-iqtisod siyosatdan ustun turib, mafkuraviy tazyiqlarsiz, o’ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanmog’i kerak; -davlat bosh islohotchi o’rnida bo’lib, u islohotlarning ustuvor yo’nalishlarini belgilab berishi va ularni izchillik bilan amalga oshirishi lozim; -bozor munosabatlariga o’tish qonun ustuvorligini talab qiladi. Butun xalq tomonidan qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarga amal qilinishi shart; -bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini himoya qilishning kuchli ijtimoiy siyosatini o’tkazish; -ijtimoiy islohotlarning rivojlanib borishi va yo’nalishini belgilab beruvchi tamoyillardan biri bozor iqtisodiyotiga o’tish evolyutsion yo’l bilan, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi zarur. Yangi iqtisodiy munosabatlarga o’tish tamoyillari asosida g’oyat mas'uliyatli va murakkab vazifa - iqtisodiy islohotlar strategiyasi ishlab chiqildi. Iqtisodiy strategiyaning boshlang’ich nuqtasi ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarning pirovard maqsadini belgilab olishdan iboratdir. Bu vazifa markazlashtirilgan, ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga, bir sifat holatidan ikkinchi sifat holatiga o’tishdan iboratdir.
22. Qishloq xo‘jaligida islohatlarni amalga oshirishda eng ustuvor masala sifatida yerga mulkchilik masalasi hal qilindi. O‘zbekiston Respublikasida sug‘oriladigan yerlarning kamligini hisobga olib, yer xususiy mulk qilib sotilishi mumkin emasligi, balki uni uzoq muddatli ijara shartlari bilan topshirish mumkinligini huquqiy hujjatlarda qayd etildi.Mustaqillikning dastlabki qadamlaridan boshlab qabul qilingan meyoriy hujjatlarda, xususan, “Yer to‘g‘risida”gi (20 iyun 1990 yil) va boshqa qonunlarda va Prezident farmonlarida qishloq xo‘jaligidagi tub islohatlarni huquqiy va nazariy asoslari yaratildi.Qishloqda bozor munosabatlarini rivojlantirish, dehqonning yerga egalik hissini qayta tiklash, yerni sotish-olishga yo‘l qo‘ymasdan, balki uni uzoq muddatlarga (50 yilgacha) meros qilish huquqi bilan vaqtincha yoki umrbod foydalanishga berish masalalari hal qilindi. 1992-yildan boshlab atigi uch yil ichida mavjud 1137 davlat xo‘jalligidan 1066 mulkchilikning aksiyadorlik, jamoa yoki ijaradagi xo‘jalikka aylantirildi 1516 qoramolchilik fermasi mehnat jamoalarining mulki qilib berildi. Qishloq xo‘jaligida ko‘p ukladli iqtisod vujudga keldi.
23. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mita va komissiyalarining 2017-yilga belgilangan ish rejasiga muvofiq Byudjet va iqtisodiy islohiotlar masalalari qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining majlislar zalida 2017-yilning 27-oktyabr kuni “O‘zbekiston iqtisodiyotini yanada diversifikatsiya qilish hamda uning raqobatbardoshligini mustahkamlash yo‘llari va choralari” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Yuqori texnologik tarmoqlar sanoatini rivojlantirish dasturlari bosh boshqarmasi boshlig‘i O.Sharipovning ma'ruzasi.Davlatimiz rahbari tomonidan tanlab olingan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi dasturida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish hamda yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish belgilab olingan. 24. 24 — 26 aprel kunlari poytaxtimiz Toshkentda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan hamkor tashkilotlar ko‘magida “Harakatlar strategiyasi va kuchli ijtimoiy siyosat: xalqaro amaliyot va O‘zbekiston tajribasi” mavzuida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.O‘zbekistonda kechayotgan bugungi o‘zgarishlar mamlakat yangi tarixini boshlab berdi, desak ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Zotan, yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va boshqa sohalarda yuz berayotgan ulkan yangilanishlar davlatimizning dunyo hamjamiyati bilan tom ma’noda integratsiyalashuvini ta’minlamoqda. Qisqacha aytganda, bugun yurtimiz dunyoni o‘ziga chorlayapti, yopiqlikdan ochiq pragmatik siyosat sari yuzlanmoqda. Bunday tutum, shubhasiz, bugungacha mavjud bo‘lgan tartib-qoidalarni isloh qilish va ularni dunyo andozalariga uyg‘unlashtirishni taqozo etadi. O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining hamkor tashkilotlar ishtirokida “Harakatlar strategiyasi va kuchli ijtimoiy siyosat: xalqaro amaliyot va O‘zbekiston tajribasi” mavzuidagi xalqaro konferensiyani o‘tkazish tashabbusi mohiyatida ham aynan shu muddao mujassamdir.