80
MoDDALAR ALMAShINuVI – MeTABoLIZM
IV Bo‘LIM
malar molekulasidagi atomlarni bog‘lovchi har xil kovalent bog‘lar-
da mujassamlashgan bo‘ladi. Bir molekula, ya’ni 180 g glu kozaning
C, h, o atomlari orasidagi bog‘larda to‘plangan
ener giya miqdori
2800 kJ ga teng. Fermentlar yordamida parchalanadigan glukoza-
dagi energiya bosqichma-bosqich ajraladi.
C
6
h
12
o
6
+ 6o
2
→
6Co
2
+ 6h
2
o + 2800 kJ.
ozuqa moddalardan ajralgan energiyaning bir qismi issiqlik
ener giyasi sifatida hujayradan tashqi muhitga ajraladi. Boshqa qis-
mi esa
adenozintrifosfat
(ATF)ning energiyaga boy fosfat bog‘lari-
da to‘planadi.
hujayrada kechadigan barcha jarayonlar: hujayra bo‘lini-
shi, muskullarning
qisqarishi, moddalarning membaranalar orqali
faol o‘tishi, nerv impulslarining nerv tomirlar bo‘ylab o‘tkazilishi va
boshqalarni energiya bilan ta’minlash ATF orqali amalga oshiriladi.
ATF hujayradagi energiya almashinuvida asosiy rolni o‘ynay-
di. u har qanday hujayra funksiyasini energiya bilan ta’minlab
beruvchi bevosita manbadir. harakatlanish, biosintez va boshqa-
lar – hujayra faolligining har qanday turi ATF
reaksiyasi natijasida
ajralib chiqadigan energiya hisobiga boradi. Biroq hujayradagi ATF
zaxirasi uncha ko‘p emas. Misol uchun,
muskuldagi ATF zaxirasi
muskulning 20–30 marta qisqarishiga yetadi. Lekin muskul soat-
lab ishlashi va ming martalab qisqarishi mumkin. Shuning uchun
ham hujayrada ATF doimo parchalanib
borishi bilan bir qatorda u
to‘xtovsiz sintez lanib turishi zarur. hujayradagi uglevodlar, lipidlar
va boshqa orga nik moddalarning parchalanishi natijasida ajralib
chi qadigan energiyadan sarflangan ATF o‘rnini qoplash uchun foy
-
dalaniladi.
Tez bajarilishni talab etadigan
qisqa muddatli harakatda,
masalan, qisqa masofalarga yugurish vaqtida, muskullar qisqari-
shi faqat ulardagi ATFning parchalanishi hisobiga amalga oshadi.
Yugurish tamom bo‘lganidan keyin odam kuchli nafas oladi — ana
shu vaqtda uglevodlar va boshqa moddalar kislorod ta’sirida par-
chalanib, hujayralardagi ATF zaxirasi o‘z o‘rniga keladi.
81
MoDDALAR ALMAShINuVI – MeTABoLIZM
IV Bo‘LIM
Shunday qilib, ATF hujayrani energiya bilan ta’minlab
boradi-
gan birdan bir universal manbadir.
1. Dissimilyatsiya qanday jarayon hisoblanadi?
2. ATFning kimyoviy tarkibi qaysi moddalardan iborat?
3. ATF asosan qayerda sintezlanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: