7 O‘zbekiston demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy isloxotlar.
Reja:
1. O‘zbekistonda demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurilishida qonun ustuvorligi tamoyilining mohiyati, mazmuni hamda uning mustahkamlanishi.
2. 2 Davlat hokimiyati tizimining bo’linish printsipi va o’zbekistonda parlament taraqqiyotining yangi bosqichi.
3. Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari.
Ma’lumki, mazkur yilning 4 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni e’lon qilindi.
Mazkur farmonga ko‘ra O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati, uning huquqiy va institutsional asoslarini mustahkamlashga qaratilgan bir qancha chora-tadbirlar belgilab qo‘yilgan. SHulardan kelib chiqib, biz O‘zbekistonda o‘tgan 27 yil davomida fuqarolik jamiyatini shakllanishi borasida erishilgan natijalarini tahlil qilishga harakat qildik. Fuqarolik jamiyati bu…
Bugungi kunda, har bir davlat jahon hamjamiyatida munosib o‘ringa ega bo‘lishi va o‘z xalqiga munosib turmush darajasini ta’minlashi uchun eng avvalo demokratik boshqaruv tizimi, iqtisodiy barqarorlik, mamlakatda qonun ustuvorligi va inson huquqlarining ta’minlanishi, fuqarolik jamiyati institutlarining rivoji, aholining ijtimoiy-siyosiy madaniyati, fuqarolik pozitsiyasining yuqoriligi kabi ko‘plab omillar asos bo‘lib xizmat qiladi. SHu o‘rinda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish har bir mamlakat uchun ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda.
Fuqarolik jamiyati eng avvalo ijtimoiy munosabatlar jarayonida o‘z aksini topib, mamlakatda demokratiya, huquqiy davlat va shaxs erkinliklarini ta’minlashning muhim kafolati bo‘lib xizmat qiladi. Fuqarolik jamiyatida ijtimoiy hayotga va uning doimo taraqqiy etib borishiga juda katta ahamiyat beriladi. Uning asosiy maqsadi insonning munosib hayot kechirishini, barcha hayotiy orzu-maqsadlari shu jamiyatdagi siyosiy tashkilotlar, ijtimoiy institut, guruh, oila va boshqa jamoat birlashmalari orqali amalga oshirilishini ta’minlashdir. Bu siyosiy tashkilotlar, ijtimoiy institutlar va guruhlar har bir insonga o‘zi yashayotgan jamiyatda hokimiyatning manbai ekanligini, huquq va erkinliklari, qobiliyati va harakati, obro‘si yuksak qadriyat ekanligini tushuntirishga yordam beradilar. Insonlar ushbu tashkilot va birlashmalar orqali o‘zlarining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy, madaniy va boshqa maqsadlarini amalga oshiradilar.
Fuqarolik jamiyati bozor iqtisodiyoti va demokratik huquqiy davlat sharoitidagina davlat tasarrufida bo‘lmagan tashkilotlar, uyushmalar, erkin va teng huquqli individlarning o‘zaro plyuralizmiga asoslangan munosabatlar uyg‘unligidan tashkil topadi.
Fuqarolik jamiyatining birlamchi asosi bu eng avvalo shaxs bo‘lib, va undan keyin uning tomonidan asos solingan ijtimoiy institutlar hisoblanadi. Har bir shaxs oila a’zosi, jamoat birlashmasi ishtirokchisi yoki ijtimoiy institut faoli sifatida fuqarolik jamiyati ichidagi huquqiy munosabatlar jarayonida ishtirok etadi. SHuning bilan birga, insonlar umumiy muammolarini birgalikda hal qilishi, jamiyatning barcha sohalarida o‘zlarining talab va manfaatlarini himoya qilishida fuqarolik jamiyatining muhim va ajralmas elementi hisoblangan fuqarolik jamiyati institutlari asosiy rol o‘ynaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko‘ra «O‘zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etiladi»
Fuqarolik jamiyati mezonlari
Ma’lumki, bugungi kunda dunyo bo‘yicha fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishini ilmiy-nazariy hamda amaliy tadqiqotlar asosida tahlil qilish kuchayib bormoqda. SHu o‘rinda, fuqarolik jamiyati rivojlanish darajasini o‘lchash omili empirik tadqiqotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Zamonaviy siyosiy-huquqiy fanlarda har bir mamlakat misolida fuqarolik jamiyati va demokratiyaning rivojlanish darajasini aniqlovchi ko‘plab mezon – indikatorlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ular tadqiqotlar davomida samarali qo‘llanilib kelinadi.
Ma’lumki, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda ham ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy sohalarda ko‘plab o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Jamiyatimizda shakllanayotgan yangi iqtisodiy tizim bilan bir qatorda, fuqarolarimizning siyosiy tafakkurida ham yuksalish kuzatilmoqda. U yangi yo‘nalish va komponentlar bilan boyib bormoqda. SHulardan kelib chiqib, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida quyidagi mezon (indikator)larni ishlab chiqishga harakat qildik:
Birinchidan, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyat yuritishi uchun qonunchilik asoslarining yaratilishi
Mazkur sohaga qaratilgan 200 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilingan bo‘lib, ular jumlasiga «Jamoat birlashmalari to‘g‘risida»gi (1991 y.), «Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida»gi (1999 y.), «Jamoat fondlari to‘g‘risida»gi (2003 y.), «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi (2014 y.), «Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi (2018 y.) qonunlarni sanab o‘tishimiz mumkin.
SHuningdek, mamlakatda nodavlat notijorat tashkilotlari son jahatdan ham o‘sib bormoqda. Hozirgi kunda O‘zbekistonda 9 mingdan ortiq nodavlat notijorat tashkiloti mavjud hamda 30 ta xalqaro va xorijiy nohukumat tashkilotlarining filial va vakolatxonalari faoliyat yuritmoqda.
Quyidagi jadvallar asosida O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlarining rivojlanish tendensiyalari, ularning klassifikatsiyasi va jamiyatning turli ijtimoiy sohalar kesimidagi faoliyati statistik tahlil qilingan.
Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida aholining axborotga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish, shu bilan birga, ularning ongi, dunyoqarashi va siyosiy madaniyatini yuksaltirish, fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashda ommaviy axborot vositalari muhim o‘ringa ega bo‘ladi.
Mazkur sohada o‘ndan ortiq qonun hujjatlari qabul qilingan bo‘lib, bugungi kunga kelib, mamlakatda 1 ming 500 dan ziyod ommaviy axborot vositasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular mulk shakli, yo‘nalishi, axborot uzatish vositalariga ko‘ra turlichadir. Lekin, shunga qaramay O‘zbekistonda ko‘pchilik OAVlari haligacha rasmiyatchilik asosida faoliyat yurgizadi. Ularda mustaqil fikrning difitsiti va noplyuralistik kayfiyat ustuvorlik qilib kelmoqda.
So‘ngi ikki yil ichida hukumat tomonidan xalqaro OAVlari bilan aloqani tiklash va hamkorlik o‘rnatish borasida ayrim qadamlar tashlandi. Masalan, The Wall Street Journal korrespondentlariga mamlakatga kirishga ruxsat berilishi, 2017 yil iyun oyida Toshkentda EXHT bilan hamkorlikda mediaforum tashkil etilishi, “Amerika ovozi” radiosi muhbirining akkreditatsiyadan o‘tishi, “VVS” va “Ozodlik” radiokanallari bilan muzokaralar bo‘lib o‘tishi shular jumlasidandir.
Lekin shunday bo‘lsada, O‘zbekiston milliy media makoni hali-hamon kuchsizligicha qolmoqda, tanqidiy materiallar faqatgina ijtimoiy-iqtisodiy sohalar kesimida uchrab turadi. SHuning uchun ham World Press Freedom Index reytingida O‘zbekiston quyi pog‘analarni egallab keladi.
To‘rtinchidan, fuqarolik jamiyatining eng asosiy bo‘g‘inlaridan biri hisoblangan – o‘zini o‘zi boshqarish tizimining yanada takomillashuvi
Mustaqillik yillarida o‘zini o‘zi boshqaruv – mahallalar faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamlash va yanada rivojlantirishga e’tibor qaratildi. Bu institutning mamlakat siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotining ajralmas bo‘g‘ini sifatida shakllantirish, uning uchun zarur moddiy va moliyaviy shart-sharoitlar yaratildi. Bugungi kunda, respublikada mahallalar soni 10 minga yaqinni tashkil etmoqda.
SHuni ham alohida ta’kidlash kerakki, mahalla fuqarolar yig‘inlarini O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining tom ma’nodagi tayanchi bo‘lishiga to‘sqinlik qilayotgan omillardan biri – bu ularning tashkiliy funksiyalarining samarali yo‘lga qo‘yilmaganidir. Masalan, amaldagi qonunchilikka muvofiq mahalla fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqol) va uning maslahatchilari bevosita mahalla fuqarolari tomonidan saylanishi belgilab qo‘yilgan bo‘lsada, ammo ularning saylov jarayonlariga tuman (shahar) hokimiyatlarining bevosita aralashuvi kuzatiladi. Amalda esa bu fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari – mahallalar aholining manfaatlariga xizmat qilish, hududdagi ijtimoiy masalalarni hal qilish va fuqarolarni qiynayotgan muammolarni davlat organlariga etkazish o‘rniga, hokimiyatning vazifalari va «yuqoridan» keladigan topshiriqlarni bajarish bilan cheklanib qolishiga olib keladi. Mazkur holatda shuni ta’kidlash lozimki, ayrim mahalla fuqarolar yig‘inlari mahalla aholisidan ma’naviy jihatdan yiroqlashgan va aslida davlat apparatining bir qismiga aylanib qolgan.
Muammolar
Ilmiy izlanish va tahlillar natijasida ayrim omillarni alohida ta’kidlash mumkinki, bugungi kunda, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati hamda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatida ayrim kamchilik va muammolar mavjud. Bular jumlasiga:
1) Nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini moliyalashtirish masalasi hanuz dolzarbligicha qolmoqda. Parlament huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi tomonidan ajratiladigan mablag‘lar mamlakatda NNTlarning miqdor va sifat jihatdan o‘sishiga nomutanosib holatda qolib kelmoqda. Keyingi paytlarda Fond tomonidan NNTlarga ajratilayotgan moliyaviy mablag‘ va yordamning haddan tashqari markazlashuvi va monopollashuvi holatlari ham kuzatilmoqda.
NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini moliyalashtirish masalasida dunyoning rivojlangan mamlakatlarida keng qo‘llaniladigan a’zolik badallari, xayriya yordamlarining etarli darajada emasligi, umuman olganda mahalliy NNTlarda samarali fandreyzing strategiyasining mavjud emalgini ham e’tirof qilishimiz lozim.
YUqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekistondagi NNTlarning birinchi raqamli muammosi moliyalashtirishning yo‘qligi deya belgilangan. Undan keyingi pozitsiyalarni esa, kadrlar etishmovchiligi, o‘zaro sektorlararo ijtimoy aloqalarning sustligi masalalari qayd etib o‘tiladi.
2) So‘ngi ikki yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning bevosita tashabbusi bilan NNTlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha bir qancha amaliy ishlar olib borildi. …Ammo ana shunday muhim sa’y-harakatlarga qaramasdan, aholining muammolarini tizimli o‘rganish, ularni aniq hal etish, ayniqsa, ijtimoiy sharoiti og‘ir ayollarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ularni ish bilan ta’minlash masalalarida bu tashkilotlarning ishtiroki etarli darajada sezilmayapti. Ular faqat nomiga yig‘ilishlar o‘tkazish bilan mashg‘ul bo‘lib qolmoqda.
3) Bugungi kunda, turli darajada faoliyat olib boruvchi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘z professionalizmi va kompetensiyasini oshirib borishi, o‘zining tashkiliy, moddiy-texnik bazasini mustahkamlashi, bir so‘z bilan aytganda, jamiyatda o‘z legitimligini ta’minlashi bugungi kunning dolzarb masalasidan biridi.
Xulosa
Fuqarolik jamiyatining mazmun-mohiyati, uning ijtimoiy-siyosiy sharoitlarda faoliyati to‘g‘risidagi turli xil ilmiy qarashlar tahlilini umumlashtirgan holda shuni ta’kidlash lozimki, fuqarolik jamiyati bu davlat tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga solinmaydigan va boshqarilmaydigan erkin fuqarolar, jamoat tashkilotlari va ko‘ngillilar uyushmalarining o‘zaro samarali ijtimoiy aloqalari tizimidan tashkil topadi. Fuqarolik jamiyati o‘zining kommunikatsiyalarini, mamlakatning iqtisodiy va siyosiy sohalariga tegishli prinsiplardan farq qiladigan, o‘ziga xos qonuniyatlar – tenglik, birdamlik, ochiqlik, o‘zaro hurmat, ishonch asosida shakllantiriladi.
SHuning bilan birga, fuqarolik jamiyatining etuklik darajasini asosiy ko‘rsatkichi bu ijtimoiy tashkilotlarning soni emas, balki fuqarolarning mazkur tashkilotlarga jalb etilganligi, ya’ni mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni belgilab beradigan fuqarolik jamiyatining ijtimoiy bazasi tashkil etadi.
Fuqarolik jamiyati mavzusiga bo‘lgan e’tiborning kuchayishiga qaratilgan ichki va tashqi sharoitlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, bu boradagi o‘zbek modeli ko‘p jihatdan davlat bosh islohotchiligiga va paternalistik xarakterga asoslanadi. Aynan hokimiyat jamiyatda ijtimoiy faollikni kanallashtiradi va uni NNTlar formati orqali ijtimoiy yo‘naltirilgan harakatga transformatsiyasini amalga oshirib boradi. Bu esa o‘z navbatida demokratiya va fuqarolik jamiyatini faqatgina dekorativ ko‘rinishda paydo bo‘lishiga olib keladi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, «fuqarolik jamiyati» kategoriyasi qachonki shaxs va jamiyat tafakkurida ijtimoiy qadriyatga aylangandagina, tom ma’nodagi kuchli fuqarolik jamiyati qurilishiga asos bo‘lishi mumkin.
Fuqarolik jamiyati tushunchasi antik davrdan g‘arb ma’rifatchilarigacha bo‘lgan uzoq davr mobaynida turlicha ko‘rinishlarda namoyon bo‘lgan1. Zamonaviy talqinda esa bu kategoriya ilk bor XVIII asr boshlarida evropalik faylasuflar asarlarida ko‘zga tashlanadi. O‘sha davrda bu tushuncha fuqarolar o‘rtasida vujudga keladigan va ijtimoiy zararli bo‘lgan ijtimoiy mojarolarni qoidalar vositasida bartaraf etish maqsadida shakllangan siyosiy birlashma sifatida tushunilgan. Qadimda bu konsepsiya fozil jamiyat tushunchasiga mos ravishda, davlatdan ajralmagan holda talqin etilgan. Aflotunga ko‘ra davlat adolatli jamiyat qurishni o‘z oldiga maqsad qilishi, odamlar esa jamiyat manfaatlari yo‘lida, oqillik, jasurlik, bosiqlik hamda adolat bilan, o‘zlariga topshirilgan vazifalarni puxtalik bilan bajarishlari kerak. Jamiyat haqida qayg‘urish “dono hukmdor”ning vazifasi sifatida belgilangan2 . Evropa va keyinchalik Amerika singari yirik mintaqalar miqyosida fuqarolik jamiyati taraqqiyoti uch bosqichda amalga oshgan bo‘lib, ushbu bosqichlar almashinishi davrida davlat va jamiyat tuzilishida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘lgan, ijtimoiy va siyosiy bo‘htonlar, ommaviy harakatlar, sinfiy to‘qnashuvlar, ijtimoiy mafkuralarning tubdan o‘zgarishi ro‘y bergan. Dastlabki bosqichda (taxminan XVI–XVII asrlarda), fuqarolik jamiyatining iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy asoslari vujudga kelgan. Ularga sanoat va savdo-sotiqning rivojlanishi, ishlab chiqarish turlarining ixtisoslashuvi hamda chuqur mehnat taqsimoti, tovar-pul munosabatlarining rivoji asos bo‘lib xizmat qilgan. SHahar va shahar sinflarining ko‘magi yordamida G‘arbiy Evropa mintaqasida zamonaviy davlatning belgilari (suverenitet, davlat g‘aznasi, professional boshqaruv apparati va h.k.)ga ega bo‘lgan markazlashgan milliy davlatchilik vujudga kelgan. Ijtimoiy mafkuradagi keskin burilish, san’at va madaniyatning jadallik bilan rivojlanishi, burjua axloqining keng tarqalishi, fuqarolik jamiyatini ijtimoiy-siyosiy ideal sifatida talqin etish ham ana shu davrga to‘g‘ri keladi. Bu davrdagi feodal notenglik va imtiyozlarga qarshi kurashuvchi mazlum qatlamlarga o‘rta sinf mulkdorlar yo‘lboshchilik qilgan. O‘rta asrlarning ikkinchi yarmida Angliyada ro‘y bergan sanoat inqilobining boshlanishini bir qator tarixchilar YAngi davrning ibtidosi sifatida talqin etadilar. Sanoat inqilobi va shahardagi o‘zini o‘zi boshqarish tizimi fuqarolik jamiyati rivoji bilan chambarchas bog‘liq. G‘arbiy Evropada o‘sha paytlarda shahar jamoasi a’zolarining barchasi teng huquqlilik asosida sudlov ishlari ta’minlangan, adolatsiz qamoqqa olishlar bekor qilingan, saylovlarda ovoz berish huquqi orqali shahar boshqaruviga saylanish imkoniyati, qurol taqib yurish huquqi, bir so‘z bilan aytganda, ko‘pchilik tadqiqotchilar tomonidan fuqarolik huquqlari, deb atalgan barcha huquqlar kafolatlangan.3 Ilmiy adabiyotlarda zamonaviy fuqarolik jamiyatining ildizlari sifatida ko‘rsatilayotgan sharoitlar, jumladan sanoat va savdo-sotiqning rivoji, ishlab chiqarish turlarining ixtisoslashuvi va chuqur mehnat taqsimoti, tovar-pul munosabatlarining rivoji4, ko‘pgina jihatlari o‘rta asr jamiyatining aksi bo‘lgan shaharlarning vujudga kelishi bilan bog‘liq. G‘arbiy Evropada cherkov hukmronligidan mustaqil, markazlashgan davlatlarning shakllanishi ham shaharlarning rivojlanishiga borib taqaladi. Ko‘pgina mutafakkirlar fuqarolik jamiyatini aynan burjua jamiyati sifatida talqin etar ekan, shahar va shahar madaniyatini zamonaviy jamiyatga xos bo‘lgan qadriyatlarning asosi sifatida qaraydilar.5 Taxminan XVII asrning oxiridan XIX asrning yakuniga qadar bo‘lgan ikkinchi bosqichda eng rivojlangan mamlakatlarda fuqarolik jamiyati huquqiy jihatdan tenglik va xususiy tadbirkorlikka asoslangan dastlabki kapitalizm ko‘rinishida shakllandi. XX asrda fuqarolik jamiyatining uchinchi bosqichi, ya’ni uning ijtimoiylashuv davri boshlandi. Evropa xalqlari antik polislardan tortib, feodalchilik orqali taraqqiyotning shunday pallasiga etib keldilarki, bu davrda mustaqil, ammo o‘z shaxsiy manfaatlari yo‘lida birlashishga qodir bo‘lgan kishilar jamoasi hamda fuqarolik jamiyatining boshqa zaruriy elementlari vujudga keldi. Buning natijasida fuqarolik jamiyatining tub mohiyati haqida tafakkur qilishga imkoniyat paydo bo‘ldi. Bu yangi vaziyat g‘arbda insonlarning siyosiy va iqtisodiy huquqlarini qonun doirasida tan olish asosiga qurilgan mafkura, ya’ni liberalizmda o‘z ifodasini topdi. SHunday qilib, antik davrda berilgan turtki o‘rta asrlarga kelib g‘arbiy Evropada qabul qilingan va o‘ziga xos o‘zgarishlarga asos bo‘lgan holda YAngi davrda ro‘y bergan burjua inqiloblari orqali, tom ma’nodagi hodisa sifatida, fuqarolik jamiyatining paydo bo‘lishiga olib keldi. Huquqiy jihatdan umumiy tenglik feodal tizimga xos sinfiy imtiyozlarning o‘rnini egallar ekan, shaxsning jamiyatdagi o‘rni yangi mazmunga ega bo‘ldi. O‘z ijtimoiy va iqtisodiy holatidan qat’i nazar individ ijtimoiy hayotning teng huquqli ishtirokchisiga, davlatga butunlay tobe bo‘lgan shaxsdan erkin fuqaroga aylandi. Bu davrning boshlanishi vakillik hokimiyati, ya’ni umumxalq nomidan ish ko‘ruvchi boshqaruv usuliga asos soldi. Buning uchun kishilarning tenglik asosida huquq va erkinliklarga egaligi qonunlar asosida tan olindi. Sinfiy notenglikning umumiy huquqiy tenglik bilan almashinishi shaxsning yangi mazmundagi ijtimoiy mavqeini belgilab berdi. Endi ijtimoiy va mulkiy holatidan qat’i nazar kishilar ijtimoiy munosabatlarda erkin va teng huquqli ishtirokchi sifatida tan olindilar. Xususiy mulk individni erkinlik bilan ta’minlagan eng muhim iqtisodiy omil bo‘lib, aynan shu omil fuqarolik ongining rivoj topishiga asos bo‘ldi. Jamiyatdagi huquqiy tenglik barchaning tom ma’noda iqtisodiy jihatdan tengligi emas, balki kishilardagi mavjud imkoniyatlarni tenglashtirishni anglatadi. Bu holatning o‘ziga xosligi shundaki, mulkiy imkoniyatlardan qat’i nazar huquqiy tenglik, ya’ni huquqiy jihatdan teng imkoniyatlarga ega bo‘lish kishilardagi ichki qobiliyatning namoyon bo‘lishiga imkon yaratdi. Fuqarolik jamiyatining paydo bo‘lishiga qadar aksariyat mamlakatlarda mutlaq monarxiya tizimlari amalda bo‘lgan. Davlat shaxs hayotini sinfiy tizim qoidalari asosida qattiq chegaralar edi. Davlat birgina monarx timsolida ba’zi sinflarga keng imtiyozlar bersa, boshqalarini barcha imkoniyatlardan mahrum qilar edi. O‘sha davrda davlatning bunday vaziyatga nisbatan munosabati ijobiy bo‘lganligini ta’kidlash qiyin, albatta. Dastlabki davrlarda fuqarolarning muxtor uyushmalari tomonidan shakllantirilgan, hokimiyatdan xoli bo‘lgan gorizontal ijtimoiy aloqalarning rivojlanishi markazlashgan davlat tomonidan jiddiy qarshilikka uchragan. Biroq, keyinchalik davlat fuqarolar tomonidan tashkil etilgan uyushmalar bilan nafaqat murosaga kelish, balki o‘z tuzilmalarini xalqning ehtiyojlariga moslash, boshqacha aytganda aholi bilan o‘z munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solishga majbur bo‘ldi. Ayni vaqtda barcha mamlakatlarda ham davlat bilan fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi munosabatlar huquqiy negizda tartibga solinganini ta’kidlash qiyin. Ba’zi hollarda siyosiy mavqe va hokimiyat vakolatlarining taqsimoti borasida vakillik organi sifatidagi parlament va qirol hokimiyati o‘rtasida ochiq to‘qnashuvlar ro‘y berdi. Ochiq fuqarolik urushiga aylanib ketgan bunday to‘qnashuvlar millionlab kishilarning qurbon bo‘lishiga olib kelgan. Bu kurash jamiyatda muvozanatlashgan siyosiy hokimiyat taqsimotini ta’minlashga qodir bo‘lgan barqaror va mo‘‘tadil boshqaruv tizimini yaratishga qaratilgan intilishlarning ifodasi edi. Mutlaq monarxiya boshqaruv tizimidan demokratiyaga o‘tish davlat va fuqarolik jamiyatini huquqiy me’yorlarga bo‘ysundirish, hokimiyatning bo‘linishini ta’minlash bilan boshlandi. Biroq davlat va fuqarolik jamiyati munosabatlari, aniqrog‘i davlatning fuqarolik jamiyati hayotiga aralashuvining darajasi har bir mamlakatda o‘ziga xos tarixiy shaklga ega.6 Konstitutsionalizmning ingliz-amerika modeli erkinlikka eng ustuvor qadriyat sifatida qaragan holda davlatning fuqarolik hayotiga aralashishiga yo‘l qo‘ymaydi, aksincha, aynan fuqarolar davlatning vazifalarini belgilab beradi. AQSHning Mustaqillik deklaratsiyasida fuqarolik jamiyatining belgilovchi roli quyidagicha aks ettirilgan: barcha insonlar yashash, erkinlik, mustaqillik, mulkka egalik, baxtli bo‘lish va xavfsizlikka oid tabiiy huquqlarga egadirlar; xalq hokimiyat manbai va suverenitet unga tegishli, hukumat xalqning xizmatkori. Davlat hokimiyatining barcha organlari xalq manfaatlari yo‘lida harakat qilishlari shart, agar ular xalq manfaatlarini poymol etsalar, o‘zlarining bevosita vazifalarini bajarmas, birinchi galda xalqning farovonligi haqida qayg‘urmas ekan, xalq uni o‘zgartirish, tugatish va yangisini barpo etish huquqiga ega. G‘arbiy Evropada davlat va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi munosabatlar konstitutsionalizmning evrokontinentalchilik ko‘rinishida amalga oshdi. AQSH va Buyuk Britaniyada mavjud bo‘lgan davlatchilik an’analari davlat va fuqarolik jamiyati o‘rtasida o‘ziga xos munosabatlarni shakllantirdi. Germaniyada esa faol rivojlantirilgan huquqiy davlatchilik to‘g‘risidagi konsepsiya qaror topdi. Unda jamiyat hayotida davlatning o‘rni beqiyos ekanligiga urg‘u berildi. SHaxsning erkinligi davlatning qudratiga bog‘liq bo‘lib, aynan davlat kuchli bo‘lganligi bois inson huquqlari, uning shaxsiy erkinliklari, jamoat tartibini kafolatlashga qodir. Boshqacha aytganda, bu konsepsiyada davlat tartiboti g‘oyasi, milliy birlik shaxsning erkinligiga nisbatan ustun qo‘yiladi. Konstitutsionalizm uzoq tadrij va turli shakllarga ega bo‘lganligi bois davlat hamda fuqarolik jamiyati munosabatlarining shakli sifatida rang-barang talqin qilinadi. Fuqarolik jamiyati pishib-etilgan mamlakatlarda konstitutsionalizm asta-sekin demokratiyaga o‘tish jarayonini boshlab berdi. Bu yo‘lda qo‘yilgan dastlabki qadam qirollarning YAngi davrning eng muhim siyosiy hodisalaridan biri bo‘lgan “fuqarolik jamiyati” g‘oyasi o‘z tadrijida bir qancha konsepsiya va talqinlarni vujudga keltirdi. Biroq, u hamisha “davlat” hodisasiga nisbatan qarama-qarshi qo‘yilgan. Fuqarolik jamiyatining liberal talqini T.Gobbs, J.Lokk va SH.Monteske davriga borib taqaladi. Tushuncha sifatida fuqarolik jamiyati ular tomonidan insoniyatning tarixiy taraqqiyotini aks ettirish, insonning ibtidoiy usuldan taraqqiy topgan turmush tarziga o‘tishini ifodalash maqsadida kiritilgan. Inson davlat va tamaddundan bexabar “yovvoyi”, “tabiiy” holatda uzluksiz urushlar hamda o‘zaro dushmanlik holatida rivojlanib boradi. O‘zida tartib-intizom va fuqarolik munosabatlarini ifodalagan rivojlangan jamiyat tabiiy holatdagi sodda (yoki qaysidir ma’noda johil) jamiyatga qarama-qarshi qo‘yiladi. Tabiat va insonning jilovlanmagan tabiiy ehtiroslari emas, balki komillik, ya’ni insonning ongli ravishda jamoaviy hayot kechirishga qodirligi jamiyat va inson hayotining tabiiy ibtidosi hisoblanadi. Fuqarolik jamiyati insonning oziq-ovqat, ust-bosh, boshpanaga bo‘lgan asosiy ehtiyojlarini qondirish sharoiti sifatida qabul qilingan. Insonning kundalik ehtiyojlari qondiriladigan turli (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy) sohalarning ajralishi va erkinlashuvi jarayoni fuqarolik jamiyati paydo bo‘lishiga olib kelgan. Ma’lumki, insoniyat rivojlanishining ilk davrida kichik guruhlardan iborat qabilalar (uyushmalar) paydo bo‘lib, ular birgalikda oziq-ovqat topish, uy qurish, dushmanlardan himoyalanish, yovvoyi hayvonlardan, tabiiy ofatlardan saqlanish maqsadida birlashishgan. Ushbu uyushmalar oila, urug‘, qabila doirasida tashkil topgan bo‘lib, ular bir butun yaxlit holdagi manfaat, ya’ni tabiatning tirik bir bo‘lagi sifatida yashab qolish zaruriyati asosida birlashgan. Ijtimoiy ishlab chiqarish va mehnat taqsimotining yuksalishi natijasida insonlarning uyushmasi miqdoriy jihatdan o‘sgan, funksional jihatdan rang-baranglashib barqarorlashgan. Umumiy manfaat jamiyat a’zolarini bog‘lab turuvchi kuchga aylangan. SHunga qaramasdan, jamiyatning barcha a’zolari fuqarolik jamiyatini ifoda etgan uyushmalarga a’zo bo‘lishlari shart bo‘lmay, mustaqil holda yashash imkoniyati ham mavjud bo‘lgan. Xususiy mulk va sinflarning paydo bo‘lishi bilan jamiyatda tabaqalanish yuz berib, umumiy manfaatlar xususiy, guruhiy manfaatlarga ajrala boshlagan. Ijtimoiy hayotga oid turli sohalarning vujudga kelishi individ faoliyatining rang-baranglashuvi va ijtimoiy munosabatlarning murakkablashuvi jarayonini ifoda etadi. Ijtimoiy aloqalarning turlichaligi hokimiyatga tobe bo‘lmagan va boshqa individlar bilan ongli ravishda, oqilona munosabatlar o‘rnatishga qodir fuqaroviy ongga ega bo‘lgan mustaqil shaxsning shakllanishi natijasi hisoblanadi. O‘zining “Fuqarolik boshqaruvi haqidagi ikkinchi risola” deb nomlangan asarida J.Lokk (1632–1704 y.) har qanday odam uchun tabiiy (ya’ni sodda, johil, ibtidoiy – muallif izohi) holatni inkor etgan holda fuqarolik jamiyati talablari darajasiga etish uchun yagona yo‘l boshqalar bilan kelishgan holda ijtimoiy birlikka qo‘shilish yoki birlashishdan iborat ekanligini ta’kidlaydi.7 Uning fikriga ko‘ra, mutlaq monarxiya fuqarolik jamiyati bilan umuman mutanosib bo‘la olmaydi va u fuqarolarning erkin boshqaruvi shakliga mos kelmaydi. Bundan tashqari, u xususiy mulk mustaqil individning kristallashuvi jarayoni negizida yotishini, aynan xususiy mulk inson siyosiy mustaqilligi va erkinligining iqtisodiy asosi ekanligini uqtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |