G'azzoliy, Nizomulmulk
(XI asr) asar-
larida ham qalamga olingan. Imom G'azzoliyning «Kimyoi
saodat» asarida davlat rahbari jamiyatning yuragi, odamlaming
dono va diyonatli rahbar atrofida uyushishi Haq taolo xohishiga
muvofiq, degan g‘oya ifodalangan. Ammo
Abu M i Hasan ibn
ЛИ Tusiy-Nizomulmulk
(1018—1092) o‘zining «Siyosatnoma»
(«Siyar ul-muluk»), «Dastur-ul-vuzaro», «Qonun ul-mulk» kabi
asarlarida adolat, insof, to ‘g‘rilik va halollik kabi axloqiy
kategoriyalarga urg‘u bergan bo‘lsa-da, siyosat hodisasini real
70
hayot bilan bog‘lab talqin etgan hamda markazlashgan kuchli
davlat g'oyasini qat’iy himoya qilgan. Shohning jasur, dono,
tadbirkor va qat’iyatli bo‘lishi g‘oyasini ilgari surgan. Davlatni
idora qilishda amaldorlar katta o‘rin tutishlarini, ulami tanlash
va joy-joyiga qo‘yishga o‘ziga xos talab darajasida qaragan. «Si-
yosatnoma»da amaldorlami tarbiyalash, himoyalash va zarur
boisa, jazolash bilan bog‘liq bo'lgan tavsiyalar berilganki, bu
hoi siyosatchi va davlat rahbarlarining e’tiborini jalb etadi. Ni-
zomulmulk davlatda markazlashgan hukumat (ijro hokimiyati)
kuchli bo‘lsa, shunda tinchlik va adolat barqaror bo‘ladi, raiyat
(xalq) o‘z maqsadiga yetadi, jamiyat sulh va adolatda, muruwatda
yashaydi, deb qayd etadiki, kuchli ijro hokimiyati haqidagi bu
muallif qarashlari demokratik qadriyatlami qaror toptirayotgan
hozirgi zamon siyosiy tizimlari uchun ham o‘z dolzarbligini
saqlab qolmoqda. Umuman, «Siyosatnoma» jiddiy siyosiy-tari-
xiy hujjat bo‘lib, markazlashgan hukumatning parchalanishiga
qarshi qaratilgan asardir.
Uyg'onish davrining buyuk qomusiy olimi
Abu Rayhon M u
hammad ibn Ahmad al-Beruniydan
(973—1048) ilm-fanning turli
sohalariga oid 160 dan ortiq taijimalar, turli hajmdagi asarlar,
yozishmalar qolganligi ma’lum. Beruniyning ijtimoiy-siyosiy
qarashlari aks etgan asarlari orasida «Osor al-boqiya an al-qurun
al-xoliya» («Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar») va «Hin-
diston» asarlari, ayniqsa, mashhurdir.
Mutafakkir davlat va huquqning paydo bo‘lishi', ulaming va
zifalari masalalarini Forobiy kabi ehtiyojga bog‘lab, ma’rifatli
shoh boshqamvi g‘oyasini ilgari suradi, ijtimoiy hayotni o‘ziga
xos «shartnoma»ning natijasi deb biladi. «Inson o‘z ehtiyojlarini
tushunib, o ‘ziga o ‘xshash kishilar bilan birga yashashning
z a ru rlig in i anglay b o shlaydi. Shuning u ch u n o ‘zaro
kelishuvchanlik qabilidagi «shartnoma» tuzishga kirishadi. Odam-
laming birgalikdagi turmushi insonni haqiqiy qudratga, uning
ehtiyojlarini qondirishga olib kelmaydi, buning uchun yana meh-
nat qilish ham zarurdir», deb hisoblaydi alloma.
Bemniy fikricha, idora qilish va boshqarishning mohiyati
boshliqning zolimlardan aziyat chekkanlar huquqlarini himoya
qilishi, birovlaming tinchligi yo‘lida o‘z tinchligini yo‘qotishi-
71
dir deb biladi. Qolaversa, jamiyatni boshqaruvchi shaxs qat’i-
yatli, ma’rifatparvar, yangilikka intiluvchi bo‘lmog‘i, oliy va quyi
tabaqalar, kuchlilar va kuchsizlar orasida tenglik, adolat o‘rnata
olishi lozim. Har qanday nizo-janjallar, toj-taxt talashish,
zo‘ravonlik, bosqinchilik harakatlariga qarshi turgan Beruniy
davlatlar va xalqlar o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik munosabatla-
rini olib borish g'oyasini ilgari surgan.
Buyuk mutafakkir
Download Do'stlaringiz bilan baham: |