Bog'liq Strategik menejmentda boshqaruv tamoyillarining qo`llanilishi
Strategik menejer va qo’yiladigan asosiy talablar. Bugungi kunda murakkab va tez o’zgaruvchan vaziyatda raqobatlashish uchun firma strategiyani ishlab chiqishini boshqaruvchilarni strategik menejerlarni aniqlab olishi lozim. Ularning vazifasi butun tashkilot faoliyatining ma’lum bir yo’nalishda borishini ta’minlashdir (ular kunincha kompleks menejerlar, deb ataladi). Ular biznesning ayrim fuiktsiyalari (xodimlar, ta’minot, ishlab chiqarish, savdo, mijozlarga xizmat ko’rsatish, hisob) bajarilishini taminlanishi funktsion menejerlardan farq qiladi va butun tashkilotni strategik jihatda boshqarib, kompaniyada o’ziga xos o’rin egallaydi.
E.Vrappning fikricha (Chikago universiteti), eng omadli strategik menejerlar quyidagi hislatlarga ega bo’lishi kerak:
ko’p narsadan yaxshi xabardor bo’lishlari;
o’z vaqti va kuch-quvvatini boshqara olishlari,
yaxshi siyosatchi bo’lishlari (konsensus topa olishlari);
ekspertlarga o’xshab «bir narsaga yopishib olmasliklari»; - dasturni xususiy yo’nalishlarda ilgari sura olishlari lozim.
Ko’p narsadan xabardor bo’lish boshqaruvning turli pog’onalarida keng ko’lamli boshqaruv qarorlarini qabul qila olishga imkon beradi. Menejerlar tashkilotning turli qismlarida axborot manbalari tarmog’ini tashkil qilishlari kerak, bu ularga voqelikdan tez xabardor bo’lib turish imkonini beradi.
Ular o’z vaqti va kuch-quvvatini turli ishlar, qarorlar muammolar o’rtasida to’g’ri taqsimlay olishlari kerak. Shuningdek, qachon javobgarlikni taqsimlash kerakligi, qaysi paytda xususiy muammolarga aralashish kerakligini bilishlari lozim.
Yaxshi siyosatchi o’z fikrlari asosida konsensus topa olish san’atini egallagan bo’lishi, ularni o’z obro’-e’tibori bilan ilgari surish uchun tazyiq ko’rsatmasligi kerak. U diktator kabi emas, balki koalitsiyaning a’zosi yoki rahbari sifatida ish tutishi lozim.
O’zgaruvchan dunyo strategik menejerdan moslashuvchanlikni talab qiladi. U manevrlarga va vujudga kelgan vaziyatga moslashshpga tayyor turishi kerak. Bu esa firma ma’lum bir maqsadlarsiz ish yuritsa-da, biroq ularni o’zgartirishga tayyor turishi kerakligini anglatadi.
Xulosa Tashkilot faoliyatiga manfaatlari ta’sir etuvchi odamlar guruhi (demakki, firma vazifalari aniqlanishida hisobga olinishi lozim manfaatlar egalari) bo’lib tashkilot egalari (ta’sischilari) xodimlari, tashkilot mahsulotlarini sotib oluvchilar, firmaning hamkorlari, mahalliy jamoat va butun jamiyat hisoblanadi. Vazifada har bir sub’ekt manfaatlarining namoyon bo’lish darajasi bevosita tashkilot katta-kichikligiga, qaysi biznes turi bilan shug’ullanishiga, qaerda joylashganligiga va h.klarga bog’likdir.
Keyin uzoq muddatli maqsadlarni aniqlash kichik jarayoni boshlanadi. Strategik boshqaruvning ushbu qismi qisqa muddatli maqsadlarni aniqlash bilan tugallanadi. Firma maqsad va vazifalarini aniqlash firma nima uchun faoliyat yuritayotganligi va nimaga erishmoqchiligi aniqlanishiga olib keladi. Buni bilib esa qzini tutish strategiyasini to’g’ri tanlash mumkin.
Vazifa o’zida nimani va qanday muddatlarda tashkilot qilishi lozimligi hakida aniq ko’rsatmalarni mujassamlantirmasligi lozim. U tashkilot harakatining asosiy yo’nalishlarini ko’rsatadi.
Evropa, va ayniqsa, Amerika korxona va tashkilotlari potentsial xaridorlar hamda o’ziga nisabatan jamiyatning yaxshi munosabatini mustaxkamlash uchun o’zaro raqobatlashish jarayonida maksimal darajada shaffof bo’lishga harakat qiladilar.
Vazifani shakllantitrish korxonaning xaqiqiy maqsadlari xaqida o’ylantirishini amaliyot ko’rsatmoqda, shuning uchun bu dastak eng avvalo, rahbarlarni qiziqtirish lozim. Vazifa shunday shakllantirishi lozimki, uni tashqi muhitda sifat va ishonchlilik jihatidan boshqalardan ajratib turuvchi tashkilotning joriy yutuqlarini aks ettirsin va kelajakdagi intilishlarini ifoda etsin. Bunda vazifa strategik muljallarni aniqlaydi va taktik yo’nalishlarni kqrsatadi, ular, o’z navbatida, tashkilot ichki muhiti uchun o’ziga xos vazifa bo’ladi.