Siyosatshunoslik


 ‘zbekiston ovozi. — 2006. — 2-dek. — №143


bet184/253
Sana04.06.2022
Hajmi
#635742
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   253
Bog'liq
67. Siyo\'satshunoslik. Odilqoriyev X,T

1 0 ‘zbekiston ovozi. — 2006. — 2-dek. — №143.
251


Shuni alohida ta’kidlash joizki, Markaziy Osiyoning tub 
xalqlari, xususan, o‘zbek xalqi mentaliteti negizida asosan, is­
lom dini yotgani inkor etib bo'lmas haqiqatdir. Lekin o‘rta asr- 
larda umuman Markaziy Osiyo, xususan, o‘lkamiz musulmonlari 
uchun diniy firqachilik yot hodisa bo‘lgan. Buning sababini min- 
taqamizda o‘ziga xos Movarounnahr musulmon qonunchiligi
— fiqh maktabining (jumladan, hanafiylik mazhabining) yuksak 
rivojlangani, uning boshqa maktablar ta’sirida emas, aksincha, 
u musulmon qonunshunosligining boshqa maktablariga o‘z ta’- 
sirini ko‘rsatib turgani bilan bog‘liq edi deyish mumkin. Shuning 
uchun ham musulmon dunyosi Markaziy Osiyoga nisbatan ta’sir 
o‘tkazish mintaqasi emas, aksincha, diniy masalalarda ham un- 
dan o‘rganishga munosib sarchashma sifatida qaragan.
Biroq Rossiya istilosidan so‘ng, xususan, sho‘ro davrida is­
lom diniga nisbatan o'tkazilgan tazyiq natijasida eng salohiyatli 
ilohiyotchi olimlar qirib tashlandi. Mahalliy hayot darajasida 
saqlangan mahalliy islomga, asosan, diniy bilimlari sayoz, uz- 
luksiz ta’qib ta’sirida o‘ta radikallashgan shaxslar «rahnamolik» 
qila boshladilar.
Islomning Markaziy Osiyo ijtimoiy hayotidagi maqomining 
zaiflashib borishi bilan unga tashqi musulmon dunyosining mu- 
nosabati ham o‘zgarib bordi. Uzoq yillar davomida tashqi olam, 
xususan, musulmon dunyosi uchun «yopiq» bo‘lib qolgan 
M arkaziy Osiyoga diniy taassubga va z o ‘ravonlikka 
(ekstremizmga) moyil ajnabiy diniy tashkilotlaming qiziqishi 
ortib bordi. 0 ‘zbekiston rahbariyati tomonidan mustaqillikning 
ilk bosqichida mazkur sohaga oid qator chora-tadbirlaming 
amalga oshirilishi diniy ekstremizm va fundamentalizm yoyilishi 
dinamikasini pasaytirishni ta’minladi. Ayni paytda hayotiy tajriba 
shuni ko‘rsatmoqdaki, unga butunlay barham berishga qaratil- 
gan sa’y-harakatlar natijasi, ko‘rilayotgan ma’muriy jazo choralari 
bilan bir qatorda, din haqida chuqur bilimlarga ega bo‘lgan 
salohiyatli mutaxassislaming mafkuraviy hayotdagi faolligi bilan 
chambarchas bog‘liq. Mazkur omil bizning anchagina zaif nuq- 
talarimizdan ekanligi dunyoviy taraqqiyot yo‘lini tanlagan 0 ‘zbe- 
kiston oldida qator qiyinchiliklami keltirib chiqardi. Ushbu mu- 
ammoni hal etishga — diniy bilimlami chuqur egallagan muta-
252


xassislarni tayyorlash ishiga samarali hissa qo‘shayotgan 0 ‘zbe- 
kistondagi mavjud madrasalar tizimiga Imom al-Buxoriy nomi- 
dagi Mir Arab madrasasi va shu nomdagi Toshkent Islom mahadi 
boshchilik qilmoqda. Ular Qohira shahridagi Al-Azhar dorilfu- 
nuni va Iordaniya qirolligining Islom dorilfununi kabi yirik 
islomiy ilm markazlari bilan aloqa bog‘laganlar.
0 ‘zbekiston — dunyoviy davlat. Demak, dunyoviy davlat- 
larda amal qiladigan davlat va din munosabatlari prinsiplari 
0 ‘zbekistonda ham amal qiladi. Bu prinsiplar mohiyatini yanada 
teranroq tushunish uchun BMTning «Inson huquqlari umum- 
jahon Deklaratsiyasi», mamlakatimiz Konstitutsiyasi va 0 ‘zbe- 
kiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1998-yilning 1- 
mayida yangi tahrirda qabul qilingan 23 moddadan iborat «Vij- 
don erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonun bilan 
batafsil tanishib chiqmoq lozim.
Vijdon erkinligi demokratiyaning tarkibiy qismidir. Shuning 
uchun ham BMTning 1948-yilda qabul qilingan «Inson huquqlari 
umumjahon Deldaratsiyasi»ning 18-moddasida «Наг bir inson... 
vijdon va din erkinligi huquqiga egadir», deb yozilgan. 
0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida 
«Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson 
xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qil- 
maslik huquqiga ega. Diniy qarashlami majburan singdirishga 
yo‘l qo‘yilmaydi», deb belgilangan.
Dunyodagi dinlaming barchasi ezgulik g‘oyalariga asoslana- 
di, yaxshilik, tinchlik, do‘stlik kabi fazilatlarga tayanadi. Odam- 
lami halollik va poklik, mehr-shafqat va bag‘rikenglikka da’vat 
etadi. Hozirgi zamonda bu g‘oya ezgulik yo‘lida nafaqat din- 
dorlar, balki butun jamiyat a’zolarining hamkorligini nazarda 
tutadi, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashning muhim shar- 
ti hisoblanadi.
Dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasi — xilma-xil diniy e’tiqodga 
ega bo‘lgan kishilaming bir zamin, bir Vatanda, olijanob g‘oya 
va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashini angla- 
tadi. Qadim-qadimdan din aksariyat ma’naviy qadriyatlami 
o‘zida mujassam etib keladi. Milliy qadriyatlaming asrlar osha 
bezavol yashab kelayotgani ham dinning ana shu tabiati bilan

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish