Siydikni Zimnitskiy bo‘yicha sinama uchun yig‘ish
Buyrakning
konsentrlash
va
mochevinani
chiqarish
xususiyatini aniqlash maqsadida Zimnitskiy bo‘yicha sinama
qo‘llanadi. U odatdagi suv va ovqat rejimida o‘tkaziladi.
Tekshirish qoidasi buyraklarning fiziologik sharoitlardagi suv
rejimiga
moslashuvini
aniqlashga
asoslangan.
Sinama
o‘tkazishga monelik hollar yo‘q. Rejim odatdagicha. Bajarish
tartibi:
1. Bolaga yoki uning onasiga tekshiruv maqsadi va tartibi
tushuntiriladi.
2. Qo‘llar yuvib, quritiladi.
3. Tayyorlab qo‘yiladi: siydikni yig‘ish uchun 8 ta toza quruq
flakonlar, har bittasiga yo‘llanma yopishtirilgan bo‘lishi kerak,
qo‘shimcha flakonlar, yo‘llanma, mustahab uchun to‘plam.
352
4. Boladan ertalab soat 06:00 da qovug‘ini bo‘shatishi
so‘raladi (siydikning bu qismi hisobga kirmaydi).
5. Bolaga soat 09:00 da siydigini 1-flakonga yig‘ish so‘raladi.
Agar siydik ko‘p bo‘lsa, qo‘shimcha flakon beriladi va unga 1-
porsiyaga qo‘shimcha belgisi qo‘yiladi.
6. Soat 09:00 dan 12:00 ga qadar siydikni ikkinchi flakonga
yig‘ish kerakligi eslatiladi va har 3 soat davomida siydikni
alohida flakonlarga yig‘ishi kerakligi tushuntiriladi.
7. Bolaning ertasi kuni ertalab soat 06:00 gacha hamma 8 ta
flakonni to‘ldirishi nazorat qilinadi.
8. Hamma flakonlarni klinik laboratoriyaga yuboriladi.
9. Natijasi o‘sha kuni yoki ertasiga olib kelinadi.
10. Natija kasallik tarixiga yopishtirib qo‘yiladi.
Izoh:
a) Og‘ir ahvoldagi bolalardan siydik yig‘ish paytida qo‘lqop
kiyiladi;
b) Har porsiya siydik yig‘ishdan oldin bola mustahab qiladi;
d) Flakonlarning birida siydik bo‘lmagan taqdirda ham shu
flakon klinik laboratoriyaga jo‘natiladi.
Qo’ltiq ostidagi haroratni o’lchash
Amalni ketma-ketligi:
1. Termometrni ehtiyotkorlik bilan 34ºCgacha silkiting.
2. Bemor o‘tirtiriladi yoki yotqiziladi, bemor yonida issiq suvli shisha, muz
to‘plami yoki isitish asboblari (grelka) yo‘qligiga ishonch hosil qiling.
3. Mahalliy yallig‘lanish jarayonini inkor qilish uchun qo‘ltiq sohasini ko‘zdan
kechiring, chunki o‘lchov natijalari ortiqcha baholanishi mumkin.
4. Qo‘ltiq sohasini quruq sochiq bilan arting, chunki namlik simobni sovutishi
mumkin.
5. Termometrni qo‘ltiq ostiga qo‘ying, simob rezervuarining tana terisiga har
tomonda tegib turganligiga ishonch hosil qiling.
6. Kuchsizlangan, holsiz bemorlarni yelkasini tanasiga biroz siqib turishga yordam
bering.
7. 10 daqiqadan so‘ng termometr ko‘rsatgichini ko‘ring va bemor haroratini
aniqlang.
8. Agar harorat 37°C yoki undan yuqori bo‘lsa, o‘lchov natijasini haroratni qayd
qilish daftariga yozib qo‘ying.
9. Ishlatilgan termometrni dezinfeksiyalang.
10. Termometrni suv bilan dezinfeksiyalovchi hid yo‘qolguncha yuvib tashlang va
toza sochiq artib quriting.
11. Termometrni tagiga paxta qatlami mavjud toza quruq idishga solib qo‘ying.
Idishga "Toza termometrlar" degan yozuvni yozing.
12. Harorat jadvalidagi o‘lchov natijasini grafik yozuv ko‘rinishida kiriting (bitta
katakchanin farqi 0,2°C)
Do'stlaringiz bilan baham: |