SIYDIKNING NORMAL VA PATOLOGIK KO`RSATKICHINI ANIQLASH UMUMIY SIYDIK TAHLILI — ME’YORIY KO’RSATKICHLAR, O’ZGARISHI SABABLARI VA PATOLOGIYASI Umumiy siydik tahlili (analizi)- bugungi kunda deyarli har qanday kasallik tashxisida standart laboratoriya tekshiruvidir. Ushbu tahlil shifokorga kasalliklarini tashxislashda juda foydali bo’ladi. Ma’lum bo’lgan toksik moddalarning aksariyati siydikda, bular tuzlar, organik moddalar va hujayra tarkibidagi moddalar erigan holda bo’ladi. Ushbu elementlarning kontsentratsiyasini o’rganish natijasida buyraklar, yurak-qon tomir tizimi va immunitet tizimining holatini aniqlash mumkin bo’ladi. Ushbu maqolada biz sizni umumiy siydik tahlilining barcha ko’rsatkichlari me’yoriy (normal) qiymatlari bilan tanishtirishga harakat qilamiz va ushbu indikatorlarning buzilgan sabablarini qisqacha bayon qilamiz.
UMUMIY SIYDIK TAHLILINING ME’YORIY KO’RSATKICHLARI
Siydik rangi
|
Sariq somon rang
|
Siydik shaffofligi
|
Shaffof
|
Siydik hidi
|
O’tkir emas
|
S iydik reatsiyasi
|
|
yoki pH
|
рН 4-7 oralig’ida
|
Siydik zichligi
|
1012 gr/l – 1022 gr/l oralig’ida
|
Siydikdagi oqsil
|
bo’lmaydi , 0,033 gr/l gacha
|
Siydikdagi glyykoza
|
bo’lmaydi, 0,8 mmol/l gacha
|
Siydikdagi keton tanalar
|
bo’lmaydi
|
Siydikdagi bilirubin
|
bo’lmaydi
|
Siydikdagi urobilinogen
|
5-10 mg/l oralig’ida
|
Siydikdagi gemoglobin
|
bo’lmaydi
|
Siydikdagi eritrotsitlar
kuzatuv maydonida 0-1 ta(erkaklarda)
|
kuzatuv maydonida 0-3 ta(ayollarda)
| |
|
Siydikdagi leykotsitlar
kuzatuv maydonida 0-3 ta(erkaklarda)
|
kuzatuv maydonida 0-6 ta(ayollarda)
| |
|
Siydikdagi epitelial hujayralar
|
kuzatuv maydonida 10 tagacha
|
Siydikdagi silindrlar
|
bo’lmaydi
|
Siydikdagi tuzlar
|
bo’lmaydi
|
Siydikda bakteriyalar
|
bo’lmaydi
|
Siydikda zamburug’lar
|
bo’lmaydi
|
Siydikda parazitlar
|
bo’lmaydi
| Normada siydik ranggi sarg’ish, somon rang, shaffof Siydik rangi iste’mol qilingan oziq-ovqat, dori-darmonlar, suyuqliklar sabab o’zgarishi mumkin. Ammo siydikning to’q rangi jigar kasalliklari (gepatit C, gepatit A, xolesistit) yoki qon (gemolitik anemiya, Villebrand kasalligi) haqida guvohlik berishi mumkin.
SIYDIK RANGGI
To’q rangdagi siydik (achchiq qora choy rangi) Jigar kasalliklari (gepatit, tsiroz, jigar yetishmovchiligi, xolesistit), qizil qon hujayralarining ommaviy nobud bo’lishi (qon quyishdan keyin, infektsiyalarning ko’pligi, bezgak). To’q sariq rang Suvsizlanish, ich ketishi, suyuqlikni kam ichish, yurak yetishmovchiligi fonida tananing suvsizlanishi. Oqish yoki rangsiz Qandli diabet, qandsiz diabet, ko’p suv ichish, buyrak patologiyasi. Qizg’ish rang siydik Pigmentli meva va sabzavotlarni (chernika, sabzi, lavlagi, uzum) iste’mol qilish. Qizil rang siydik To’yingan qizil rang siydikda qon mavjudligini ko’rsatishi mumkin. Ushbu alomatlar siydik tosh kasalliklari, qovuq saratoni, buyrak infarkti, pielonefrit, glomerulonefritda kuzatilishi mumkin. Go’sht yuvindisi rangida Jigarrang kulrang siydik, xira. Mumkin bo’lgan sabablar: o’tkir glomerulonefrit, surunkali glomerulonefrit, buyrak toshlari, buyrak infarkti, buyraklar va siydik yo’llarining tuberkulyozi, eritrotsitlarni tezda nobud bo’lishi, dori vositalaridan foydalanish (streptotsid, sulfonal, antipirin, piramidon, trional). Qizil-jigarrang Preparatlarni qo’llash: metronidazol, sulfonilamid preparatlari, yong’oqdan olingan dorilar. Qora rang Bunga Makiyafa Mikelli kasalligi, alkaptonuriya, melanoma kabi kasalliklar sabab bo’ladi
SIYDIK RANGINING O’ZGARISHI SABABLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |