Oldingi tahrirga qarang. Pul mablag‘larini qabul qilish va topshirish, kirim va chiqim hujjatlarini rasmiylashtirish, kassa kitobini yuritish, kassa operatsiyalari to‘g‘risidagi hisobotni tuzish Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari (ro‘yxat raqami 2687, 2015-yil 22-iyun) bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2015-yil 27-avgustdagi 77, 16-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1781-2, 02.09.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 35-son, 470-modda) Pul mablag‘larini hisobga olish qaydnomasida hisob-kitob schyoti va bankdagi boshqa schyotlar bo‘yicha operatsiyalar yozuvlari bank ko‘chirmalari va unga ilova qilingan hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Hisob-kitob schyoti bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish va rasmiylashtirish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
33. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi, mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlarda (6000) hisobga olinadigan mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish uchun qo‘llaniladi.
Qaydnomada 6010 schyotning krediti bo‘yicha pozitsiyali usul bilan olingan moddiy qimmatliklar uchun mol yetkazib beruvchilarning schyotlari, shuningdek pudratchilarning bajarilgan ishlar va xizmatlari uchun schyotlari yoziladi. 6010 schyotning debetida mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarning schyotlari bo‘yicha yakuniy to‘lov operatsiyalari, pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar krediti bilan korrespondensiyalashgan holda aks ettiriladi.
34. Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi hisobning kombinatsiyalashgan registri hisoblanadi, unda 4220 “Xizmat safarlariga berilgan bo‘naklar” schyoti, 4230 “Umumxo‘jalik xarajatlari uchun berilgan bo‘naklar” schyoti va 6970 “Hisobdor shaxslarga qarzdorlik” schyotlari bo‘yicha hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarning analitik va sintetik hisobi birlashtirilgan.
35. Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi, mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlarda (6700) hisobga olinadigan mehnat haqi bo‘yicha hisob-kitoblar hisobi uchun mo‘ljallangan.
Qaydnomaning “6710 — schyoti kreditidan quyidagi schyotlar debetiga” bo‘limida fermer xo‘jaligining ishchilariga bajarilgan ishlar uchun qonunchilikka muvofiq hisoblangan mehnat haqi summalari aks ettiriladi.
Qaydnomaning “6710 — schyoti debetidan quyidagi schyotlar kreditiga (ushlab qolingan)” bo‘limida ishchilarning mehnat haqidan qonunchilikka muvofiq barcha ushlanmalarning (jismoniy shaxslarning daromadlaridan soliq, berilgan bo‘naklar summasi, hisobdor shaxslar tomonidan o‘z vaqtida qaytarilmagan summalar, turli korxonalar va shaxslar foydasiga ijro varaqalari bo‘yicha summalar va boshqalar) summasi aks ettiriladi. “To‘lanadi” ustunida ishchilarga to‘lanishi lozim bo‘lgan summa aks ettiriladi.
Qaydnoma to‘lov hujjati ham hisoblanadi va fermer xo‘jaligi ishchilariga mehnat haqini to‘lash uchun mo‘ljallangan.
Fermer xo‘jaligi xodimlariga to‘lanishi lozim bo‘lgan mehnat haqi o‘z vaqtida to‘lanmagan holatda, ushbu qaydnomaning “To‘lanadi” ustunida “Deponentlangan” deb yoziladi va ko‘rsatilgan summa har bir xodim bo‘yicha (pozitsiyali usuldagi yozuv bilan) keyingi oyning qaydnomasida “20__ y ________dagi qoldiq (xodim oldidagi qarzdorlik)” ustuniga o‘tkaziladi.
36. Boshqa majburiyatlarni hisobga olish qaydnomasi, fermer xo‘jaligining asosiy ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan xo‘jalik operatsiyalari natijasida yuzaga keladigan boshqa majburiyatlarning analitik va sintetik hisobi uchun mo‘ljallangan. Ushbu qaydnoma, kechiktirilgan majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlarda (6200), olingan bo‘naklarni hisobga oluvchi schyotlarda (6300), budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlarda (6400), sug‘urta va maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlarda (6500), qisqa muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6800) va 6970 “Hisobdor shaxslarga bo‘lgan qarz” schyotidan tashqari turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlarda (6900) hisobga olinadigan boshqa majburiyatlarning har bir turi bo‘yicha kreditorlar kesimida alohida ochiladi.
37. Xususiy kapitalni hisobga olish qaydnomasi, hisobot davri uchun fermer xo‘jaligi xususiy kapitalining holati va harakatlanishi haqidagi ma’lumotni uni shakllantirish manbalari bo‘yicha aks ettirish uchun mo‘ljallangan. Ushbu qaydnoma fermer xo‘jaliklari tomonidan ustav kapitalini (8300), rezerv kapitalini (8500), taqsimlanmagan foydani (qoplanmagan zararni) (8700) va maqsadli tushumlarni (8800) hisobga oluvchi schyotlarda hisobi yuritiladigan xususiy kapitalning analitik va sintetik hisobini yuritish uchun qo‘llaniladi.
38. Hisobot davri xarajat (sarf)larini hisobga olish qaydnomasi, hisobot davri xarajatlarini (sarfini) ishlab chiqariladigan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining tannarxiga olib boriladigan ishlab chiqarish xarajatlari va ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan, davr xarajatlari bo‘yicha umumlashtirish uchun qo‘llaniladi. Ushbu registrda hisobot davrining xarajatlari (sarflari) haqidagi ma’lumot 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” schyoti, 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” schyoti va davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (9400) aylanmasidan kelib chiqqan holda aks ettiriladi.