Sirdaryo viloyati Guliston shahar 16-umumiy o’rta ta’lim maktabining Informatikafani o’qituvchisi



Download 184 Kb.
bet7/8
Sana18.01.2022
Hajmi184 Kb.
#384645
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O'tkir ochiq dars

Read(f, ); va ReadLn(f, );

Bu yerda f – faylli o‘zgaruvchi. – bitta yoki o‘zaro vergul bilan ajratilgan bir nechta o‘zgaruvchilar. Mazkur operatorlar ko‘rsatilgan o‘zgaruvchilarning qiymatlarini fayldan o‘qib oladi.

Read operatori asosan faylda sonli ma’lumotlar yozilgan bo‘lsa, ya’ni faylning satri o‘zaro probel bilan ajratilgan sonlardan iborat bo‘lsa qo‘llaniladi. Read operatori bu sonlarning har birini alohida o‘qib oladi. Bitta satrdagi ma’lumotlar tugagach keyingi satrga o‘tadi.

3–misol.Tomonlarining uzunliklari “uchbur.in” faylida berilgan uchburchak yuzini hisoblash dasturini tuzing. “uchbur.in” fayli bitta satrdan iborat bo‘lib, unda uchburchak tomonlarining uzunliklarini ifodalovchi uchta son o‘zaro probel bilan ajratib yozilgan.

Yechish: “uchbur.in” faylidagi ma’lumotlarni o‘qish uchun Read operatoridan foydalanamiz. Uchburchak yuzini Geron formulasidan foydalanib hisoblaymiz.

Program Uchburchak_yuzi;

Uses crt;

Var f : Text; a, b, c, yp, s : Real;

Begin

Clrscr;


Assign(f, ‘uchbur.in’);

Reset(f); {“uchbur.in” fayli o‘qish uchun ochildi}

Read(f, a); Read(f, b); Read(f, c);

{a,b,c larning qiymatlari “uchbur.in” faylidan o‘qib olindi}

Close(f); {“ uchbur.in” fayli yopildi }

yp:=(a+b+c)/2; s:=sqr(yp*(yp-a)*(yp-b)*(yp-c));

WriteLn(‘Uchburchak yuzi=’, s); readln;

End.


ReadLn operatori fayldagi satrni to‘lig‘icha o‘qiydi.Matnli fayllardan satrlarni tartib bilan navbatma-navbat o‘qish mumkin.Masalan, faylning 10-satrini o‘qish uchun undan oldingi 9 ta satr albatta o‘qib olinishi kerak.

4–misol.“sinf.txt” faylida 9-sinf o‘quvchilarining ro‘yxati (har bir satrda bittadan o‘quvchining familiyasi) berilgan.Shu ro‘yxatdagi 12-o‘quvchining familiyasini ekranga chiqaruvchi dastur tuzing.

Yechish: 12-o‘quvchining familiyasi “sinf.txt” faylining 12-satrida yozilgan. Uni o‘qib olish uchun avvalgi 11 ta satrni o‘qib olish kerak.Buning uchun parametrli takrorlash operatoridan foydalanamiz.

Program Sinf;

var fio : Text; i : Integer; fam : String;

Begin


Assign(fio, ‘sinf.txt’); Reset(fio);

For i:=1 to 11 Do ReadLn(fio, fam);

ReadLn(fio, fam); Close(fio);

WriteLn(’12-o`quvchining familiyasi:’, fam);

End.

Ushbu misolda “sinf.txt” faylida berilgan barcha o‘quvchilarining familiyalarini ekranga chiqarish talab etilsa, muammo kelib chiqadi.Chunki “sinf.txt” fayli necha satrdan iboratligi no‘malum. Bunday hollarda Paskalning Eof(f) funksiyasi qo‘llaniladi. Eof – mantiqiy funksiya bo‘lib, faylda o‘qish uchun ma’lumotlar qolmagan bo‘lsa “Rost”, aks holda “Yolg‘on” qiymatini qabul qiladi.



5–misol.“sinf.txt” faylida 9-sinf o‘quvchilarining ro‘yxati berilgan.Ro‘yxatdagi barcha o‘quvchilarning familiyalarini ekranga chiqaruvchi dastur tuzing.

Yechish: Shart bo‘yicha takrorlash operatori – While dan foydalanamiz.

Program Sinf;

var fio : Text; fam : String;

Begin


Assign(fio, ‘sinf.txt’); Reset(fio);

While Not(eof(fio)) Do begin

ReadLn(fio, fam);

WriteLn(fam); end;

Close(fio);

End.


Dasturdagi takrorlash operatorining sharti - Not(eof(fio))“yolg‘on” qiymat qabul qilmaguncha, ya’ni eof(fio) funksiyasi “rost” qiymat qabul qilmaguncha takrorlanish davom etadi. Eof(fio) funksiyasi “rost” qiymat qabul qilishi bilan, ya’ni “sinf.txt” faylida o‘qish uchun ma’lumotlar tugashi bilan takrorlanish to‘xtatiladi.

Zarur bo’lsa bitta dasturda bir nechta faylni ochish mumkin. Agar ular navbat bilan, ya’ni bittasi yopilgandan keyin ikkinchisi ochiladigan bo‘lsa, bitta faylli o‘zgaruvchidan foydalanish mumkin. Aks holda ularning har biriga alohida faylli o‘zgaruvchi tavsiflanishi kerak.



IV. Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni va ajratilgan vaqt:20 minut


Download 184 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish