o'zboshimchaliklardan iborat bo'ladi.
114
siyosiy hayotni dem okratlashtirishga tobora kuchliroq ta ’sir
k o ‘rsatmoqda.
Siyosatda integratsiya va differensiatsiya jarayonlari. XXI
asr
shubhasiz, xalqaro munosabatlarda butun dunyo qamrab olinadigan
asr bo‘lmoqda. Shu munosabat bilan integratsiya — turli mamla-
katlar iqtisodiy hayotining yagona iqtisodiy siyosat asosida o‘zaro
bog‘langan holda rivojlanish shaklining ahamiyati ham ortib bor-
moqda. Biroq bugungi dunyoda integratsiya hayotning boshqa so-
halarini ham qamrab olmoqda. Bunday sharoitda integratsiya ja-
rayonini, xalqaro institutlarva tashkilotlarda suveren davlatlarning
ishtirok etishini kengaytirish jarayonini faqat tarix taqozosi deb
emas, balki ayrim mintaqalar ko‘lamida ham, shuningdek, umuman
butun sayyoramiz ko‘lamida ham sobitqadamlik, barqarorlikning
qudratli omili deb hisoblamoq zarur.
Hozir 0 ‘zbekiston Respublikasining mustaqilligini jahonning
165 davlati tan olgan. Dunyodagi 120 dan ortiq m amlakat bilan
rasmiy diplomatik m unosabatlar o ‘rnatilgan. Toshkentda 35
xorijiy m amlakatning elchixonasi faoliyat yuritmoqda. Biz ja-
hon hamjamiyati bilan keng k o ‘lam da integratsiyalashgan za-
monaviy demokratik davlat qurishdek strategik vazifani bajar-
moqdamiz.
Integratsiya haqida gapirar ekanmiz, m anfaatlar birikuvi-
ning xilma-xil mexanizmlari va shakllari hamda integratsiya tur-
lari mavjudligiga asoslanamiz. Bunga sherikchilik va hamkorlik
qilishga intilayotgan mam lakatlarning boshlang‘ich shart-sha-
roitlari turlichaligi sababdir. 0 ‘zbekiston bir vaqtning o ‘zida turli
darajalarda — dunyo miqyosida va m intaqa ko‘lamida — integ
ratsiya jarayonlarida qatnashsa-da, am m o bir muhim qoidaga,
ya’ni bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoq-
lashmaslikka harakat qiladi. Biz bir subyekt bilan sherikchilik-
ning mustahkamlanishi boshqalar bilan sherikchilik m unosa-
batlarining zaiflashuviga olib kelishiga qarshimiz. Shu sababli
0 ‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi integratsiyalashuvi ser-
qirra jarayondir.
M amlakat qanchalik integratsiya aloqalari bilan bog‘langan
bo‘lsa, uning xavfsizligiga tahdid shuncha kam b o ‘ladi.
0 ‘zbekiston Respublikasining dunyo hamjamiyati bilan integ-
115
ratsiyasi xususida e’tiborga molik misollar juda ko‘p. Jum ladan,
BM T, YUNESKO, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro
m ehnat tashkiloti, Xalqaro moliyaviy tashkilotlari Xalqaro va-
lyuta fondi, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Yev-
ropa tiklanish va taraqqiyot banki; Davlatlaming mintaqaviy
birlashmalari: Yevropa Ittifoqi, YXHT, Shanxay hamkorlik tash
kiloti, EKO (iqtisodiy ham korlik tashkiloti), Q o‘shilmaslik
harakati, Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati, Markaziy Osiyo
Ham do‘stligi, ASEAN (Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqasi), ATES
(Osiyo-Tinch okeani mintaqasi) doirasidagi integratsiyalashuv
buning isbotidir.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, 0 ‘zbekiston integratsi-
on jarayonlarda turli darajalarda — global va regional darajalar-
da qatnashadi, bunda bir davlat bilan yaqinlashishda boshqasidan
uzoqlashmaslik prinsipiga amal qiladi. Siyosatda integratsion
jarayonlarning asosini m anfaatlar birligi, mushtarakligi tashkil
etadi.
Integratsiyaning ahamiyati nim alarda namoyon b o ‘ladi?
Birinchidan, davlatlarga o ‘z iqtisodiy va ilmiy-texnik imko-
niyatlarini hayotga to ‘laroq tatbiq etishga.
Ikkinchidan, integratsion jarayonlarni chuqurlashtirishga —
10—15 yilga m o‘ljallangan iqtisodiy dasturlami tuzishga va iqtiso-
diyotning turli sohalarida kuchli rivojlanishga.
Uchinchidan, davlatlaming kollektiv asosdagi harakatlari
ularga ekologiya, mintaqalardagi xavfsizlikni ta ’minlash b o ‘yi-
cha turli dolzarb masalalarni osonroq yechishga imkon beradi.
0 ‘zbekiston o ‘z iqtisodiy integratsiya siyosatida dunyoning
yetakchi iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlari: Xalqaro valyuta
fondi, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo
taraqqiyot banki, Xalqaro moliyaviy korporatsiya bilan qizg‘in
hamkorlik qilmoqda.
Siyosiy integratsiya sohasida esa 0 ‘zbekiston xalqaro tashki-
lotlar yordamida o ‘z fundamental m anfaatlarini global va regi
onal miqyosda himoya qilib, YXHT doirasida, shuningdek, Osiyo
regionida Shanxay hamkorlik tashkiloti faoliyatida faol qatna-
shish orqali b a rq a ro r xavfsizlik tizim in i sh ak llan tirish g a
intilm oqda. Florensiyada 1996-yilda Yevropa Ittifoqi bilan
116
0 ‘zbekiston o'rtasida sherikchilik va hamkorlik to ‘g‘risidagi Ke-
lishuvning im zolanishi, ayniqsa, 2005-yilning 14-noyabrida
0 ‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o'rtasida
ittifoqchilik munosabatlari to ‘g‘risidagi shartnomaning1 va 2006-
yilning 4-sentabrida esa Qozog‘iston Respublikasi bilan 2006—
2008-yillarga m o‘ljallangan iqtisodiy, m adaniy-gumanitar ham
korlik dasturlarining2 imzolanishi m am lakatim izning siyosiy
integratsiyasida m uhim ahamiyatga molik ijobiy voqeliklar b o ‘ldi.
Yevropada integratsion jarayonlar esa XX asrning 50-yillari
o ‘rta la rid a Y evropa Iq tiso d iy Ittifo q in in g tu zilish i b ilan
boshlangan edi. 1975-yilda Xelsinki Yakunlovchi Akti tuzilishi
bilan G ‘arbiy Yevropada integratsion jarayonlarning ikkinchi
bosqichi boshlandi. Bu jarayonlar bugun yagona pul birligi —
evroning 2001-yil 1-yanvarda muomalaga kiritilishiga olib keldi.
Siyosiy integratsiya BM T, Shanxay hamkorlik tashkiloti,
YXHT va boshqa tashkilotlar doirasida dunyoda tinchlikni va
xalqaro xavfsizlikni ta ’minlashga qaratilgan. Jahon siyosatida
bu masalada 0 ‘zbekiston ham o ‘zining munosib o ‘m iga ega.
Dunyo hamjamiyati bilan keng ko‘lamli integratsiya 0 ‘zbekiston
Respublikasi tashqi siyosatida bundan keyin ham o‘zining muhim
o'rnini saqlab qoladi.
DifFerensiatsiya — differensiatsiyalash, farqlash, darajalash,
tabaqalashtirish, farqlanish degan m a’nolam i bildiradi. Siyosatda
d iffe re n s io n ja r a y o n la r m u a y y a n siy o siy k u c h la r n in g
separatizmida, milliy o'zlikni anglash natijalarida, ayrim millat
yoki xalqlaming o ‘z milliy davlatchiligini yaratish uch u n olib
boradigan kurashida ifodalanadi. D ifferension jarayonlarda
siyosiy ta ’sir k o ‘rsatishning konflikt, to ‘qnashuv, kelishuv,
hamkorlik, konsensus kabi turli shakllaridan foydalaniladi.
Xulosa qilib aytganda, siyosat jam iyatning ijtimoiy m uam -
molariga chuqur kirib boruvchi, ta ’sir o ‘tkazuvchi va ularni hal
qiluvchi sohadir.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |