Sirdaryo viloyati O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi Xovos transport kasb-hunar kolleji Mavzu


Eng qadimgi adabiy yodgorliklar («Avesto», «To‘maris»



Download 451,44 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana18.01.2022
Hajmi451,44 Kb.
#391105
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
adabiyot - manaviyatni yuksaltirish vositasi

Eng qadimgi adabiy yodgorliklar («Avesto», «To‘maris», 

«Xuastuanift»,  «Shiroq»,  «Alpomish»  va  b.). 

  

Adabiy tanqid 

 

Adabiyot nazariyasi 

     

   

Adabiyot tarixi

 


 

 

 

  Ilk o‘rta asrlar adabiyoti ( 0 ‘rxun-Enasoy yodgorlik- 

lari). 

 

 

 

 

 0 ‘rta asrlar adabiyoti (IX—XV asrlar): 

 

 

 

a)  IX—XII  asrlar  adabiyoti; 

b)  Temuriylar  davri  adabiyoti

d)  Navoiy va  uning  davri  adabiyoti. 

 

 

 

  XVI-XIX   asrlar adabiyoti. 

 

 

 

 

  XX  asr adabiyoti. 

 

 

     Eng qadimgi  adabiy yodgorliklar 0 ‘rta  Osiyo hududida qadimdan birgalikda 

yonma-yon yashab kelayotgan xalqlarning mushtarak ijod namunalaridir.  

     VI-VIII  asrlar  bo'yicha  umumturkiy  adabiyot  degan atama mavjud.Bu davrlarda 

turkiylar yagona mushtarak etnik butunlik sifatida yashaganlar. Ularning o‘zbek, 

uyg‘ur, qozoq,qirg‘iz,  turkman,  qoraqalpoq,  ozarbayjon  singari  alohida-alohida 

xalqlarga ajralib chiqishi keyingi jarayondir. Albatta,  

bunday davrlashtirish ham nisbiydir. Chunki ijtimoiy-ma’naviy hodisalar  o‘ziga  xos  

murakkabliklarga  ega.  Bir  davr  tugab ulgurmasidan,  keyin  keladigan  yangi  davr  

uning  «ichida» paydo bo‘la boshlashi mumkin. 

Muhimi,  o‘zbek  adabiyotining  taraqqiyot  bosqichlari xalqimiz  ijtimoiy-badiiy  

tafakkuri  taraqqiyotidagi  o ‘ziga xosliklarni, rivojlanish jarayonidagi yangilanishlarni 

o‘zida aks ettiradi.  Ular birgalikda yaxlit bir fan sohasini tashkil etadi. 

     Adabiyotni o‘rganishdan turli maqsadlar ko‘zda tutilishi mumkin.  Adabiyot,  

avvalo,  insoniyat  ma’naviy  boyliklarining xazinasidir. Yevropalik qadimgi va hozirgi 

olimlar 0‘rta Osiyo xalqlarining tarixi,  madaniyati,  san’ati,  urf-odatlarini o‘rganish 

maqsadida ular yaratgan badiiy ijod namunalariga ko‘pdan beri  murojaat etib 

kelishadi.XI asr qomusiy olimi Mahmud Qoshg‘ariy ham ilk adabiyotshunoslardan  biri  

bo‘lgan.U ayni paytda  tilshunos, elshunos (etnograf), tarixchi,folklorshunos olim va 

shoirdir.  

U  zamonasidagi  ko‘plab  badiiy  ijod  namunalari,  ularning  o’ziga xos xususiyati,  

ijro usullari,  tuzilishi haqida qimmatli  ma’lumotlarni bergan.  Keyingi asrlarda 




shakllangan va keng  tarqalgan tazkirachilik ham ilk adabiyotshunoslik namunalaridan 

biridir. 

Forobiyning «She’r san’atlari haqida» risolasi Arastuning  «Poetika» asariga sharh 

sifatida yozilgan. U adabiyot nazariyasiga oid ilk manbalardan biridir. 

Beruniy,  Ibn  Sino,  Muhammad  Xorazmiy,  Abu  Nasr Utbiy, Saolibiy, Abu Abdulloh 

Xorazmiy kabi sharq allomalari ham adabiyot tarixi  va nazariyasiga  doir ajoyib  asarlar 

yozib qoldirganlar.  Bular  orasida,  ayniqsa,  Abu  Mansur  as- Saolibiyning  «Yatimat  

ud-dahr  fi  mahosini  ahl  al-asr» («Zamona  ahlining  fazilatlari  haqida  yagona  

durdona») tazkirasi,  Abu  Abdulloh  Xorazmiyning  9  kitobdan  iborat «Mafotih ul-

ulum» («Ilmlarning kalitlari») asarlarida adabiyot, tarix, musiqa san’atiga oid juda 

qimmatli ma’lumotlar uchraydi.O‘zbek  adabiyotshunosligining ham o'ziga xos tarixi 

bor.  


Bu boradagi yirik tadqiqotchi sifatida Mahmud Koshg‘ariyni ko‘rsatish mumkin. U XI 

asrgacha bo‘lgan adabiyotimizning ko‘plab durdona namunalarini to‘plabgina 

qolmasdan,  ular haqidagi dastlabki nazariy ma’lumotlarni ham bergan.Jumladan, 

asardashe’r,qo’shiq,marsiya, afsona,maqol singari janrlar haqida dastlabki izohlar 

uchraydi.Ayni paytda, bu janrlarning go`zal namunalari ham ilova qilinadi. 

     Mahmud Zamahshariyning (1074-1144) “Muqaddimat ul-adab”(“Adabiyot 

muqaddimasi”) asari arab tili qoiudalariga bag’ishlangan bo’lsa-da, unda adabiyot 

nazariyasiga, ayniqsa, badiiy tasvir vositalariga alohida e’tibor berilgan. 

     Yuqorida eslatilgan tazkiralar ham adabiyotshunoslik  fanining  rivojlanishida 

muhim ahamiyat kasb etadi. 

     Bu borada Kaykovusning “Qobusnoma” asari ham o’ziga xos o’ringa ega. U 

adabiyot nazariyasiga oid dastlabki ixcham ma’lumotlarni beradi. 

 

 

Foydalanilgan adabiyotlar: 



 

1.

 



I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” Toshkent “Ma’naviyat” 

2008 yil. 

2.

 

Izzat Sulton “Adabiyot nazariyasi” Toshkent “Sharq” 1992 yil. 



3.

 

Boqijon To’xliyev “Adabiyot” Toshkent “O’qituvchi” 2005yil. 



4.

 

Ona 



tili 

va 


adabiyot. 

A.Rafiyev,N.G`ulomova.2011-yil.                                             

5.Ona tili va adabiyot. A.G`ulomov.1998-yil

.

 

 



 

 

 



 

Download 451,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish