Keyingi avlod - Toshbaqa suvdan chiqqach,quruqlikning baland to’lqinlar yetib bormaydigan,qo’ygan tuxumlarini yuvib ketmaydigan joyigacha qiyinchilik bilan harakat qilib boradi.Oldingi suzgichlari bilan uyaga aylanadigan,keng chuqurlik qazishadi.Uning ichida orqa suzgichlari yordamida yana bitta chuqurcha qiladi.
- Ikki soat toliqib ishlagandan keyin kichikroq chuqurning ichiga 100tadan ko’proq oq tuxumlar qo’yadi.Toshbaqa qo’yilgan tuxumlar ustini qum bilan yopib,uyaning qolgan hamma joyini qum bilan ko’madi.
- Keyingi ikki oy ichida u yana uchta shunaqa uy quradi va ular ichiga ham tuxum qo’yadi.Yana ikki oydan so’ng tuxumlar yorilib,toshbaqalarning yangi avlodlari paydo bo’ladi va ular o’z sayohatlarini boshlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |