Siyosatshunoslik


Юридик энциклопедия/Юридик фанлар доктори, профессор У.Таджи-


bet198/253
Sana04.06.2022
Hajmi
#635742
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   253
Bog'liq
67. Siyo\'satshunoslik. Odilqoriyev X,T

1 Юридик энциклопедия/Юридик фанлар доктори, профессор У.Таджи-
хановнинг умумий та?фирида. — Т., 2001. — В. 45—46.
270


15 nafar (5 nafar doimiy, 10 nafar vaqtinchalik) a’zolarga ega. 
AQSH, Rossiya Federatsiyasi, Buyuk Britaniya, Fransiya va 
Xitoy BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolaridir. BMT 
Ustaviga ko‘ra faqat Xavfsizlik Kengashi BMTning qurolli kuch- 
laridan foydalanib operatsiyalar o'tkazish yuzasidan qarorlar 
qabul qilish huquqiga ega. BMTning boshqa hech qaysi organi 
bunday vakolatlarga ega emas.
Bosh Assambleya esa BMTga a’zo bo‘lgan teng huquqli bar- 
cha davlatlardan iborat. Bosh Assambleya har qanday davlat 
yoki Xavfsizlik Kengashi qo‘ygan xalqaro tinchlik va xavfsizlik- 
ni saqlashga doir har qanday masalalarni muhokama qilishga va 
bunday masalalarni manfaatdor davlatga yoki davlatlarga yoxud 
Xavfsizlik Kengashiga tavsiyalar berish, shuningdek, BMT Bosh 
kotibini tayinlash, BMTga yangi a’zolami qabul qilish, a’zolikdan 
chiqarish vakolatiga ega. Bugungi kunda 189 davlat BMT a’zo- 
ligiga qabul qilingan bo‘lib, bu xalqaro tashkilotning turli mu- 
assasalarida qariyb 50 ming xodim faoliyat yuritmoqda. ( 0 ‘zbe- 
kiston Respublikasi 1992-yil 2-martdan buyon BMT a’zosidir.)
Birlashgan Millatlar Tashkilotini modernizatsiyalash va isloh
qilishning zarurligi. 
XX asr oxiri XXI asr boshlarida xalqaro 
munosabatlarda ro‘y bergan o‘zgarishlar xalqaro tashkilotlaming 
faoliyatini qayta qurish va isloh qilish zaruratini taqozo qil- 
moqda. Chunki dunyo xavfsizligini talab darajasida ta’minlash- 
da aynan shu tashkilotning huquqiy va siyosiy imkoniyatlari 
hamda uning ulkan xalqaro nufuzidan omilkorlik bilan foyda- 
lanish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Binobarin, BMTgina 
barcha a’zo davlatlar va kerak bo‘lsa, bashariyat nomidan ish 
yuritish huquqiga ega bo'Igan tashkilotdir.
Shu munosabat bilan 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
I. A. Karimov ta’kidlaganidek, butun dunyo yaxlit va bir-biriga 
bog‘liq tizim bo‘lib bormoqda, unda o‘z-o‘zidan qanoatlanishga 
va m ahdudlikka o ‘rin yo‘q. Bu hoi hozirgi 
xalqaro 
munosabatlami shakllantirganda, xalqaro tuzilmalar bilan o‘zaro 
aloqalarda va ularning faoliyatida ishtirok etganda mutlaqo 
yangicha yondashuvlarni ishlab chiqishni zarur qilib qo‘ymoqda.
Afsuski, xalqaro munosabatlarning subyektlari bo‘lmish dav­
latlarning tub manfaatlariga zid holda, BMT faoliyatida yirik
271


davlatlar va harbiy-siyosiy guruhlar tazyiqi ostida o‘z siyosiy 
dasturi va ideallarini amalga oshirish imkoniyatidan borgan sari 
chetlatish holati sodir bo‘lmoqda. (Masalan, 2005-yilning 13— 
14-may kunlarida Andijon shahrida terroristik aktlarni sodir etib, 
ko‘plab gunohsiz odamlarning o‘limiga sababchi boigan va 
qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasi hududiga qochib o‘tgan bir 
to‘da ashaddiy jinoyatchilarga «qochoq» maqomini berib, ular- 
ning Ruminiyaga joylashishiga imkon va sharoit yaratib bergan 
BMTning «Qochoqlar bo‘yicha komiteti» xatti-harakatini qanday 
baholash mumkin?) Bunday xatti-harakatlar ko‘p qutbli, totuvlik 
madaniyati va o‘zaro ishonchga asoslangan, shuning bilan bir- 
galikda barcha muammolar yechimiga faqat siyosiy yo‘l, ya’ni 
serqirra hamkorlikka tayangan barqaror xalqaro tizim shaklla- 
nish jarayonini zaiflashtirmoqda.
Natijada, xalqaro hamjamiyat tomonidan dunyoda xavfsiz- 
likni kafolatlovchi, davlatlararo hamkorlikning samarali yo‘lla- 
rini izlab topishga qodir bo‘lgan hozirgi kunda muqobili yo‘q, 
noyob institut yordamidan foydalanish imkoniyatining ko'lami 
toraymoqda. Holbuki BMTning boshqa a’zolari kabi 0 ‘zbekiston 
ham bu nufuzli tashkilotning mintaqaviy va global xavfsizlikni 
ta’minlash hamda hozirgi zamonning boshqa dolzarb muam- 
molarini hal etish borasidagi ishtiroki kengayishidan manfaat- 
dordir.
Shu bilan birga, jahon maydonida xalqaro xavfsizlik masala­
si bilan bog‘liq mutlaqo yangi tendensiya va vaziyatlar, shuning- 
dek, yangi tahdidlarning paydo boiishi BMT tuzilmalarini, bi- 
rinchi navbatda, uning yetakchi organi - Xavfsizlik Kengashini 
isloh qilish va tarkibini qayta ko‘rib chiqishni tezlashtirishni 
taqozo etmoqda1.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish