Sirdaryo viloyati Oqoltin tuman hokimining



Download 34,97 Kb.
Sana03.01.2022
Hajmi34,97 Kb.
#315650
Bog'liq
34 15.01.2018




sirdaryo viloyati Oqoltin tuman hokimining

Qarori

Oqoltin tumani mahalliy budjetining 2018-yilgi parametrlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2017-yil 13-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi Davlat budjeti va Davlat budjetining maqsadli jamg‘armalari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi 1341-III-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2017-yil 20-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi Davlat budjeti va Davlat budjetining maqsadli jamg‘armalari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi QS-241-III-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-3454–sonli, Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining 2017-yil 31-dekabrdagi 105/35-35-sonli hamda Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashining 2018-yil 15-yanvardagi 35/100-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6, 25-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 28, 99-moddalariga muvofiq, qaror qilaman:



1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-3454-sonli hamda Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashining 2018-yil 15-yanvardagi 35/100-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.

2. Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashining 2018-yil 15-yanvardagi 35/100-sonli qarori ijrosini ta’minlash va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-3454–sonli qaroriga muvofiq 2018-yil uchun:

a) qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 20 foiz miqdorida;

yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bilan ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va obodonlashtirish uchun soliqlarni birlashtirgan holdagi stavkalari (1-ilovaga*) muvofiq;

jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari (2-ilovaga*) muvofiq;

yagona soliq to‘lovi stavkalari (3, 3-1, 3-2-ilovalarga*) muvofiq;

tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari bo‘yicha huquqiy va jismoniy shaxslarga belgilab qo‘yilgan soliq stavkalari (4-ilovaga*) muvofiq;

yuridik shaxsni tashkil etmasdan turib, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar)ga belgilab qo‘yilgan soliq stavkalari (5-ilovaga*) muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va ro‘yxat bo‘yicha chetdan keltiriladigan tovarlarga aksiz solig‘i stavkalari (6, 6-1-ilovalarga*) muvofiq;

suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari (7-ilovaga*) muvofiq;

yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari (8-ilovaga*) muvofiq;

imzoli va tijoratbop bonus stavkalari (9, 9-1-ilovalarga*) muvofiq;

ayrim turdagi mahsulotlar bo‘yicha ortiqcha foydadan soliq stavkalari (10-ilovaga*) muvofiq;

yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan mulk solig‘i stavkalari (11, 12-ilovalarga*) muvofiq;

yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavkalari (13-ilovaga*) muvofiq;

yagona yer solig‘i stavkalari (14-ilovaga*) muvofiq;

mahalliy soliqlar va yig‘imlar stavkalari (15-ilovaga*) muvofiq;

Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar va ajratmalar stavkalari (16-ilovaga*) muvofiq belgilanganligi;

yagona ijtimoiy to‘lov, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi o‘rtasida (17-ilovadagi*) me’yorlarga muvofiq taqsimlanganligi;

O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining dividendlar va foizlar tarzida oladigan daromadlardan soliq stavkalari 10 foiz miqdorida tasdiqlanganligi;

b) soliqqa tortish obyektlarining budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi va ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy — texnik bazasini rivojlantirish jamg‘armalariga birlashtirgan holda majburiy ajratmalar stavkasi 3,2 foiz miqdorida belgilanganligi;

shuningdek, Pensiya jamg‘armasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi va ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg‘armalariga majburiy ajratmalar (18-ilovadagi*) me’yorlarga muvofiq taqsimlanganligi;

v) fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ularning mehnat haqi daromadlaridan majburiy sug‘urta badallari stavkasi 8 foiz miqdorida tasdiqlanganligi;

g) 2018-yil 1-yanvardan boshlab mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun oyiga 4000 so‘m miqdorida va ularning taqsimlanish me’yorlari (19-ilovaga*) muvofiq belgilanganligi;

d) 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab tayyorlov korxonalari uchun tovar aylanmasidan belgilangan stavkalarda yagona soliq to‘lovi joriy etilganligi;

s) 2018-yilning 1-yanvaridan fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratma 2 foiz miqdorda belgilanganligi;

e) 2018-yil 1-yanvardan boshlab yagona soliq to‘lovchilar uchun umumiy yer maydoni 1 gektardan oshiq bo‘lgan taqdirda, umumiy maydonidan yer solig‘i to‘lovi joriy etilganligi va Moliya vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasiga bir oy muddatda yagona soliq to‘lovchilarning yer solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani ishlab chiqish va tasdiqlashi topshirilganligi;

j) yuk tashish xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar tomonidan soliqqa tortish tizimidan qat’i nazar, ular tomonidan to‘lanadigan soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratmalari bir birlik transport vositalariga hisoblanishi, ushbu faoliyat turi bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning qat’iy belgilangan soliq summalaridan kam bo‘lmasligi belgilanganligi;

z) yagona soliq to‘loviga tushgan tushumlar budjetga, Pensiya jamg‘armasiga, Respublika yo‘l jamg‘armasi va ta’lim va tibbiyot muassasalarini moddiy-texnik bazasini rivojlantirish jamg‘armalariga hamda O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ittifoqi ajratmalar miqdori Moliya vazirligi tomonidan belgilanishi shuningdek, yagona soliq to‘lovi bo‘yicha mablag‘larning taqsimlanishi 2018-yilning 1-fevralidan keyingi tushumlar hisobidan amalga oshirilishi belgilanganligi;

i) 2018-yilning 1-yanvaridan notijorat korxonalariga, mikrofirma va kichik korxonalar uchun ko‘zda tutilgan tartib asosida, ishlovchilar sonidan qat’i nazar, tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlaridan yagona soliq to‘lovini to‘lash huquqi berilganligi;

k) 2018-yilning 1-yanvaridan jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘ini hisoblash qonunchilikda belgilangan mol-mulkning kadastr qiymatidan aniqlanishi belgilanganligi;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda mol-mulkning kadastr qiymatidan jismoniy shaxslarni soliqqa tortish tartibini tasdiqlash topshirilganligi;

mol-mulk solig‘ini mulkning kadastr qiymatidan hisoblanishida soliq yukining birdan ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, kadastr qiymatiga asosan hisoblangan jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i summasi, 2017-yilda hisoblangan soliq summasidan 1,2 barobar miqdordan oshmasligi lozimligi;

y) ko‘chmas mulkni, shu jumladan uy-joylarni ijaraga berishdan olinadigan daromadlarni soliqqa tortish, shartnomada belgilangan ijara haqi miqdoridan kelib chiqilib:

yuridik shaxslarga — davlatning ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqining eng kam stavkalaridan;

uy-joylarni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun (20-ilovaga*) muvofiq belgilangan ijara haqi stavkalaridan kelib chiqib hisoblangan miqdordan kam bo‘lmagan holda belgilanganligi;

l) soliq qarzdorligi bo‘yicha soliq to‘lovchilarning qarzdorliklarini ularning mol-mulki hisobidan undirishning eng kam miqdori (21-ilovaga*) muvofiq belgilanganligi;

m) 2023-yilning 1-yanvarigacha:

O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 60 — 63 moddalarida ko‘rsatilgan, manbalardan qo‘shimcha daromad olgan budjet tashkilotlari barcha turdagi soliqlar, yig‘imlar hamda Respublika yo‘l jamg‘armasi va Davlat maqsadli jamg‘armasiga majburiy ajratmalardan,

O‘zbekiston Respublikasida akkredatsiyadan o‘tgan chet el oliy o‘quv yurtlari, barcha turdagi soliq to‘lovlaridan va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan, O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasidagi faoliyatidan, shuningdek yagona ijtimoiy to‘lov va jismoniy shaxslardan daromad solig‘idan ozod etilganligi;

n) budjetlararo munosabatlarning asosiy yo‘nalishlarini takomillashtirish maqsadida quyidagilar asosiy vazifa etib:

joylardagi mahalliy hokimiyat organlarining mas’uliyatini kuchaytirish, moliya va soliq organlari tomonidan daromadlar bazasini mustahkamlash, mahalliy budjetlarning tasdiqlangan xarajatlarini o‘z vaqtida va maqsadli moliyalashtirish, ijtimoiy soha va infrastruktura obyektlarini saqlash va ularni rivojlantirish,

joylardagi mahalliy hokimiyat organlarining faoliyatini jonlantirish va bir qator soliq turlari va yig‘imlari tushumlarini ixtiyorlarida qoldirish hisobiga ularning daromadlar bazalarini kengaytirish,

yirik soliq to‘lovchilar tomonidan tushayotgan bir qator soliq tushumlarini viloyat, tuman va shahar budjetlariga taqsimlash,

tuman va shaharlarni bir maromda rivojlanishini ta’minlash maqsadida, mahalliy hokimiyat organlariga alohida turdagi mahalliy soliqlar stavkalarini oshirish va kamaytirish huquqini berish,

ijtimoiy-iqtisodiy infrastrukturani rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlarni moliyalashtirishda joylardagi mahalliy davlat organlarining mustaqilligini oshirish belgilanganligi;

o) 2018-yil 1-yanvardan quyidagi budjet tartibi joriy etilganligi:

1) quyidagi daromadlarni to‘liq hajmda ajratish;

tuman va shaharlar budjetlariga — tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq tushumlarini, jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘i, jismoniy shaxslar yer solig‘i, ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va alohida xizmat turlari uchun yig‘im, bozorlar daromadidan tushumlarni,

viloyat mahalliy budjetiga — yagona yer solig‘i, yuridik shaxslarning yer solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i, yagona soliq to‘lovi, gaz, dizel yoqilg‘isi, iste’mol qilingan benzin uchun iste’mol solig‘i, abonent to‘lovi,

viloyat budjetiga — suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, davlat poshlinasining tegishli qismi, istisno tariqasida patent va litsenziya berishdan davlat poshlinasi, shuningdek davlat aktivlarini sotishdan tushumlar va davlat mulkini ijaraga berishdan tushgan 25 foiz miqdordagi tushum,

2) respublika budjetiga — jismoniy shaxslardan daromad solig‘i, yuridik shaxslardan foyda solig‘i, istisno tariqasida norezidentlar to‘lov manbalaridan ushlanmalar, qo‘shilgan qiymat solig‘i, tegishli tovarlarga aksiz solig‘i, yer qa’ridan foydalanilganlik uchun soliq, jarima va yig‘imlarning tegishli qismi, shuningdek tegishli budjetlar ixtiyorida qoldirilgan o‘rnatilgan prognozni ajratma qilinadigan soliqlarning tegishli qismining oshirib bajarilgan summasi.

p) mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan ta’lim va tibbiyot muassasalarining ish haqi va yagona ijtimoiy to‘lov bo‘yicha xarajatlari 2018-yil 1-yanvardan respublika va viloyat budjetlaridan maqsadli ijtimoiy transfertlar shaklida qoplanishi belgilanganligi;

tuman va shaharlar budjetlarining daromadlar bazasining ko‘payishidan qat’i nazar tibbiyot muassasalari va ta’lim muassasalarining ish haqi va yagona ijtimoiy to‘lovlariga ajratiladigan maqsadli ijtimoiy transfertlar hajmi kamaymasligi;

r) tegishli ma’muriy-hududiy birliklarda budjet daromadlarining prognoz ko‘rsatkichlarini oshirib bajarilgan qismini quyi budjetdan yuqori budjetga olib qo‘yish,

parametrda ko‘rsatilgan viloyat mahalliy budjeti xarajatlarini asossiz qisqartirish taqiqlanganligi nazarda tutilsin.

3. Viloyat budjetidan 2017-yil davomida moliyalashtirib kelingan yo‘l ta’mirlash xarajatlari 2018-yildan tegishli tuman mahalliy budjeti hisobidan moliyalashtirilishi inobatga olinsin.

4. Tuman hokimligiga Xalq deputatlarining tegishli Kengashlari bilan kelishgan holda 2018-yil 1-yanvardan;

joriy moliya yilida iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va boshqa sohalar hamda ko‘zda tutilmagan xarajatlarni o‘z vaqtida va uzluksiz amalga oshirishni ta’minlash maqsadida, tegishli budjet xarajatlarining umumiy hajmining 1 foizi miqdorida tuman hokimligining zaxira jamg‘armasini shakllantirish,

hududlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan va faoliyat olib boradigan joyiga qarab jismoniy shaxslarning yer, mol-mulk soliqlarning o‘rnatilgan stavkalariga 0,7 dan 1,3 gacha pasaytirish yoki ko‘paytirish koeffitsiyentlarini qo‘llash;

to‘rtinchi guruh bo‘yicha xarajatlar smetasini ijro etish jarayonida hududiy moliya organlari tomonidan optimallashtirilgan budjet mablag‘lari tegishli ravishda mahalliy budjetning zaxira jamg‘armalarini ko‘paytirishga yo‘naltirish hamda o‘rnatilgan tartibda foydalanish huquqi berilsin.

5. Tuman hokimligi mahalliy budjetining parametrlarini tasdiqlash bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilishda yuqorida nazarda tutilgan tartibga qat’iy rioya qilinishini ta’minlasin.

6. Moliya yili mobaynidagi quyi budjetlarning tasdiqlangan daromadlari parametrlari bajarilmasligi oqibatida quyi budjetlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan daromadlar bilan xarajatlar o‘rtasidagi vaqtinchalik kassa uzilishlari aylanma kassa mablag‘larini jalb qilish va yuqori budjetdan olinadigan qisqa muddatli foizsiz budjet ssudalarini olish orqali hamda bir moliya yilidan ortiq bo‘lgan davrdagi kassa uzilishlarida yuqori budjetdan 2 yilgacha bo‘lgan muddatga yillik 2 foizli budjet ssudalari olish orqali qoplanishi belgilansin.

7. 2018-yil 1-apreldan boshlab;

mahalliylashtirish dasturlariga kiritilgan korxonalarga hamda amalga oshirilayotgan loyihalarga;

eksportyor korxonalarning eksportdagi ulushiga bog‘liqligiga qarab, yuridik shaxslarning foyda solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i va yagona soliq to‘loviga qo‘llaniladigan imtiyozlar bekor qilinsin.

8. Tuman mahalliy budjetining 2018-yilgi ko‘rsatkichlari hajmlari daromadlar bo‘yicha 7 924 389,0 ming so‘m, xarajatlar bo‘yicha 34 374 990,0 ming so‘m, respublika budjetidan ajratiladigan maqsadli ijtimoiy transfertlar 26 450 601,0 ming so‘m miqdorida (22-ilovaga*);

tuman mahalliy budjetining daromadlar va xarajatlar hajmlari hamda mahalliy budjetlarga ajratiladigan maqsadli ijtimoiy transfertlarning miqdorlari (23-ilovaga*);

tuman mahalliy budjetining aylanma kassa mablag‘larining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdori (24-ilovaga*);

viloyat mahalliy budjetidan Respublika budjetiga hamda tuman mahalliy budjetidan viloyat mahalliy budjetiga umumdavlat soliqlari va tushumlaridan ajratmalar me’yori (25, 25-1-ilovaga*);

budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan maktabgacha ta’lim muassasalaridagi tarbiyalanuvchilar uchun ota-onalar tomonidan to‘lanadigan ota-onalar badali miqdori (26-ilovaga*);

2018-yil uchun tuman budjetining zaxira jamg‘armasi miqdori (27-ilovaga*) muvofiq tasdiqlansin.

9. Tuman moliya bo‘limiga, daromadlar va xarajatlar ijrosi (28-ilovaga* muvofiq) kutilayotganligi inobatga olingan holda, Moliya vazirligining ko‘rsatmasi asosida hamda 2017-yilgi budjet daromadlari va xarajatlari ko‘rsatkichlarini ayrim manbalar va sohalari hamda tuman kesimida aniqlashtirish topshirilsin.

* 1 — 28-ilovalar berilmaydi.

10. Tuman moliya bo‘limi, G‘aznachilik bo‘linmasi va Agro bank hamda Xalq banki tuman bo‘limlari bilan birgalikda 2018-yilning yanvar oyida Oqoltin tumani mahalliy budjetining 2017-yildagi ijrosi bo‘yicha belgilangan tartibda yakuniy operatsiyalarni o‘tkazsinlar va mazkur operatsiyalarni Oqoltin tumani mahalliy budjetining 2017-yildagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarda aks ettirilishini ta’minlasinlar.

11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining birinchi o‘rinbosari O. Abdullayev zimmasiga yuklatilsin.

12. Mazkur qaror rasmiy veb-saytga joylashtirilgandan va rasmiy nashrda e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Hokim D. FAZILOV

Sardoba sh.,

2018-yil 15-yanvar,

34-son

Download 34,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish