroxim Yusupovlar 
“O’zbekiston Kaxramoni” unvonini oldilar.
1993 yili respublika Ministrlar Kengashi qoraqalpoq tilida yangi latin 
yozuviga utish xakida qaror qabulladi. Bilim nashriyotidan 1996-1997 yillarning 
o’zida 65 otamada darsliklar latin yozuvi asosida chop etildi. 1993 yili Nukusda turk-
qoraqalpoq litseyi tashkil etildi. 1996 yili respublikada 743 ta umumta`lim maktabi 
faoliyat ko’rsatdi. Xozir Qoraqalpog’istonda 6 gimnaziya, 13 litsey, 19 kolledj, 18 
maktab-litsey, 6 bank-klass va biznes -maktablar faoliyat ko’rsatmoqda. 
Respublikadagi 22 o’rta maxsus o’kuv yurtlarining kunduzgi bo’limlarida 11,8 ming 
o’kuvchi ta`lim olmoqda. 
1990 yili Qoraqalpoq universiteti uchta fakul`teti va ikkita bo’limi asosida 
Nukus davlat pedagogik instituti kayta tashkil etildi. 1991 yili universitetning tibbiyot 
fakul`teti asosida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali tashkil etildi. 
Unda talabalar soni 2001-yili 1000 ga etdi. 1995 yili yanada universitetning qishloq 
xujaligi va iktisodiyot fakul`tetlari asosida Toshkent agrar universiteti Nukus filiali, 
Toshkent arxitektura-qurilish instituti Nukus filiallari tashkil etildi. 2005 yili 
Toshkent informatsion texnologiyalar universiteti Nukus filiali tashkil etildi. Beshta 
oliy o’kuv yurtlarida 9 ming nafar talaba o’qimoqda. 
1991 yili O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog’iston 
filiali bo’lim statusiga ega bo’ldi. Bo’lim tarkibida Tariyx, arxeologiya va etnografiya 



instituti, Bioekologiya, Orol bo’yi ijtimoiy-iktisodiy muammolar instituti tashkil 
etilib, mustakillikdan avval uchta institut bo’lsa, endi 6 ta institut tashkil etildi. 
Bo’limni akademik S.Kamalovdan keyin akademiklar Ch.Abdirov, T.Eshanovlar 
boshqardilar. Xozirgi vaktda bo’lim raisi bo’lib professor Nagmet Aimbetov
ishlaydi. 
Shuningdek, O’zbekiston qishloq xo’jaligi ilmiy markazi Qoraqalpog’iston 
bo’limi tashkil etilib, tarkibiga Shamurat Musaev nomidagi Chimboy dexqonchilik 
instituti, “Sholi” uyushmasi, Oltinko’l stantsiyasi, molchilik, bog’chilik, uzumchilik 
muassalari kirdi. Kishlok xujaligi va iqtisodiyot soxalari bo’yicha J.Mambetullaev va 
B.Mambetnazarov kabi akademiklarimiz mavjud. 
Bugungi kuni Qoraqalpog’istonda 65 fan doktori, 600 dan ortiq fan nomzodi 
faoliyat ko’rsatmoqda, shu jumladan 60 foiz fan doktori va 40 foiz fan nomzodlari 
mustaqillik davrida ilmiy unvonga ega bo’ldi. Ilgari O’zbekiston Fanlar akademiyasi 
xakikiy a`zoligiga saylangan S.Kamalov (1979), Ch.Abdirovlar (1989) qatoriga 
1994-2000 yillari J.Bazarbaev, A.Baxiev, T.Eshanov, A.Dauletov, X.Xamidov ham 
qabul qilindilar. 1997 yili esa ikki nafar rassom J.Izentaev va J.Kuttimuratov 
O’zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasining akademikligiga saylandi. 
Tilshunos 
olimlar 
M.Kalenderov, 
R.Esemuratova, 
A.Turabaev, 
K.Dauletbaevlar, faylasuf Polat Seitov O’zbekiston Respublikasi Beruni nomidagi 
davlat mukofatini oldilar. Qoraqalpog’iston Respublikasi Berdax nomidagi davlat 
mukofatini A.Baxiev, R.Reimov, L.Konstantinova, J.Bazarbaev, K.Dauletova, 
M.Ametov, 
J.Sapar-niyazov, 
T.Eshanov, 
M.Ajibekov, 
S.Kamalov, 
K.Allambergenovlar oldilar. Ginekolog Oral Ataniyazova xalqaro “Goldman” 
nomidagi ekologik mukofat egasi bo’ldi. 
Qoraqalpoq davlat universiteti yonida qoraqalpoq tili va adabiyoti bo’yicha 
doktorlik va nomzodlik, UzFA Qoraqalpog’iston bo’limi tarix, arxeologiya va 
enografiya instituti yonida tarix bo’yicha nomzodlik dissertatsiyalarni ximoya 
qiluvchi ixtisoslashgan kengashlar tashkil etilib fan doklari va nomzodlari o’zimizda 
ximoya qiladigan bo’ldi. Tarix fanidan xozirgacha 51 fan nomzodi ximoya qildilar.


10 
Respublika olimlari mustaqillik yillarida chet el mutaxassislari bilan hamkorlikda 
ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Bioekologiya instituti olimlari Germaniya olimlari 
bilan birgalikda 1993 yildan beri Orolbuyi ekologiyasi muammolari bo’yicha 
tadqiqotlar olib borishmoqda. 1995 yili Muynokda Germaniya yordamida 
bioekologiya institutining xalqaro ekologiya stantsiyasi ochildi. Tarix, arxeologiya 
va etnografiya instituti olimlari Avstraliyaning Sidney universiteti olimlari va 
frantsuz arxeologlari bilan birgalikda ekspeditsiyalar tashkil etmokda. 
Tarixchilarimiz Qoraqalpog’iston hududida turizmni targ’ibot qilish maqsadida 
“Oltin marshrut”-ni ishlab chiqib, unga Mizdaxkon, Ellikal`a yodgorliklarini 
kirgizdilar. 1997 yili sentyabrda Nukusda “Qirk-qiz” dostoni va turkiy fol`klorni 
tadqiq etish muammolariga bag’ishlangan xalqaro ilmiy anjuman bo’lib o’tdi 
Mustakil O’zbekiston va Qoraqalpog’iston dolzarb masalalari respublika shoir 
va yozuvchilari ijodida katta o’rin egallaydi. O’zbekiston kaxramonlari, O’zbekiston 
va Qoraqalpog’iston xalq shoiri Ibroxim Yusupov, O’zbekiston va Qoraqalpog’iston 
xalq yozuvchisi Tulepbergan Kaipbergenovlar katoriga Tolibay Kabulov, Xalmurat 
Saparov, Gulaysha Esemuratova, Kengesbay Raxmonov, Uzakbay Abduraxmanov, 
Murotbay Nizonov, Kengesbay Reimov, Saginbay Ibroximov, Kengesbay Karimov, 
Xalila Dauletnazarov, Jiyanbay Izbaskanov, Baktiyar Genjemuratov, Sharapatdin 
Ayapov, Gulistan Matyakupova, Nabiyra Toreshova, Munayxan Jumanazarova, 
Gulnara Nurlepesova, Abdimurat Atajanov, Xurliman Utemuratova, Sharigul 
Payzullaeva, Saylaubay Jumagulov, Bazarbay Kazakbaev va boshqalar kelib 
qo’shildi. 
1993 yili yanvarda Toshkentda Qoraqalpog’iston madaniyati kunlari, noyabrda 
esa Qoraqalpog’istonda Toshkent madaniyati kunlari o’tkazildi. 1993 yili Toshkent 
konservatoriyasida milliy “Ajiniyoz” operasi ijro etildi. 1996 yili qoraqalpoq 
xoreografiyasi tarixida birinchi marta “Oyjamol” nomli balet saxnalashtirildi. 
Kompozitorlardan 
N.Muhammaddinov, 
K.Zaretdinov, 
G.Amaniyazov, 
Sh.Paxratdinov, T.Esirkepov va boshqalar mustaqillik yillari yaxshi faoliyat 
ko’rsatmoqda. Muyassar Razzakova, Kegesbay Serjanov, Mirzagul Sapaeva, 
Gulxatiysha Aimbetova, Roza Kutekeeva, Makset Xujaniyozov, Makset Utemuratov, 


11 
Gulnara Utepova, Eleonora Kutlipulatova, Anifa Artikova, Gulnara Allambergenova 
va boshqa qo’shiqchilarimiz butun O’zbekiston va Markaziy Osiyoga taniqli bo’ldi. 
Jumabay jirov Bazarov, Baxtiyar jirov Esemuratov, bakshilar Turganbay Kurbanov, 
Ziyada Sharipova, Zulfiya Arzimbetova, Jarilkagan Eshanov, Tenel Kalliev va 
boshkalar Germaniya, Frantsiya va boshqa davlatlarda qoraqalpoq dastanlari va 
she`rlarini ijro etib, butun dunyoga belgili bo’ldi. Qoraqalpoq universiteti
“Xurliman” ansambli 2000 yili Toshkentda “O’zbekiston - Vatanim manim” 
konkusida 1-urinni egalladi. 
Mustakillik yillari Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq milliy san`at muzeyi va 
Qoraqalpoq ulkashunoslik muzeyi, Berdax muzeyi milliy uzligimizni targibot 
kilishda katta faoliyat ko’rsatmoqda. 
2002 
yili 
may 
oyidan 
boshlab 
milliy 
televideniede 
“Assalam 
Qoraqalpog’iston” tongi ko’rsatuvi tashkil etildi. Shuningdek, “Maurit”, “Tariyx va 
takdir”, “Bayterek”, “Shanarak”, Yoshlar kanali” ko’rsatuvlari tashkil etildi. 
Prezidentimiz Erkin Kutibaev, Alisher Auezbaev, Baxtiyar Nurullaev, Muratbay 
Baltaniyazov, F.Orazimbetov va boshqalarning sport soxasidagi mardliklarini tan 
oldi. 
Mustaqillikning o’tgan davri - tarix uchun bir lavzadir. Lekin shu muddatda 
Qoraqalpog’istonda amalga oshirilgan ishlar salmog’i va hajmi bilan bir necha o’n 
yilliklarga teng keladi. Tarixan qisqa davrda mamlakatimiz xayotida ham, odamlar 
turmushida ham keskin burilish yasaldi. Tafakkurimiz tobora kengaydi. O’zligimizni 
anglay boshladik. 

Download 207,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish