2.2. Yetakchi davlatlarning Suriya inqirozidagi ishtiroki va ta’siri
Xulosa qilib aytganda, tashqi siyosat davlatlarning xalqaro hamjamiyat
doirasida milliy manfaatlarini ta‟minlashga, xavfsizligini kafolatlashga qaratilgan
oqilona tashqi siyosat olib borish vositasi bo`lib xizmat qiladi. Ayrim hollarda
davlatning umumbashariy manfaatlardan ko`ra milliy manfaatlarni ustun qo`yishi
ayrim mojorolarga olib keladi. Buning natijasida jahon siyosati va xalqaro
munosabatlar tizimidagi aktorlar o`rtasida o`zaro keskinlashuv, muayyan masalalar
borasida manfaatlarning bir biriga nisbatan qarama – qarshi kelishi va albatta
bunday bir vaziyatda har bir aktorning o`z milliy manfaatlarini ta‟minlash
maqsadida olib borgan tashqi siyosati natijasida Jahon siyosati subyektlari
o`rtasida
o`zaro
keskinlashuv
oqibatida
xalqaro
tizimning
yanada
murakkablashishiga olib keladi. Tashqi siyosat davlatlarning xalqaro hamjamiyat
doirasida milliy manfaatlarini ta‟minlashga, xavfsizligini kafolatlashga qaratilgan
oqilona siyosat olib borish vositasi bo`lib, o`z navbatida ushbu faoliyat bir qator
zaruriy strategiyalarni ham qamrab oladi. Ushbu strategiyalar doimiy ravishda
ijobiy xarakterga ega bo`lmasdan, ko`p xollarda umumbashariy manfaatlardan
ko`ra milliy manfaatlar ustuvorligi aks etadi.
Har qanday davlatning tashqi siyosiy manfaatlari, maqsad va vazifalari,
avvalo, milliy ehtiyojlar, manfaatlar, qadriyatlar bilan, ularni xalqaro maydonda
himoyalash va ta‟minlash bilan bog`liq. XXR tashqi siyosatini o`z milliy
manfaatlari asosida, umumbashariy manfaatlarni hurmat qilgan holda olib boradi.
Davlatlar tashqi siyosatida diplomatiya muhim rol o`ynaydi va XXR bundan
oqilona fodalaib kelmoqda.
Yaqin Sharq muntaqasi hozirgi paytda o`zining joylashuvi va iqtisodiy,
siyosiy, strategik potensiali hamda energetik manbaalarga boyligi tufayli jahonning
yirik davlatlarining e‟tiborini o`ziga jalb qilib kelmoqda. Shu sababli ham Xitoy
bugungi kunda turli infrastruktura loyihalarini Yaqin Sharq va Afrikada
mintaqalarida amalga oshirmoqda.
37
2009-yilda
Xitoy
Afrika
davlatlari
bilan
savdo
aloqarida
birinchlikni
AQSHdan olib qo`yganligi va Afrikaning savdo aloqalari bo`yicha yetakchilikni
o`z qo`liga olishi Xitoyning Yaqin Sharq va Afrikadagi obro`sining ortishiga
hamda o`z manfaatlarini yanada mustahkamlashga olib keldi. Xitoy Yaqin Sharq
mintaqasini Yevropa, Osiyo va Afrika davlatlari bilan bog`lovchi logistik markaz
sifatda ko`radi va ushbu muntaqa davlatlari bilan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy,
madaniy
aloqalarni
rivojlantirishga
alohida
e‟tibor
beradi.
Xitoyning
Yaqin
Sharq
mintaqasidagi
siyosatini
o`rganish
jarayonida
quyidagi xulosalarga keldik.
Birinchidan.
Xitoy Xalqaro maydonda gegemon bo`lishga intilmaydi va
asosiy e‟tiborini iqtisodiy rivojlanishga qaratishini Yaqin Sharq davlatlar bilan
aloqalarida ham ko`rishimiz mumkin.
Ikkinchidan.
Xitoy xalqaro Maydonda Jumladan Yaqin Sharq mintaqasida
ro`y berayotgan mojorolarga nisbatan kuch ishlatishni keskin qoralaydi va bu
mojarolarni muzokaralar yo`li bilan hal qilish kerak deb hisoblaydi.
Uchinchidan.
Xitoy diplomatiyasining Yaqin Sharq mintaqasidagi o`ziga
xosligi shundan iboratki, Xitoy bu mintaqadagi muammolarni bartaraf etishda
G`arb davlatlari singari kuch ishlatib emas balki, oqilona yondoshuv va tinchlik
muzokaralari orqali muammolarni hal qilish g`oyasini ilgari suradi. Shu o`rinda
XXR raisi Si Szinpin 2016 yil Yaqin Sharq davlatlariga tashrifi chog`idagi nutqida
Yaqin Sharqdagi tafovutlarni hal qiluvchi asosiy kalit bu taraqqiyot rivojlanishiga
yordam berish ekanligini, to`g`ri yo`lni tanlash borasidagi asosiy kalit esa ijtimoiy
shart sharoitlarni muvofiqlashtirishni ta`minlash ekanligini qayd etib o`tgan edi.
To`rtinchidan.
Yaqin Sharqda ro`y berayotgan mojorolar xususan arab-asroil
mummaosiga tashqi kuchlarning aralashuvi vaziyatning yanada chigallashishiga
olib kelmoqda. Ma‟lumki arab-isroil mojarosini qanchalik tartibga solishga
urinilmasin, vaziyat boshi berk ko`chaga kirib qolmoqda. Shu sababli agar bugungi
kunda muammoni hal etish iloji bo`lamasa, Xitoy hukumati mintaqada vaziyatni
yumshatish, o`zaro urush va qo`paruvchilik harakatlarini oldini olish uchun ichki
38
xavfsizlikni mustahkamlashda mintaqa davlatlariga tinchlik loyihalarini amalga
oshirishga ko`maklashishi zarur.
Beshinchidan.
Albatta Yaqin Sharq mintaqasidagi muammolarga Xitoyning
aralashuvi G`arb davlatlar va AQSHga yoqmaydi shuning uchun Xitoy Yaqin
Sharqdagi G`arbga qarshi siyosatida asosiy ittifoqchilari Rossiy va Eronning
qo`llab quvvatlashiga tayanadi.
Oltinchidan.
Tarixiy izlanishar shuni ko`rsatadiki kuch ishlatish bu –
muammolarni hal qilishning aslo
maqbul yechimi emas. Yaqin
Sharq
mamlakatlaridagi mamlakatdagi turli xil partiyalarning manfaatlarini qondirishning
eng to`g`ri yechimi bu murosa yo`llarini o`ylab topish hamda hamfikr hamjihat
bo`lishlikdir.
Xitoyning Yaqin Sharq mintaqasidagi muammolarni hal qilishga doir
quyidagi tavsiyalar berildi.
Birinchidan
:
Xitoyda
o`zining
ichki
muammolari
bo`lganligi
sababli
davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyilini ilgari suradi va Yaqin Sharq
mintaqasida ham shu tamoyilga asoslanib siyosat olib boradi. Xitoy G`arb
davlatlaring ham Yaqin Sharq mintaqasidagi muammolarni bartaraf etishda ushbu
tamoyilga asoslanib siyosat olib borishiga erishishi kerak.
Ikkinchidan:
Xitoy
mintaqa
hududlaridagi
mojorolarda
BMT
doirasida
kelishuvga erishishi zarur. Xususan, Suriyada fuqarolar urushiga barham berilishi,
terrorizmga qarshi kurashda yakdil xulosaga kelinishi va hamkorlik asosida harakat
qilinishi zarur.
Uchinchidan:
Xitoyning BMT XK dagi o`rnini hisobga olgan holda shuni
aytish kerakki mintaqada harbiy kuchlar bilan hal qilinadigan mojorolarda
davlatlarning harbiy kontingentlarini olib kirmaslik, faqatgina BMT harbiy
kuchlaridan foydalanish. Bu davlatdagi moddiy boyliklarning biron bir davlat
foydasiga xizmat qilishining oldini oladi. Alohida davlatlarning harbiy kuchlari
kirib kelgan hududlar vayrongarchilikka aylantirilgan bo`lib, buni Afg`oniston,
Iroq, Liviya misolida ko`rishimiz mumkin.
39
Do'stlaringiz bilan baham: |