O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“SIRTQI” FAKULTETI
“MOLIYA-KREDIT” KAFEDRASI
“BANK ISHI” BAKALAVRIAT TA’LIM YO’NALISHI BO’YICHA ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI
(SIRTQI TA’LIM ShAKLI UCHUN)
HISOBOTI
Bajardi:___________________
Ilmiy rahbar:_____________________
Toshkent-2022
REJA:
Kirish
1.Tijorat banki tashkiliy tuzilishi va tashkil topishi tarixini o’rganish.
2.Tijorat banki filialida dasturiy texnologiyalari asosida yaratilgan bank mahsulotlari va xizmatlarini o’rganish.
3. Tijorat banklari kapitali va uning tashkil etish manbalari.
4. Tijorat banki faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari va moliyaviy natijalari bilan tanishish.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar rְo’yhati
Kirish
Bozor munosabatlarining muhim bo’g’inlaridan biri bo’lgan bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish zamirida iqtisodiyotni rivojlantirish, xalqaro bank tizimi talablariga mos keluvchi mahalliy banklar faoliyatini tashkil qilish va ular faoliyatini yanada takomillashtirish shu kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Jamiyat yaxshi taraqqiy qilgan bank tizimi va banklar faoliyatiga ega bo’lmasdan sog’lom taraqqiy qilishi mumkin emas.
Iqtisodiyotni samarali boshqarish uning muhim subekti bo’lgan banklar faoliyatini o’rganishni, ularning ishlash usullari, funksiya va operasiyalarini bilishni taqozo qiladi.
O’zbekiston Respublikasida ham bank tizimini erkinlashtirish va isloh qilish borayotgan shu bosqichda asosiy maqsad banklarimiz faoliyatini xalqaro bank amaliyoti andozalariga yaqinlashtirshdan, banklarning kapitalini ko’paytirgan holda, ularni xususiylashtirish, banklar faoliyatida yangi zamonaviy texnologiyalar qo’llash va umuman banklar faoliyatining samaradorligi orqali iqtisodiyotning samarasi va barqarorligiga erishishdan iborat.
So’nggi yillarda O’zbekistonimiz iqtisodiyotida tub burilishlar ko’plab uchrab ularni bank sohasida ham yaqqol ko’rish mumkin. banklar iqtisodiyotning muhim richaglaridan biri bo’lib davlat iqtisodini yuritishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Banklar maxsus muassasa sifatida o’ziga xos bo’lgan funksiya va operasiyalarni bajaradi. Ular bajardaigan bu funksiya va operasiyalar banklar faoliyatining qator boshqa bozor munosabat subektlari faoliyatidan ajralib turishiga asos hisoblanadi. Banklarning ish predmeti bo’lib pul mablag’lari hisoblanib, ular bozor munosabatining amalga oshirilishida vositachi sifatida maydonga chiqadilar. Pul doimo o’zi bilan ehtiyotkorona muomalada bo’lishni va saqlashni, uni ko’paytirishga harakat qilishni, uni iqtisod bilan samarali va oqilona ishlatishni talab qiladi.
Respublikada bank infratuzilmalari kengayib borgan sari ularning mijozlari soni va shunga mos ravishda bajaradigan operasiyalari ko’lami hamda soni ko’payib boradi. Demak, bank operasiyalarini jahon andozalari talablari asosida tez va to’g’ri bajarish, mijozlarga sifatli xizmat ko’rsatish uchun bank tizimining barcha tuzilmalari, bank boshqarmalari, filiallar, minibanklar uchun yetarli darajada malakali bank xodimlari talab etiladi.
Bunday natijalarga erishish uchun albatta vatanga yetuk va malakali kadrlar juda kerak bo’ladi. Bu borada O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida alohida ta’kidlab o’tilgan, “…iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo’jaligini modernizasiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo’yicha institusional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqyeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investisiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish1”.
Bo’lajak bankirlar ushbu amaliyot orqali talabalar banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish tertibi, hisobvaraqlar rejasini o’rganish, kredit, kassa operasiyalarining hisobi, naqd pulsiz hisob-kitob shakllari va ular orqali hisob-kitoblarni yuritish, barcha bank operasiyalarni rasmiylashtirish, shuningdek, buxgalteriya balansining tahlili va bank moliya hsiobotlarini tuzish bo’yicha bilimlarni yanada yaxshiroq o’zlashtira oladilar.
Amaliyot davomida ish o’rganuvchilar bank funksiyalarini tatbiq etibgina qolmay o’z mulohaza va takliflarini ham berib boradilar. Bu orqali ya’ni yangi takliflar orqali banklar ham o’zlari uchun qaysidir ma’noda innovasiya qiladi va rivojlanishida yanada yuksakroq pog’onalarga qadam quyadi.
Amaliyotning asosiy va muhim vazifasi tijorat banklarining faoliyatini va ular tomonidan olib boriladigan operasiyalar hisobini tashkil etilishini hamda ular asosida nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etishni o’rganishdan iboratdir. Amaliyot yakunlangandan so’ng o’rgangan bilimlarini yoritib berish talab etiladi ya’ni hisobot yozib unda amaliyot davrida o’rgangan barcha bilimlarini yoritib, amaliyot vaqtida qilgan ishlarini yozib berish kerak bo’ladi. Shu orqali ularni tajribasisini oshirish siyosati amalga oshiriladi.
Amaliyotchilarga dastur asosida bankda yo’nalishlar berilgan bo’lib unda, buxgalteriya bo’yicha buxgalteriya apparatining tuzilishi va qoidalari qaydnomasi, shaxsiy hisobvaraqdan ko’chirmalarni o’rganadilar. Hisob-kitob kassa xizmatining ko’rsatilishi yuzasidan mijozlarga hisob raqamlar ochish tartibi bo’yicha hisobvaraq ochish uchun ariza, imzolar va muhr namunasi tushirilgan varaqcha, kassa operasiyalari bo’yicha pul topshirganlik to’g’risida e’lonnoma, kirim kassa orderi (turli shakllari), chiqim kassa orderi, kirim kassa jurnali, chiqim kassa jurnali, balansdan tashqari kirim orderi, balansdan tashqari chiqim orderlari haqida amaliy ko’nikmalarni olib boradi. Bundan tashqari, kredit, lizing va factoring operasiyalari hisobi bo’yicha kredit olish uchun ariza, kredit berilishi va qaytarilishi bilan bog’liq bo’lgan hujjatlar, lizing va faktoring operasiyalari bilan bog’liq hujjatlarni yuritib boradi, qimmatli qog’ozlar blankalari nusxalarini shakllari, valyuta operasiyalari bilan bog’liq hujjatlarni yozish va ularni yuritish tartibini o’rganadilar. Banklarning ichki operasiyalari hisobida esa bank asosiy vositalari va nomoddiy aktivlarni hisobga olish bilan bog’liq bo’lgan hujjatlar, kunlik balans, joriy, oylik va yillik buxgalteriya hisobotlari haqida amaliy ko’nikmalarini kengaytirib, oshirib borish ham amaliyotdan ko’zlangan maqsadlardan biridir.
Bank haqida
Hukumatning doimiy ravishda qo’llab-quvvatlashi tufayli Xalq bankining salohiyati yanada oshib bormoqda. Mustaqillik yillarida Xalq banki mamlakat iqtisodiyotining pul-kredit sohasidagi islohotlar jarayonida hukumatning moliya agenti sifatida faoliyat olib borib, zimmasiga yuklangan mas’uliyatli vazifalarni doimiy ravishda ado yetib kelmoqda. Bank o’z salohiyatini barqarorlashtirish, aholining ishonchini qozonish, mamlakat bank xizmatlari bozoridagi o’z mavqyei va rolini mustahkamlash uchun barcha sa’y-harakatlarini safarbar yetmoqda.
Bugungi kunda Xalq banki O’zbekiston bank tizimining muhim bo’g’ini hisoblanadi. Uning 196 ta hududiy va tuman (shahar) filiallari, 106 ta Bank xizmatlari markazlari va 2260 ga yaqin kassalar iqtisodiyotning real sektoriga – kichik biznes subektlari va aholiga keng qamrovli bank xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda.
Xalq bankining asosiy vazifalaridan biri O’zbekistonning keksa fuqarolarini nafaqalar bilan o’z vaqtida ta’minlashdan iborat. O’zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti to’g’risida»gi Qonuniga asosan fuqarolarning davlat pensiya ta’minotiga qo’shimcha tariqasida jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimi yo’lga qo’yilgan. Xalq banki yagona, o’z filiallarini bir-biri bilan bog’lovchi va yetarlicha himoyalovchi yelektron baza yaratish uchun ko’p ishlarni amalga oshirdi.
Xalq banki jamoasi doimiy ravishda o’z oldiga yangi strategik maqsad va vazifalarni qo’yib keladi. Ayni paytda mazkur qadam mijozlarga xizmat ko’rsatishning sifat jihatidan yangi darajasiga chiqishga, raqobatbardosh pozisiyaga yerishishga, investision jozibadorlikni ta’minlashga, boshqaruv va texnologik jarayonlarni modernizasiyalash hisobiga moliya xizmatlar bozorida qator ko’rsatkichlar bo’yicha peshqadam pozisiyani yegallashga xizmat qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |