Sirtqi ii-bosqich talabasi razzoqova xolidaxon



Download 215,32 Kb.
bet3/6
Sana11.02.2022
Hajmi215,32 Kb.
#444378
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
koinotlar (3)

Galaktika (yunoncha: Galaktikos — sutli, sutsimon) — umumiy oʻzaro tortishish kuchi bilan bogʻlangan hamda Quyoshni ham oʻz ichiga olgan 200 mlrd.dan ortiq yulduzning ulkan gravitatsion sistemasi. G.da yulduzlardan tashqari yulduzlararo muhit — gaz, chang va turli mayda kosmik zarralar ham bor. Umumiy koʻrinishi jihatidan mashhur Andromeda tumanligi bilan deyarli bir xil, oʻlchami jihatdan esa undan sezilarli farq qiladi. Diametri taxminan 30 ming parsek (pk); 1 pk=206264,8 astronomik birlik (a.b.)=3,2615 yorugʻlik yili (yo.y.)=30,8561015 m; umumiy massasi taxminan 2–1041 kg (10y ta Quyosh massasiga teng). Quyoshga yaqin atrofda zichligi ~4-10"21 kg/m3. G.ning oʻzbek tilidagi nomi Somon yoʻli, chunki qadimdan yulduzlar maʼlum bir tekislikka (G. ek-vatoriga) nisbatan zich joylashib olganligi kuzatilgan boʻlib, ota-bobolarimiz uni arava ketidan toʻkilib borgan somondan hosil boʻlgan yoʻlga, yunonlar esa yerga toʻkilgan sutga oʻxshatganlar. Yunon faylasufi Demokrit Somon yoʻli son-sanoqsiz yulduzlardan iborat deb taxmin qilgan edi. Shunday ekanligini birinchi boʻlib G. Galiley isbotladi (1610). Ingliz astronomi V. Gershel 18-asrda G.ni izchil oʻrgana boshladi. Keyinchalik uni jahondagi koʻp olimlar oʻrganishdi va G.ning yangi-yangi qirralarini aniqlashdi. Oʻzbekistonda G.ga doir masalalar asosan Oʻzbekiston FA Astronomiya in-tida va Oʻzbekiston Milliy unti astronomiya kafedrasida oʻrganiladi.
G. massasining 97% ini yulduzlar tashkil etadi. Somon yoʻli markazi G. oʻzagida boʻlib, G. uning atrofida differensial tarzda aylanish xususiyatiga ega. G. aylanish oʻqi Somon yoʻli tekisligiga perpendikulyar boʻlib, uning shim. qugbi Veronika sochlari yulduz turkumi yoʻnalishida, jan. qutbi esa Hay-kaltarosh yulduz turkumida joylashgan. G. oʻzagidan Quyoshgacha boʻlgan masofa 32,6 ming yo. y.=30,85610"m ga teng. Quyosh sistemasi Somon yoʻli markazi atrofida 250 km/sek tezlik bilan hara-kat qilib, 230 mln. yil ichida bir marta toʻla aylanib chikddi. Quyosh sistemasi G.ning ekvatorial tekisligidan atigi 66,22–1013 km ga teng masofada yotadi. Bu masofa G.miz oʻrtacha qalinligidan taxminan 150 marta kichik.
G.ning optik diapazonda koʻrinadigan qismiga yon tomondan qaralganda u choʻzinchoq, yupqa linza shakliga ega. Uning diametri boʻyicha joylashgan asosiy massa Somon yoʻlini tashkil qiladi. G. tuzilishiga doyr tadqiqotlar elektromagnit nurlanish spektrining barcha diapazonlarida olib boriladi. G.mizda infraqizil nurlar, rentgen nurlari va hatto gamma-nurlar manbalari topildi. G. tarkibi, massasi va b. parametrlari boʻyicha u turlicha alohida komponentlar — oʻzak, disk, balj, galo va tojdan iborat ekan. Geometrik va kinematik jihatlaridan disk va galo bir-biridan keskin farq qiladi. Diskning yoshi galo yoshidan kamida 2 marta kichik. Yulduzlarning fizik harakteristikalari nuqtai nazaridan va tarkibi jihatidan esa G. asosan ikkita tashkil etuvchi toʻplamlarga boʻlinadi. I tur yulduz toʻplamiga eng yosh, qaynoq yudduzlar, oʻta gigantlar, uzun davrli sefeidalar, yangi va oʻta yangi yulduzlar, gaz-chang moddalari hamda yulduzlarning tarqoqsimon toʻdalari kiradi. Bu toʻplam obʼyektlari faqat Somon yoʻlida, uning simmetriya tekisligi va yaqin atrofida. joylashib, G.ning boshqa joylarida, xususan, oʻzak yoki galo kismlarida umuman kuzatilmaydi. Ularni tekislik tashkil etuvchi qism obʼyektlari ham deyiladi. I tur toʻplamidagi yudduzlar Somon yoʻli tekisligida spiralsimon tarmoqlar chizib joylashgan. Aynan shu sababli bizning G. spiral galaktika-lar sinfiga kiradi. II tur yulduz toʻplamiga qisqa davrli sefeidalar, subkarlik, qizil gigant kabi yulduzlar hamda yulduzlarning sharsimon toʻdalari kiradi. Ular, asosan, G.ning sfera tashkil etuvchi qismidan joy olgan. Bu toʻplamdagi yulduzlarning G. simmetriya tekisligiga nisbatan tezliklar dispersiyasi qiymati I tur toʻplamdagi yulduzlarnikidan ancha katta. Buning sababi G.miz kelib chiqishi va evolyutsiyasi bilan bogʻliq. II tur obʼyektlari bor yerda I tur toʻplamidan birorta obʼyekt kuzatilmaydi va, aksincha, II tur obʼyektlari tekislik tashkil etuvchi qismida koʻrinmaydi. Ushbu dalil G.miz sferik shakldagi gazeimon ulkan bulutning gravitatsion sikilishi natijasida paydo boʻlganligini, hozirgi tuzilishi esa avval sfera tashkil etuvchi qism yulduzlari vujudga kelganligini koʻrsatadi.
G. markazi Qavs yulduzlar turkumida joylashgan. U koʻproq changdan iborat qalin qatlam bilan oʻralgan. G. markazining yorqinligi 1042 erg/s. Oʻzak, asosan, qizil gigantlar, quyi spektralsinflarning mitti yudduzlaridan iborat. G.miz oʻzagi va Somon yoʻli qismi bir qarashda tinch, sokin boʻlib koʻrinadi. Aslida esa ularda tinimsiz va joʻshqin kechayotgan turli fizik jarayonlar, jumladan, yulduzlar portlashi, gaz oqimi uzluksiz ajralib turishi yoki murakkab toʻqnashuvlari, yulduzlar kollapega uchrash holatlari, pulsar va qora oʻralarning vujudga kelishi hodisalari kuzatiladi.[1]

Download 215,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish