km².
Tabiati
Sirdaryo havzasining togʻli qismida Oqshiyraq,
Boʻrqoʻldoʻy
,
Otboshi
,
Olay
,
Turkiston
va
Nurota
tizmalari
boʻylab, shimoliy da esa
Terskay Olatovi
boʻylab oqadi. Tizmalarning choʻqqilari
koʻpincha qor va muzliklar bilan qoplanib yotadi. Bu tizmalarda 1600 dan ortiq muzlik boʻlib,
ularning umumiy maydoni 2200 km²dan ziyodroq. Yoz oylarida erib ulgurmagan qorlik ham koʻp.
Fargʻona vodiysida Sirdaryoning oʻzani nisbatan chuqur, qayiri ham ancha pastda joylashgan.
Fargʻona vodiysidan chiqaverish yerida (
Bekobod
shahridan 4 km yuqorirokda) Sirdaryo
Farhod
GES
uchun qurilgan toʻgʻon bilan toʻsilgan. Yilning koʻp qismida daryo suvi ana shu GESga suv
beradigan Farhod kanali orqali oqadi. Bekobod shahridan quyirokda kanaddagi suvning bir qismi
yana qaytadan daryoga quyiladi. Boshqa bir qismi esa "Doʻstlik" kanali orqali Mirzachoʻl yerlarini
sugʻorishga sarf boʻladi. Farhod GES toʻgʻonidan yuqorida daryo oʻzanida kattagina Farhod suv
ombori barpo etilgan.
1956 yil
Xoʻjand
shahridan 12 km yuqorida, Sirdaryo oʻzanida
Qayroqqum suv ombori
va "Xalqlar
doʻstligi" GES qurildi. Fargʻona vodiysi qismida Sirdaryoga juda koʻp irmoq kelib quyiladi. Ulardan
eng yiriklari oʻng tomondan —
Chatqol
va
Qurama togʻ tizmalaridan
oqib keladigan
Pochchaotasoy
,
Kosonsoy
,
Gʻovasoy
,
Chodaksoy
, chap tomondan — Olay va Turkiston togʻ
tizmalaridan suv oladigan
Isfayramsoy
,
Shohimardonsoy
,
Soʻx
,
Isfara
,
Xoʻjabaqirgʻon
va
Oqsuv
.
Bu irmoqlar baland togʻlardan oqib tushadigan kichik, lekin juda nishab oqadigan togʻ daryolaridir.
Ularning uzunligi 80–160 km, suv toʻplash maydoni 400–2500 km², oʻrtacha yillik suv sarfi esa
10–15 m³/sekundasiga, Soʻx daryosiniki esa 40 m³/sekundasidan bir oz ortiq. Suvi kam
boʻlishiga qaramay bu daryolar Fargʻona vodiysidagi yerlarni sugʻorishda muhim ahamiyatga ega.
Fargʻona vodiysidan chiqqandan soʻng Sirdaryoga chap tomondan hech qanday irmoq
qoʻshilmaydi, oʻng tomondan esa unga
Ohangaron
,
Chirchiq
,
Keles
va
Aris
daryolari kelib quyiladi.
Sirdaryoning bu irmoqlari ham, ayniqsa, Chirchiq bilan Aris daryolari togʻdan oqib keladi.
Togʻlardan chiqaverish yerida Chirchiq daryosining oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 227
m³/sekundasiga, Aris daryosiniki 65 m³/sekundasiga. Ohangaron daryosiniki 23 m³/sekundasiga.
Togʻlardan tekisliklarga chiqishi bilan daryolarning suvlari kanal va ariqlar orqali sugʻorishga
olinadi. Ularning faqat sugʻorishdan orttan suvlarigina Sirdaryoga kelib quyiladi. Oʻrta hisobda
Sirdaryo suvining 78% Norin suvidan, qolgan 22% Qoradaryo suvidan tashkil topadi.
Suv yig`ilishi va o`zgarishi
Togʻlarning pastki qismidagi mavsumiy qorlar eriydigan aprel oyidan suv keskin koʻpaya
boshlaydi, bu koʻpayish iyun oyining oxirlariga qadar davom etadi. Iyun oyida eng koʻp miqdorda
(yillik suv miqdorining 17%idan ziyodroq qismi) oqib oʻtadi, iyuldan boshlab, yanvar, fevral
Do'stlaringiz bilan baham: