Endi esa suvga - Tuxumdan yuzaga chiqqan toshbaqachani okean suvi yuzasida qalqiyotgan oy nuri o’ziga jalb etadi.Yaxshiyamki yaqin – atrofda ko’cha va turar joylar chiroqlarining nuri yo’q.Aks holda ularning nuri toshbaqachani dengizdan boshqa tomonga yo’naltirib,suvdan uzoqlashtirgan bo’lardi.
- Toshbaqachaning suvga intilishi - bu yashash uchun kurash.Chunki u yong’oqdan katta emas.Qush va boshqa kushandalarga oson o’ljaga aylanishi mumkin.Lekin bizning toshbaqachamiz xavf – xatarsiz,suvga yetib oldi.Oqim bizning toshbaqachani orqaga,sohilga qaytarishga urinadi.Ammo u to’lqinlar bilan kurashadi va hamon suzishda davom etmoqda.U tun – u kun va yana ikki sutka bir maromda suzishda davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |