O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
SIRTQI FAKULTET
“IQTISODIYOT” KAFEDRASI
ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI BO‘YICHA
H I S O B O T I
Tayyorladi: IX-51-2 guruhtalabasi
Umarova Go‘zal Sabirovna
Amaliyotrahbari:
Qodirov Bekzodbek Xushnud o‘g‘li
Kafedra tomonidan ro’yxatga olingantartibraqami№
“ ” 2022y.
(imzo)
Hisobot himoyaga tavsiyaqilindi(qilinmadi)
Sana “ ” 2022 y.Rahbarimzosi:
Hisobot bahosi ballKomissiya a’zolari:
TOSHKENT-2022
REJA:
Kirish
1.Toshkent shahar statistika boshqarmasining faoliyatini tashkil etish.
2. Toshkent shahar statistika boshqarmasi maqsad va vazifalari.
3. Toshkent shahar statistika boshqarmasining huquqlari va javobgarligi
Xulosa
Kirish
O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiyalash, xususiy mulkning o‘rni va ta’sirini kengaytirish, ishbilarmonlik va tadbirkorlik sohalari uchun barcha zarur imkoniyatlarni yaratish va rag‘batlantirishni hozirgi vaqtda hayotning o‘zi taqozo etmoqda.
Iqtisodiy voqealarni bilish jarayonida statistika muhim rol o‘ynaydi. Har qanday davrlarda bo‘lganidek, bozor iqtisodiyotida ham iqtisodiy hodisalarni o‘rganish ular ustida statistik kuzatishni yo‘lga qo‘yishdan boshlanadi, bu jarayonda hayotiy voqealar (faktlar) qayd qilinib, ular hisobga olinishi natijasida boshlang‘ich ma’lumotlar to‘planadi. So‘ngra ularni qayta ishlash yo‘li bilan umumlashgan statistik axborot va ko‘rsatkichlar yaratiladi. Ularni statistika uslubi yordamida tahlil qilib ommaviy jarayonlarning statistik qonuniyatlari aniqlanadi.
Rejali boshqarish sharoitida statistikaning asosiy funksiyasi davlat rejalarini bajarish ustidan nazorat qilishdan iborat. Shu maqsad jihatdan mikroiqtisodiy ko‘rsatkichlar eng muhim ahamiyatga ega, chunki iqtisodiyotning quyi darajalarida davlat rejasini bajarish yuqori darajalarda ham uning bajarilishini ta’minlovchi zamin hisoblanadi. Mikroma’lumotlar ochiq bo‘lib, statistika va boshqa maqsadlarda ham ulardan foydalanish mumkin. Hamma respondentlar korxona, tashkilotlar va muassasalar o‘z faoliyatilari haqidagi ma’ulumotlarni hisobot shaklida statistika tashkilotlariga taqdim etishga majburdir, chunki ular davlat va jamoa mulki shakllaridagi umumxalq mulki hisoblanadi. Barcha respondentlar uchun tegishli hisobot ma’lumotlarini taqdim etish va boshqa statistik tekshirishlarga mutaxassislari va moliyaviy resurslari bilan jalb qilinishlari haqidagi va davlat boshqaruv tashkilotlari tomonidan chiqarilgan qarorlar qonun kuchiga ega. Bu esa davlat statistika tashkilotlarini ularga nisbatan katta huquqlar bilan ta’minlaydi. Statistika asosiy sotsial va iqtisodiy rivojlanish tendensiyalari va qonuniyatlarini aniqlashi kerak. Buning uchun u mikroma’lumotlarni agregatlashtirish yo‘li bilan makroko‘rsatkichlar tuzib chiqadi, ularda tasodifiy kuchlar ta’siri bir-birini qirqib, umumiy barqarorlik, turg‘unlik qaror topadi.Bunday makroiqtisodiy axborotlardan oliy firqa va davlat tashkilotlari boshqaruv maqsadlarida ham, targ‘ibot va tashviqot uchun ham foydalaniladi.
Mulkchilik shakllaridan qatʼiy nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan davlat statistikasi toʻgʻrisidagi amaldagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi, statistika axboroti oʻz vaqtida taqdim etilishi, uning toʻliqligi va ishonchliligi ustidan qatʼiy nazorat olib boradi.
Oʻz funksiyalarini bajarish uchun Oʻzbekistonda statistika organlari quyidagi vakolatlarga ega:
-davlat statistikasi sohasidagi yagona siyosatni amalga oshirish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirib borish va funksional tartibga solish;
-davlat statistika kuzatuvlari shakllarini tasdiqlash va idoraviy statistika kuzatuvlari shakllarini kelishish;
-moliya, bojxona, soliq organlaridan, banklardan, boshqa idora va agentliklardan, yuridik shaxslardan, ularning vakolatxonalari va filiallaridan, jismoniy shaxslardan, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlardan davlat statistika hisobotlarini, idoraviy hisobotlar ma’lumotlarini va davlat statistika ishlarini olib borish uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni, shuningdek ularga ilova qilinadigan tushuntirishlarni (ularni tayyorlashning har qanday bosqichida) soʻrash, olish va olingan ma’lumotlardan statistika maqsadlarida foydalanish;
-statistika ma’lumotlarini taqdim etuvchi davlat organlari, yuridik shaxslar, ularning vakolatxonalari va filiallari, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun bajarilishi majburiy boʻlgan normativ hujjatlarni belgilangan tartibda qabul qilish;
-statistika ma’lumotlarining ishonchliligi va toʻliqligini belgilangan tartibda tekshirish. Qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish haqida koʻrsatmalar berish hamda jamlanma statistika ma’lumotlariga tegishli tuzatishlar kiritish;
-xalqaro statistika va iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi; statistika sohasidagi seminar va yigʻilishlarni, shu jumladan, xalqaro tadbirlarni, tashkil qilish va ishtirok etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |