Сиртқи бўлими 5 йил сиртқИ 2-курс жисмоний маданият таълим йўналиши



Download 284 Kb.
bet1/4
Sana21.03.2022
Hajmi284 Kb.
#505123
  1   2   3   4
Bog'liq
Мустақил Таьлим 19-2(сиртқи 5-йиллик) Жумабоев.Ш


ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ


ТОШКЕНТ ВИЛОЯТИ ЧИРЧИҚ ДАВЛАТ ПЕДАГОГИКА ИНСТИТУТИ СИРТҚИ БЎЛИМИ



5 ЙИЛ СИРТҚИ 2-КУРС ЖИСМОНИЙ МАДАНИЯТ ТАЪЛИМ ЙЎНАЛИШИ
19-2 ГУРУҲ ТАЛАБАСИ ЖУМАБОЕВ ШОХРУХНИНГ
«ЖИСМОНИЙ МАДАНИЯТ НАЗАРИЯСИ ВА МЕТОДИКАСИ» ФАНИДАН
МУСТАҚИЛ ТАЬЛИМ ТОПШИРИҚЛАРИ


ЧИРЧИҚ-2020
Jismoniy madaniyatning shakllari


Reja:
1) Jismoniy madaniyat - jamiyatning umumiy tarkibiy qismi.
2) Jismoniy madaniyatning ahloqiy xususiyatlari.
3) Jismoniy madaniyatning zvenolari.
1) Jismoniy madaniyat - jamiyatning umumiy tarkibiy qismi.
Jismoniy madaniyat – jamiyat umumiy madaniyatining tarkibiy qismi, ijtimoiy faoliyatning bo‘g‘ini sifatida salomatlikni mustahkamlash hamda inson jismoniy qobiliyatlarini takomillashtirishga qaratilgan, moddiy hamda ma’naviy qadriyatlarni o‘zida mujassamlashtiradigan, insonning jamiyatda faol faoliyat olib borishi, sog‘lom turmush tarziga ega bo‘lishi, jismonan barkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun zarur bo‘ladigan madaniyat ko‘rinishi hisoblanadi. Istalgan madaniyatning o‘ziga xos xususiyati uning ijodiy asosga qurilganligidadir. Ishonch bilan aytish mumkinki, jismoniy madaniyat deganda jismoniy mashqlar orqali inson tabiatini o‘zgartirish, takomillashtirishga qaratilgan ijodiy faoliyat tushuniladi. Jismoniy madaniyat inson tanasini ”madaniyatlashtirish”ga qaratilganligi bilan diqqatga sazovordir. Shu sababli, tana “madaniyati”ni shakllantirish bilan birga bola shaxsini har tomonlama rivojlantirish muhim hisoblanadi. Insonning u yoki bu kasalligi-psixikasi va tanasidagi rivojlanishning oqsashi uchun to‘lovdir. Bola tug‘ilishidan boshlab uning sotsiumda rivojlanish erkinligi chegaralangan bo‘ladi. Faoliyat erkinligining chegaralanishi turli kasalliklarga olib keladi. Salomatlikka erishish uchun bolani uni o‘rab turgan atrof-muhitga moslashtirish hamda uyg‘unlikda yashashga yordam berish kerak.Jismoniy madaniyat juda keng tushuncha bo‘lib, jismoniy tarbiya bilan c hambarchas bog‘langandir.
Jismoniy tarbiya – jismoniy barkamolikka erishish maqsadida harakat ko‘nikmalari hamda ruhiy-jismoniy xususiyatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyatdir. Jismoniy tarbiya bolaning jismoniy madaniyatini shakllantirishda asosiy a hamiyat kasb etishi bilan bir qatorda unga umuminsoniy hamda milliy madaniy qadriyatlarni berish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Jismoniy tarbiya insonni har tomonlama rivojiga munosib hissa qo‘shib, uning ruhiy, ma’naviy, axloqiy taraqqiyotiga asos bo‘ladi. Shuningdek, insonlar orasidagi o‘zaro ijtimoiy munosobatlar, do‘stlik, mehribonlik, insonparvarlik, oqibat, saxovat kabi xususiyatlarni mustahkamlaydi. Maqsadi har tomonlama yetuk, barkamol yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga ko‘maklashish. Buning uchun quyidagi vazifalar hal etiladi:
-o‘quvchilarda yuqori axloqiy, irodaviy, jismoniy fazilatlar tarbiyalanadi;
-o‘quvchilar sog‘ligini saqlash va mustahkamlash amalga oshiriladi;
-o‘quvchilarning bo‘lajak kasbiy faoliyatini hisobga olgan holda jismoniy tarbiya tashkil etiladi;
-o‘quvchilarga jismoniy tarbiya nazariyasi, metodikasi, amaliyoti bo‘yicha bilimlar bazasi shakllantiriladi;
Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish organizmning funksional imkoniyatlarini, aqliy va jismoniy ishlash qobiliyatini, o‘quv mehnatining unumini oshiradi. Jismoniy tarbiya vositalaridan mohirlik bilan foydalanish, amaliy va boshqa maxsus intellektual sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi.
Jismoniy madaniyat aniq bir tizimga tayansagina, oldindan ko’zlangan natijaga erishiladi. Jismoniy madaniyat tizimi deganda, jismoniy madaniyatning prinsiplari, vositalari, metodlari va uni tashkillash shakllarining shunday umumiyligi tushuniladiki, u jamiyat a’zosini har tomonlama garmonik rivojlantirishning maqsad va vazifalariga mos bulsin (A.D. Novikov 1967).
Vatanimiz mudofaasi masalasi xam jamiyatimizda yulga kuyilgan jismoniy madaniyat jarayoniga qator talablar kuyadiki, 6u talablarni amalga oshirish natijasida jismoniy madaniyat tizimiiing ob’ektiv xususiyatlari namoyon bo’ladi. Mamlakatimiz xalklarining har tomnlama jismoniy tayyorgarligi, jismoniy sifatlarini yaxshi rivojlanganigi Vatan mudofaasiga tayyorligining kursatkichi bo’lib xizmat qilish lozim.
Shunday qilib, O’zbekistonda jismoniy madaniyatning maqsadi. O’zbekiston xalkini jismoniy kamolotga erishgan, xukukiy davlat ning aktiv kuruvchilari, ijodiy mehnatga va Vatan mudofaasiga tayyor qilib madaniyatlashdir. Bu maqsad mamlakatda jismoniy madaniyatni amalga oshirayetgan barcha tashkilot va muassasalar uchun umumiydir.
Maqsadning umumiyligi jismoniy madaniyat tizimining asosiy qonuniyatlaridan biridir. Kursatilgan maqsad va sharoitlarga javoban uni amalga oshirishda shug’ullanuvchilarning yoshi, sogligi, jismoniy tayyorgarligi, shug’ullaniladigan kasbi xisobiga olinadi va jismoniy madaniyatda konkret vazifalar xal kilinadi. Jismoniy madaniyat tizimiga umumiy vazifalar kuyilgan bo’lib, ular kuydagilardan iborat:
a) odam organizmi forma funksiyasi garmonik rivojlantirish. jismoniy kobiliyatni har tomonlama kamolga yetkazish, soglikni mustaxkamlash va xalkning uzoq umr kurinishini ta’minlashga yunalish berish;
b) hayotiy zaruriy harakat malakalarini va kunikmalarini, kundalik turmushda kerak bo’ladigan jismoniy madaniyatga molik maxsus bilimlarni shakllantirish;
v) har tomonlama jisman rivojlantirish uchun jismoniy sifatlarni madaniyatlash;
Jismonan yetarli darajadagi rivojlangachlik normal aqliy rivoj lanishga sharoit yaratadi. Dialektik materializmning psixik va jismoniy jarayonlarning aqliy va jismoniy faoliyat bilan birligi xakidagi fikrlari Chernishevskiy asarlarida o’z ifodasini topdi: "Har kanday mehnat - bu akliy, jismoniydir. Agar akliy va jismoniy mehnat orasidagi farqni ajratsak, bittasida asosiy rolni miya, ikkinchisida muskullar uynaydi. Miyaning faoliyati muskullarning o’zaro faoliyatiga, muskullar faoliyati esa miyaning boshqarishi orqali amalga oshiriladi", - degan edi u.
Jismoniy bilimlar asoschisi P.F. Lesgaft kursatganidek, akliy va jismoniy rivojlanish bir-biri bilan o’zviy bog’liq. Aklning usishi va rivojlnishi o’z navbatida jismoniy rivojlanishni takazo kiladi.
Jismoniy madaniyatning vazifasi shunda muvaffakiyatli xal kilinadiki, shug’ullanuvchilar jismoniy mashqlarni ongli ravishda, tushunib bajarsalar yoki ular sport mashg’ulotlariga zur kizikish, o’z tashab buslari bilan ijodiy yondashsalar, harakat malakalarini to’g’ri shakl lanishiga, organizmning funksional kobiliyatlarini rivojlantirish uchun umumiy maxsus bilimlarga tayangan xolla olib borilsagina samarali bo’ladi.
Jismoniy madaniyatda yoki sportda talantni ochish shug’ullanuvchidan umumiy jismoniy rivojlanganlik va tayyorlangailik xamda shug’ullanayotgan soxa buyicha chukur malakaviy bilimlarga ega bulish, bosh miya, muskullar faoliyatidan foydalanishda kur-kuronalikka yul kuymaslik okibatidan kelib chikadi. Mashg’ulotga ongli munosabatda bulmaslik talantni sunishiga sabab bo’ladi.
Eng xavflisi shug’ullanuvchidan bir tomonlamalilik, faqat sport bilan shug’ullanishgagina odat shakllanadi - jamiyat uchun bokimandalar ko’payadi. Sport trenirovkasi sirlariga shungish, uni tushunish shug’ullanuvchi maxoratini oshishiga olib keladi. Bunga faqat har tomonla malilik orqaligina erishish mumkin.

Download 284 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish