Siyosatshunoslik


Terrorizm to‘g‘risidagi xalqaro huquqiy hujjatlar


bet219/253
Sana04.06.2022
Hajmi
#635742
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   253
Bog'liq
67. Siyo\'satshunoslik. Odilqoriyev X,T

2. Terrorizm to‘g‘risidagi xalqaro huquqiy hujjatlar
Terrorning aniq inson, odam lar guruhi, aholi yoki davlatga 
qarshi qaratilgan jinoiy harakat sifatida kvalifikatsiya qilinishi 
dastlab 1937-yilda M illatlar Ligasi tashabbusi bilan o ‘tkazilgan 
Jeneva konferensiyasi hujjatlarida uchraydi. 0 ‘sha yilda terro­
rizmning butun dunyoga yoyilishi xavfini olish maqsadida Millat­
lar Ligasi 11 davlat vakillaridan iborat maxsus ekspertlar qo‘mita- 
sini tuzib, unga siyosiy terrorizmga oid jinoyatlarga qarshi xalqaro 
konvensiya loyihasini tuzishni topshirdi. 24 davlat tom onidan 
im zolangan «Terrorizmning oldini olish va uning uchun javob- 
garlik to ‘g‘risida», «Xalqaro jinoyat sudini tuzish to ‘g‘risida» 
kabi konvensiyalarda «terrorizm» tushunchasiga dastlabki siyosiy- 
huquqiy ta ’rif berilgan edi. Garchi bu konvensiyalar o ‘sha paytda 
kuchga kirmagan bo‘lsa-da («Terrorizmning oldini olish va uning 
uchun javobgarlik to ‘g‘risida»gi konvensiyani faqatgina Hindiston 
ratifikatsiya qilgan edi), keyinchalik bu hujjatlar BM T va boshqa 
xalqaro tashkilotlarning ushbu yo‘nalishdagi faoliyatida nazariy 
asos b o ‘lib xizm at qildi. M uayyan kamchiliklariga qaram ay 
terrorizm to ‘g‘risida qabul qilingan ushbu konvensiyalar xulosalari 
1956-yilda B M T Bosh Assambleyasi tom onidan yaratilgan 
«Tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar kodeksi» 
loyihasini tayyorlashda asos b o ‘lib xizmat qildi.
Bizning davrimizga kelib esa xalqaro hamjamiyat tom oni­
dan terrorizm to ‘g ‘risida bir qancha xalqaro shartnom alar, 
kelishuv va konvensiyalar ishlab chiqilgan ham da qabul qilin­
gan. U larda xalqaro terrorizm ning har qanday ko‘rinishlariga, 
u ni m oliyaviy t a ’m inlash va q o ‘llab -q u v v a tlo v ch i x a tti- 
harakatlarga qarshi kurash masalalari o ‘z ifodasini topgan.
B M T va uning maxsus muassasalari ko‘p yillardan buyon 
terrorizm ni bartaraf etish, terakt uchun javobgar bo'lganlam i 
jazoga tortish b o ‘yicha keng qamrovli xalqaro huquqiy hujjat- 
larni tayyorlab bermoqda. 1963-yildan boshlab tayyorlanayot- 
gan bu hujjatlar samolyotlarni olib qochish, odam larni garovga 
olishdan tortib, to terrorizmni moliyalashtirishgacha bo‘lgan
299


terrorizmning barcha ko'rinishlariga qarshi kurashda foydalanish 
uchun m o‘ljallangan asosiy yuridik normalardir.
BM T terrorizm m uammosi bilan huquqiy jihatdan ham , si­
yosiy jihatdan ham bevosita shug‘ullanadi. BM T va uning 
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO), Xalqaro dengizlar 
tashkiloti (IM O) va Xalqaro atom energiyasi agentligi singari 
ixtisoslashtirilgan muassasalari terrorizmga qarshi kurash bora- 
sida huquqiy vosita hisoblangan qator xalqaro bitimlarni ishlab 
chiqdi.
Jumladan:
1) Havo transportida sodir etilgan huquqbuzarliklar va boshqa 
harakatlar to ‘g‘risida konvensiya (1963-yilda Tokioda qabul qilin­
gan);
2) Havo kem alarini noqonuniy q o ‘lga olishni to ‘xtatish 
to ‘g‘risida konvensiya (1970-yilda Gaagada qabul qilingan);
3) Xalqaro fuqaro aviatsiyasiga xizmat ko‘rsatuvchi aero- 
portlarda noqonuniy zo‘ravonlik harakatlarini to ‘xtatish to ‘g‘ri- 
sidagi protokol (1988-yilda M onrealda qabul qilingan) va hoka- 
zolar.
Jahon hamjamiyati va xalqaro tashkilotlaming terrorizmga 
nisbatan munosabatini aniqlashda BM T Bosh Assambleyasi rah- 
barligida tuzilgan quyidagi uch konvensiya alohida ahamiyatga 
ega.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish