Sirtqi fakultet kurs ishi mavzu: Korxonada moliyaviy tahlilni yo’lga quyish va uning muhim jihatlari. Bajardi: mm-58 guruh talabasi Ernazarova D. Qabul qildi


Korxonada moliyaviy tahlilni tashkil etish va o’tkazish bosqichlari



Download 2,31 Mb.
bet4/5
Sana21.07.2022
Hajmi2,31 Mb.
#834664
1   2   3   4   5
3.Korxonada moliyaviy tahlilni tashkil etish va o’tkazish bosqichlari
Tahlilning maqsadini aniqlash va unga yondoshish yo‘llarini belgilash. Bu bosqichda koxona ko‘rsatkichlari ularning xalq xo‘jaligi, tarmoq bo‘yicha miqdorlariga, o‘tgan davr va rejadagi hajmlariga, boshqa turdagi korxonalar ko‘rsatkichlariga solishtiriladi.
Tahlil uchun qilingan axborotlar sifatiga baho berish bosqichi. Bu bosqichda axborotlarning to‘g‘riligini hisobotlardagi ko‘rsatkichlarning tahlil talablariga javob bera olishligiga qarab tekshiriladi.
Tahlilning usullaridan foydalangan holda tahlil o‘tkazish va uning natijalarini rasmiylashtirish. Ushbu bosqichda bevosita tahlil o‘tkaziladi va unda uning usullari majmuasidan foydalaniladi va tegishli xulosa chiqariladi.

Korxonaning Moliyaviy tahlilini o‘tkazuvchilar ularni maqsadi va manfaatlari
Iqtisodiy tahlilda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar tizimi quyidailardan iborat:

  • moliyaviy natijalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar;

  • iqtisodiy potensialni ifodalovchi ko‘rsatkichlar;

  • moliyaviy potensialni ifodalovchi ko‘rsatkichlar;

  • ish faolligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar;

  • moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi ko‘rsatkichlar;

  • bozor faolligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar;

  • davlat budjeti bilan aloqalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar;

  • to‘lov qobiliyati va to‘lovga qodirlikni ifodalovchi ko‘rsat- kichlar.

Yuqorida jahon amaliyotida iqtisodiy fanlar bilan bir qatorda tahlil fanining ham shakllanishi, rivojlanishi va mustaqil fan sifatida tashkil topishining tarixiy bosqichlari haqida fikr yuritildi. Buxgalteriya hisobi fanining yaratilganligiga 500 yildan oshdi. Shu fan negizida «Moliyaviy tahlil» fani vujudga kelganligiga ham 100 yilga yaqinlashdi. O‘zbekis- tonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni jadallashtirishda bu fanning roli juda katta, chunki, amaliyotda iqtisodiy dastaklarning biri sifatida namoyon bo‘lmoqda.
90-yillarning boshlariga kelib O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach barcha sohalarda bo‘lgani singari ilm-fan sohasida ham o‘zining mustaqil yo‘lini tanlab oldi. Xususan, iqtisodiyot tarmoqlarida Moliyaviy tahlilga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgara boshladi.
Respublikamizda iqtisodiyotni erkinlashtirish bir tomondan, korxonalarning mustaqil faoliyati uchun katta imkoniyat yaratib bersa, ikkinchi tomondan ularning mas’uliyatini ham oshiradi. Korxonalarning iqtisodiy erkinligi va mas’uliyatining oshganligi ularning o‘z faoliyatini chuqur tahlil qilishni taqozo etadi.
Albatta, Moliyaviy tahlil ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan rejali iqtisodiyot sharoitida ham mavjud bo‘lgan. Ammo, uning maqsadi va mohiyati, rejali iqtisodiyotga moslashtirilgan bo‘lib, bevosita rejaning shakllanishi va bajarilishiga xizmat qilishga qaratilgan edi. Uning maz- muni esa, ma’lum darajada, mafkuraviy bo‘lib, avvalo, davlat manfaatini ifodalab kelgan, chunki, barcha mulk va uni tasarruf etish bevosita davlatning ixtiyorida edi. Endilikda iqtisodiy vaziyat tubdan o‘zgardi.
Davlatning mulkka va barcha iqtisodiy jarayonlarga egaligi barham topib, ko‘p mulkchilikka asoslangan, bozor munosabatlarini o‘zida ifoda etadigan, mazmun jihatidan yangi iqtisodiyot shakllanmoqda. Bu esa, shunga mos ravishda mazmunan yangi «Moliyaviy tahlil» fanini shakllantirilishini taqozo etadi.
Endigi «Moliyaviy tahlil» fani, eng avvalo, hech qanday mafkuraga tobe emasligi, davlat manfaatini inkor etmagan holda, turli mulk egalarining manfaatlarini o‘zida aks ettirishi bilan o‘ziga xoslik kasb etadi. Bu holat mazkur fanning maqsadi, vazifalari, tarkibi, unda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar tizimini o‘zgartirishni taqozo etadi.
Moliyaviy tahlil – bu iqtisodiy hodisa va jarayonlar mohiyatini ang- lash, tarkibiy qismlarga bo‘lishga asoslangan. Ularni ko‘p qirrali aloqa va bog‘liqligini o‘rganishdir. Tahlil fanining paydo bo‘lishi har qanday yangi bilimlarni paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan obyektiv sharoit va talablarni vujudga kelishidir.
Birinchi navbatda – kompleks va tizimli tahlilga bo‘lgan amaliy talabning vujudga kelish sababi, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivoj- lanishi, ishlab chiqarish munosabatlarining takomillashuvi, ishlab chiqarish ko‘lamining kengayishidir. Bunday sharoitda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarida qo‘llanilib kelingan tahliliy hisob- kitoblar, faraz qilishlarning qo‘llanilishi yirik xo‘jalik subyeklari sharoi- tiga yetarli bo‘lmay qolishi, korxona faoliyatini har tomonlama qamrab olgan kompleks Moliyaviy tahlilsiz murakkab iqtisodiy jarayonlarni boshqarish va optimal qarorlar qabul qilish mushkul bo‘lib qoladi.
Tahlil fanining O‘zbekistonda yaratilish tarixini taxminan 5 bosqichga bo‘lish mumkin. Respublikamizda «Moliyaviy tahlil» fanining yaratilish va rivojlanish tarixini quyidagi jadvalda ifodalab o‘tish mumkin (2-chizma).
Sobiq ittifoq olimlari ichida xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish fani bo‘yicha o‘zbekistonlik olimlarning mavqei uzluksiz oshib bordi. Bu fanga bag‘ishlangan qator monografiyalar, o‘quv qo‘llanmalari, risolalar va ilmiy maqolalar chop etila boshlandi.
Respublikamizda 60-70-yillarda tahlil fanining tashkil topishi va shakllanishida asosiy mavqeni samarqandlik olimlar egallaganini e’tirof etgan holda, 80-yillarga kelib poytaxtimiz Toshkent shahrida va respublikaning boshqa hududlarida ham tahlil fani asta-sekin shakllandi va rivoj topa boshladi. Bu davrga kelib tahlil fanining rivojlanishiga mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan R.Radjapov, A.S.Sotivoldiyev, Yo.Abdullayev, O.Mahmudov, X.Shodiyev, N.Xan, A.Shoalimov, A.T.Ibrohimov, A.Usanov, A.K.Ibragimov, B.Hasanov va boshqalar katta hissa qo‘shdilar.
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini yaratish maqsadida iqtisodiy islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda. Bozor munosabatlari sohasida har qanday xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z tasarrufidagi barcha resurslar – moliyaviy, moddiy va mehnat resurslari harakati hamda ulardan foydalanish samaradorligini to‘g‘ri boshqarishni ta’minlashi zarur bo‘ladi, ammo, ko‘pgina korxona va tashkilotlar iqtisodiy mustaqillik hamda ichki va tashqi bozorda bitimlar tuzish huquqini qo‘lga kiritganlaridan so‘ng xo‘jalik yuritishning yangi sharoitlariga tayyor emasliklari ayon bo‘lib qoldi.
Bozor iqtisodiyoti sohasida boshqaruv subyektlariga faqat axborotga ega bo‘lishning o‘zi kifoya qilmaydi. Bu axborot bilan ishlash, to‘g‘ri xulosalar chiqarish va ulardan ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida foydalanish zarur bo‘ladi. Samarali boshqarishda eng muhimi axborot va undan foydalana bilishdir. Iqtisodiy axborotlar bilan ishlashning eng muhim jihatlaridan biri uni tahlil qilishdir. Tahlil davomida xo‘jalik faoliyatini o‘rganishda hamda xulosalar chiqarishda asos bo‘ladigan bir qator ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Tahliliy ishlarni muvaffaqiyatli, samarali o‘tkazilishi uni har tomonlama o‘ylab, sinchiklab tashkil qilinishiga bog‘liq. Uni o‘tkazilishi ilmiy xarakterga asoslangan va reja asosida amalga oshirilishi lozim.
Tahlil ishlari olib borilayotganda, u bir necha bosqichlarni bosib o‘tadi. Ushbu bosqichlarni bosib o‘tish jarayonida har bir bosqichning mazmuni oldindan aniqlanishi kerak va ularning bajarilishi ma’lum tomonlarga asoslangan bo‘lishi lozim. Asoslanishi lozim bo‘lgan tomonlar esa quyidagilardan iborat:
1. Korxona faoliyatini tahlil qilish - boshqarishda qaror qabul qiladigan har bir rahbar, menejerning xizmat burchidir, bundagi asosiy tamoyil bu tahlil ishlarini bajaruvchilar o‘rtasida vazifalarni aniq taqsimlashdan iborat.
2. Ishlab chiqarish tarmoqlarida tahlil ishlarini tashkil qilishda eng zarur tamoyillardan biri uning tejamliligi, ya’ni kam xarajat qilib yuqori samaraga erishish hisoblanadi.
3.Tahlil ishlarini tashkil qilishda yana bir tamoyil uni o‘tkazishni nazorat qilib borishdir. Korxona iqtisodiy-moliyaviy ahvolini tahlil qilish bilan shug‘ullanayotgan har bir xodim korxonaning boshqaruv va moliyaviy hisobot shakllarini erkin o‘qishni, uning moddalarini tushunishni, shuningdek, xulosalar chiqarish va tavsiyalar berishni bilishi kerak. Korxonalarda iqtisodiy tahlilni tashkil etish ixtiyoriylik va amaliyotdagi tajriba hamda talabdan kelib chiqqan holda tahlil ishlari tashkil etiladi. Tahlilni tashkil etishda o‘rganiladigan mavzularning ko‘lami va ahamiyatiga qarab iqtisodchilar bilan bir qatorda korxonaning barcha mutaxassislari hamda oddiy ishchisigacha ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi. Iqtisodiy tahlilni tashkil etishning zaruriyati hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida yanada ortdi, chunki har bir faoliyatning korxona uchun manfaatlilik darajasini aniqlashdan, bu faoliyatning iqtisodiy nuqtayi nazaridan to‘g‘ri tashkil etilganligiga baho berishdan iboratdir.
Iqtisodiy tahlilni korxona miqyosida to‘liq tashkil etishga bevosita javobgar bosh hisobchi yoki korxona boshqaruvchisi bo‘lishi mumkin. Sherik korxonalarda esa bu masalaga bevosita korxona boshlig‘i yoki iqtisodiy masalalar bo‘yicha korxona boshlig‘ining muovini shug‘ullanishi mumkin bo‘ladi. Korxonalarda sex yoki brigada ma’lumotlari bo‘yicha iqtisodiy tahlilni esa shu bo‘lim boshliqlari tashkil etishlari kerak bo‘ladi. Viloyat, tuman yoki tarmoqlar bo‘yicha ma’lumotlarni umumlashtirib iqtisodiy tahlilni o‘tkazishga istiqbolni belgilash va statistik tashkilotlar yoki yuqori tashkilotlar tarkibida tashkil etilgan iqtisodiy tahlil kengashi ish yuritadi.
Boshqaruvning hamma bo‘g‘inlarida umumiy ishlab chiqarish sohasini samaradorligini oshirishda analitik ishni tashkil etish va iqtisodiy tahlilni roli oshib bormoqda. Ushbu holatdan kelib chiqib iqtisodiy tahlil tashqi va ichki tahlil turlariga bo‘linadi. Korxona va birlashmalarni ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyatining tashqi tahlilini quyidagilar olib boradilar:

  • boshqaruvning yuqori organlari;

  • moliya organlari;

  • bank tashkilotlari;

  • soliq organlari va hokazolar.

Yuqori boshqaruv organlari o‘z nazorati ostidagi korxona va uyushmalarning ishlab chiqarish faoliyatini doimiy ravishda tahlil qilib turishadi. Buning uchun esa reja va hisobot ma’lumotlari, tekshiruv natijalari va boshqa ma’lumotlar kerak bo‘ladi. Yuqoridagi bildirilgan fikrlardan foydalanib, quyida ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalarida iqtisodiy tahlilni tashkil etishni sxemasini keltirib o‘tish mumkin bo‘ladi.

13-jadval. Ishlab chiqarish birlashma (korxona) larida iqtisodiy tahlilni tashkil etish.
Moliya organlari iqtisodiy tahlil jarayonida korxona va birlashmalarning foydalilik rejasini bajarilishiga, davlat budjeti oldidagi majburiyatlariga, korxonaning moddiy va pul resurslarini ratsional taqsimlanishiga, o‘z – o‘zini moliyalashga va xarid quvvatiga diqqatini qaratadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatuvchi tijorat banklari doimiy ravishda kredit olgan korxona va birlashmalarning ish faoliyatini hamda asosiy hajm va sifat ko‘rsatkichlarini tahlil qilib turishadi, korxonalarda bank kreditlarining ishlatilishini, mehnat haqi fondini, tovar – moddiy qiymatliklar va ularni saqlanish holatini hamda to‘lov intizomi holatini tahlil qilib turishadi.
Iqtisodiy tahlil ishlarini korxona va birlashmalar olib borishi bilan bir qatorda boshqa tashkilotlar ham olib borishi mumkin:
Bularga:

  • rejalashtirish tashkilotlari;

  • ilmiy tadqiqot va loyihalashtirish institutlari;

  • jamoat tashkilotlari;

  • matbuot organlari kiradi.

Ichki tahlilni esa korxona va birlashmalarni ishchi xodimlari olib boradi va ularning turli tarkibiy bo‘linmalari o‘zlariga tegishli funksiyalarni belgilab oladilar. Iqtisodiy tahlil ko‘p qirraliligi bilan ajralib turadi. Korxonani hamma faoliyati sferalarida mavjud bo‘lgan rezervlarni izlab topish, taqsimlangan majburiyatlarni aniq bajarilishi va uni amalga oshirishda mas’uliyatni his etish lozim bo‘ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida analitik ishlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan uni qanday tashkil etilganligiga va rejalashtirishga bog‘liq, odatda, analitik ishlarda nafaqat korxonani boshqaruv tarkibi, balki boshqaruvning funksional organlari, jamoatchilik a’zolari hamda mehnat jamoasigacha qatnashishi mumkin bo‘ladi. Iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiy tahlilni tashkil etishning quyidagi bosqichlari keltirib o‘tilgan:
Tahlil o‘tkazishning rejasi va dasturini tuzish bosqichi.
Iqtisodiy tahlilning dasturi va rejasini tuzib olish tahlilni tashkil etishning asosiy qismidir. Bu bosqichda iqtisodiy tahlil ishlari nimadan boshlanishi, tahlil o‘tkazuvchi komissiyaga kimlar kiritilishi hamda tahlil 93 ishlari nima bilan yakunlanishi ko‘rsatib o‘tiladi.
Bundan tashqari iqtisodiy tahlil o‘tkazish dasturida quyidagilar aniq ko‘rsatilgan va belgilanib olingan bo‘lishi lozim:
- tahlilning maqsadi va vazifasini aniqlash;
- tahlil obyektini aniqlash;
- iqtisodiy tahlil ishlarini olib borish joyi;
- tahlil mazmunini izohlash;
- ijrochilarni tarkibi va ularning vazifalarini belgilash;
- tahlil o‘tkazish muddatini belgilab olish;
- tahlil manbalari va ularni natijalarini rasmiylashtirish tartibini aniqlab olish.
Tahlil uchun kerakli bo‘lgan manbalarni aniqlash, yig‘ish hamda hisoblanadigan ko‘rsatkichlarni belgilash bosqichi.
Ushbu bosqichda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
- tahlil uchun zarur ma’lumotlarni aniqlash;
- tahlil manbalarini to‘plash;
- qo‘shimcha ma’lumotlarni jalb etish;
To‘plangan ma’lumotlarni to‘g‘riligini tekshirish va tahlil uchun moslashtirish bosqichi. To‘plangan manbalarni to‘g‘riligini tekshirish hamda ishonchliligini aniqlashdan iborat bo‘ladi va ushbu manbalar tahlil uchun moslashtiriladi.
Bundan tashqari ushbu bosqichda quyidagilar aniqlanib olinadi:
- tahlil usullarini aniqlab olish;
- ma’lumotlarni soddalashtirish;
- jadval, sxema va maketlarni tuzish;
- ta’sir etuvchi faktorlarni aniqlash;
- rezervlarni aniqlash.
Bevosita xo‘jalik subyektlarining barcha sohalarini belgilangan tartibda tahlil qilib chiqish bosqichi. Bu eng muhim bosqich bo‘lib, bevosita tahlil ishlari bajariladi, ko‘rsatkichlar hisoblanadi, o‘zgarish sabablari va farqlar aniqlanadi.
Ushbu bosqichda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
- mezon ko‘rsatkichlarini aniqlash;
- ko‘rsatkichlarni hisob-kitob qilish hamda natijalarini baholash;
- baholashda ekspertizadan foydalanish;
- natijalarni umumlashtiruvchi mezonlar;
- tahlil natijalarini xulosaga tayyorlash.
Tahlil natijalarini umumlashtirish va rasmiylashtirish bosqichi.
Bu bosqichda o‘rganilayotgan iqtisodiy jarayon yakunlanadi va ma’lum bir o‘zgarishlarga baho beriladi hamda tahlilga yakun yasaladi.
Bundan tashqari ushbu bosqichda ham quyidagi ishlar amalga oshirilishi lozim bo‘ladi:
- korxona faoliyati natijalarining o‘zgarish sabablarini aniqlash;
- korxona faoliyatini yaxshilanish rezervlarini jamlash;
- aniqlangan rezervlardan foydalanish tadbirlarini belgilash;
- tahlil natijalarini hisoblash va hisobotda ifodalash.
Tahlil natijasida ilg‘or g‘oya va tajribalarni amaliyotda qo‘llash shart-sharoitlarini ko‘rsatib berish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish bosqichi.
Mazkur bosqichda tahlil natijasida aniqlangan imkoniyatlarni korxona faoliyatiga qo‘llash yo‘llari ko‘rsatib beriladi, tavsiyalar beriladi, aniqlangan ilg‘or g‘oya va tajribalarni amaliyotga tatbiq etishni ko‘rsatib beradi va ularning haqiqatda kelgusida bajarilishi nazorat qilib boriladi.
Korxonalarni to‘g‘ri va oqilona boshqarish uchun turli-tuman ma’lumotlar tizimidan foydalanish zarurki, ular orqali to‘g‘ri boshqaruv qarorlari qabul qilinishi mumkin. Ma’lumotlar deyilganda iqtisodiy hodisalar, voqealar va xo‘jalik jarayonlarini tegishli manbalar orqali aks ettirish, ularni qayta hisoblash va o‘rganish, hamda qiziquvchi tashkilotlarga uzatish tushuniladi.
Tahlil uchun kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni mazmuniga qarab quyidagi turlarga ajratish mumkin:

  • Iqtisodiy ma’lumotlar.

  • Huquqiy-me’yoriy ma’lumotlar.

  • Ilmiy- texnikaviy ma’lumotlar.

  • Tabiiy- ekologik ma’lumotlar.

  • Tahlil jarayonida foydalaniladigan boshqa ma’lumotlar.

Iqtisodiy ma’lumotlarni biznes-reja, turli xil axborot manbalar, texnologik ma’lumotlar, operativ-texnik, me’yoriy va hisob hujjatlari tashkil etadi. Bu manbalar tahlilda eng ko‘p foydalaniladi. Huquqiy-me’yoriy ma’lumotlarga esa respublikamizda amal qilayotgan barcha qonunlar, me’yoriy hujjatlar va normativ aktlarda rasmiylashtirilgan axborotlardan foydalanish tushuniladi. Ilmiy-texnikaviy ma’lumotlar, eng yangi taraqqiyot, jahondagi o‘zgarishlar, fan va texnika yutuqlarini o‘zida mujassam etgan axborotlardir. Bu axborotlar tahlil uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Tabiiy-ekologik ma’lumotlar, tabiat, yer, iqlim va boshqa ekologik omillarni mujassamlashtirgan axborotlarni iqtisodiy tahlilda muhim manba sifatida o‘rganiladi.
Boshqa manbalarga esa, iqtisodiy, huquqiy, ilmiy-texnikaviy, tabiiy-ekologik manbalarda aks etmagan ma’lumotlar tushunilib, bunga ommaviy axborot vositalari, gazeta va jurnallardagi, radio va televideniyadagi keltirilgan axborotlardan foydalanish tahlil uchun muhimdir. Ko‘plab manbalarni tahlil jarayonlarida qo‘llash ularning mazmunini boyitishga, boshqaruv qarorlarini xolisona bo‘lishini va korxonalarni bozor iqtisodiyoti sharoitida faol qatnashishiga imkon yaratadi.
Iqtisodiy manbalar boshqa axborotlardan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:
Hujjatlashganligi – barcha iqtisodiy hodisa va jarayonlar sodir bo‘lishi bilan tegishli boshlang‘ich hujjatlarda qayd etiladi hamda axborot sifatida rasmiylashadi.
Turli-tumanligi – hodisa va voqealar ko‘pgina manbalarda qayd etilib, hajmi, mazmuni, shakli jihatidan bir- biridan farqlanadi.
Ommaviyligi va hajmining kengligi – ko‘pgina iqtisodiy axborotlar tegishli shaklga ega bo‘lganligi, hisobot shakllarining yuqori organlar tomonidan tasdiqlanilganligi ularni tushunishni, bilishni osonlashtiradi.
Ma’lum davrlarda takrorlanib turishligi – tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar muntazam to‘lg‘azilib tegishli tashkilotlarga topshirilish ko‘zda tutiladi, hisobot davrlari – choraklar, yarim hamda yillik muddatlarga bo‘linib axborotlar tuziladi.
Qonunlashganligi va chegaralanganligi – barcha iqtisodiy axborotlar davlat tashkilotlari, moliya vazirligi, makroiqtisod vazirligi va soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan shakllarga asoslanib tuziladi. Bozor iqtisodi sharoitida korxonalar uchun muhim sanalgan ayrim ma’lumotlar boshqalar uchun maxfiy bo‘lib, faqat egasining ruxsati bilan e’lon qilinishi mumkin.
Ko‘p qirraliligi va sermazmunligi – iqtisodiy axborotlar miqdoriy va qiymat o‘lchamlarida ko‘rsatiladi, boshlang‘ich hujjatlarda korxona nomi, imzo chekuvchilarning nasl-nomasi, davri va mahsulotlarning turlari ko‘rsatilgan holda rasmiylashadi. Iqtisodiy ma’lumotlarning aksariyat qismini hisob axborotlari tashkil etib, buxgalteriya, statistika va tezkor hisoblar majmuidan iboratdir. Buxgalteriya hisobi ma’lumotlari iqtisodiy tahlil axborotlari tarkibida 70 foizdan ortiq salmoqni egallaydi.
Tahlil uchun kerakli manbalar quyidagi talablarni bajarishi lozim:
1. Haqqoniylik va xolisonalik tamoyiliga amal qilinadi.
2. Manbalar tahlil qilinishi uchun keng imkoniyatli bo‘lmog‘i lozim, ya’ni reja, hisob va statistik ma’lumotlar hodisa va jarayonlar mazmunini to‘liq yoritishi, talab qilingan vazifalarni bajarishi kerak.
3. Iqtisodiy hodisa va voqealarni ifodalovchi manbalar aniq o‘lchamda aks ettirilishi lozim.
4. Barcha manbalarning umumiy birligi va uzviy bog‘liqligi saqlanadi hamda ulardagi axbarotlar bir-birini to‘ldirib turishini taqozo etadi.
5. Manbalarga kiritilgan ko‘rsatkichlarni aniqlanish tamoyillari va aks ettiriladigan davrlar mosligi zarurdir. Yuqoridagi talablarga javob beruvchi barcha axborotlar tahlilning aniq bajarilishi, sermazmun bo‘lishligiga imkon yaratadi. Xo‘jalik faoliyatini avtomatik boshqarish sistemasi sharoitida tashkil etish deyilganda, elektron hisoblash mashinalari (kompyuterlar) yordamida va iqtisodiy matematik usullarni qo‘llagan holda ishlab chiqarishning muhim sohalarini aniq va to‘g‘ri boshqarish vazifalarini amalga oshirish maqsadida tashkil etish tushuniladi.
Bunday amalga oshirish uch xil yo‘nalishda bo‘lishi mumkin, ya’ni:

  • Markazlashgan.

  • Markazlashmagan.

  • Aralash.

Xo‘jalik faoliyatini tahlil etishning avtomatik boshqarish sistemasi sharoitida amalga oshirish quyidagi prinsiplarga amal qiladi:

  • Aniq maqsadga ega ekanligi sistemalashganligi.

  • Kompleksliligi.

  • Ixchamlashganliligi.

  • Uzluksizlik va muntazamlilik.

  • Taqqoslanish imkoniyatini kengligi.

  • Yechim loyihasi aniq va ixchamliligi.

Avtomatik boshqarish sistemasi sharoitida tahlil etish quyidagi sharoitda bajariladi:

  • Qayd etish.

  • Boshlang‘ich ma’lumotlarni yig‘ish va uzatish.

  • Umumiy ma’lumotlar bazasini tashkil etish.

  • Ko‘rsatkichlar algoritmi bo‘yicha ma’lumotlarni qayta ishlash.

  • Iste’molchilar uchun kerakli ma’lumotlarni tayyorlash.

Tahlil uchun kerakli ma’lumotlarning aniqligini va tez muddatda tayyorlashning eng aniq yo‘llaridan biri – kompyuter dasturlari yordamida qayta ishlash hisoblanadi.
Kompleks avtomatlashgan sharoitda tahlil uchun kerakli ma’lumotlardan foydalanish xususiyatlari ma’lum darajada imkoniyatlarni ochib beradi:
1. Boshlang‘ich hujjatlar - hisob, statistika normativ ma’lumotlar kompyuterning xotirasiga qo‘yilib faqat bir xil manba ya’ni mashina xotirasiga olinadi.
2. Tahlil uchun kerakli turli murakkab hisoblashlar ma’lum sekundlarda bajariladi.
3. Ta’sir etuvchi omillarni mashinalar aniq ko‘rsatib beradi.
4. Tahlil uchun kerakli ma’lumotlar va tahlil natijalari o‘rnatilgan shaklda mashinagramma, tabelogrammalarda ifodalanadi.
5. Turli xil iqtisodiy ma’lumotlar mashinalar uchun bir xil shifr va kodlarda kiritiladi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasiga ko‘ra ishni avtomatlashtirilgan tarzda olib borish iqtisodiy samaradorlikka olib keladi
Xulosa
Xulosa qilib aytish mumkinki, tahlilning muhim xususiyati o‘rganiladigan muayyan iqtisodiy ko‘rsatkich alohida tarzda, boshqa omillardan ajratilgan holda tahlil qilinmaydi. Ularning o‘zaro bog‘liqligi doimo e’tiborda tutiladi. Tahlilning usullari to‘g‘ri tanlansa, ulardan ilmiy, ijodiy foydalanilsa, tahlil muvaffaqiyatli chiqadi. Bu esa o‘rganilayotgan obyektga dialektik yondashuvni talab etadi.
Tahlil qilishda dialektik usuldan foydalanish, korxona xo‘jalik faoliyatini o‘rganib chiqishda barcha bog‘liq tomonlarini hisobga olinishini talab etadi.
Moliyaviy tahlilning o‘ziga xos xususiyatlarida moliyaviy analitiklar quyidagi muhim jihatlarga ahamiyat berishlari lozim:
- operatsion jarayonning tashkil etilishiga;
- naqd mablag‘larning harakatiga;
- boshqaruvning maqsadliligiga;
- tarmoq risklarini baholashga;
- bozorni o‘rganishga;
- faoliyat ko‘lamini o‘rganishga;
- yuridik maqomini o‘rganishga.
Moliyaviy tahlil kompaniyaning faoliyatining turli jihatlarini va moliyaviy ahvolini tavsiflovchi nisbiy ko'rsatkichlarni hisoblash asosida hisoblanadi. Biroq, moliyaviy tahlilni amalga oshirishda asosiy narsa ko'rsatkichlarni hisoblash emas, balki olingan natijalarni izohlash qobiliyatidir.
Moliyaviy tahlil uchun siz quyidagi ko'rsatkichlardan foydalanishingiz mumkin:
Foyda va zarar ko'rsatkichlari (moliyaviy natijalar).
Aktivlar va majburiyatlarning ko'rsatkichlari.
Ko'rsatkichlar ishlash samaradorligi O'z faoliyatining rentabelligini va investitsiyalarning daromadliligini tavsiflovchi korxonalar.
Ko'rsatkichlar barqarorlik Korxonaning tashqi moliyalashtirish manbalaridan mustaqil moliyalashtirish darajasidan, foiz stavkalari, ko'rsatkichlari to'lov qobiliyati Korxona hozirgi qarzlar bilan to'lashga qodirmi yoki yo'qmi, uning bankrotlik yaqin kelajakda keladimi, deb javob bermoqda.
Korxonaning batafsil moliyaviy tahlili bir qator choraklar uchun dinamikatsiya qilinishi kerak, tahlil qilish uchun ma'lumotni izohlash uchun, tahlil qilish davrining boshida va oxirida ma'lumotlarni solishtirish kifoya qiladi.
Korxonaning moliyaviy natijalarini tahlil qilganda, ushbu korxona tomonidan tahlil qilingan davrda olingan sof daromad, foyda yoki zararlar baholanishi kerak.
Korxonaning moliyaviy natijalari bo'yicha tahlil va xulosalar quyidagi savollarga batafsil javoblarni amalga oshirishi kerak.


Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish